Sanitariya gigiyena va kasb kasalliklari instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sanitariya gigiyena va kasb kasalliklari instituti - Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqotlar muassasasi. 1934 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Dastlab Sanitariya ilmiy tadqiqotlar instituta deb nomlangan. 1940 yilda Mexnat gigiyenasi va kasb kasalliklari institutiga aylantiriddi. 1956 yildan hozirgi nomda. Institutda 4 ilmiy boʻlim, 12 laboratoriya, 100 oʻrinli klinik kasalxona, dispanser boʻlimi, aspirantura, vivariy, kutubxona bor (2004).

Institut xodimlaridan 35 kishi fan doktori, professor, 171 kishi fan nomzodi, jumladan, 1 kishi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (T.I. Iskandarov), 1 kishi (III. T. Otaboyev) Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati, 2 kishi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach.

Institut xodimlari tomonidan issiq iqlim sharoitida tashqi muhitni zararli omillardan muhofaza qilish, tashqi muhitning ifloslanish darajasini oldindan bashorat etish, q.x va sanoat korxonalarida mehnat sharoiti hamda rejimini yaxshilash, kasalliklarni kamaytirish, bolalar va oʻsmirlar sogʻligini saklash va mustahkamlash, ovqatlanishning gigiyenik asoslarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalar ustida tadqiqot olib boriladi. Institut monografiya, darslik, uslubiy qoʻllanmalar va ilmiy ishlar toʻplami nashr etadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil