Yahyo
Yahyo (arabcha: يحيى) – Qurʼonda zikri kelgan paygʻambarlardan biri. Bibliyada Ioann Krestitel (choʻqintiruvchi) nomi bilan maʼlum. Zakariyoning oʻgʻli.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yahyo yoshligidan ibodatga berilgan, Tavrotdagi hukmlarga astoydil amal qilgan, nihoyatda halim va kamtar boʻlgan. Injildagi mifologiyaga koʻra, Yahyo Isoning yaqin oʻtmishdoshi boʻlgan, Isoni choʻqintirgan. Iso xudoning elchisi ekanini birinchi boʻlib oldindan aytgan, unga ishongan va yordam bergan. Odamlarni Allohning yagonaligiga ishonishga, yolgʻiz Ungagina ibodat qilishga daʼvat etgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yahyoning shahid boʻlishi haqida bir qancha rivoyat bor. Shulardan birida aytilishicha, u nihoyatda kelishgan, chiroyli boʻlgan. Podshohning xotinlaridan biri uni yaxshi koʻrib qolib, oʻz muhabbatini izhor etadi. Lekin Yahyo ayollarga shahvoniy munosabatda boʻlmasligini aytib, malikaga hech qachon eriga xiyonat etmaslikni nasihat qiladi. Yahyoning bu gapidan jahli chiqqan ayol oʻzining siri oshkor boʻlib qolishidan qoʻrqib podshohdan uni oʻldirishni talab etadi. Yahyo mehrobda ibodat qilib turganida oʻldiriladi. Bu ishga Parvardigorning qahri kelgan, podshohning butun xonadonini yer yutgan.
Damashqdagi „Umaviylar masjidi“da joylashgan Yahyo sagʻanasi musulmonlar ziyoratgohi sanaladi. Yahyoning tasviri rassomlik sanʼati va haykaltaroshlikda keng tarqalgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Yahyo“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Ya-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Islom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |