Zakariyo
Zakariyo (arabcha: زكريا) – Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri, Yahyoning otasi. Qurʼonda 8 joyda zikr qilingan, uning nasabi haqida biron narsa deyilmagan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qurʼonda aytilishicha, Maryamni tarbiyalayotgan Zakariyo gʻoyibdan qizga har kun turli taom-u sharbatlar, yangi mevalar inʼom etilayotganini koʻradi. Bu Allohning marhamati ekanligini, uning har narsaga qodirligini biladi va qarib, zaif boʻlib qolgani, befarzandlik dogʻi kuydirayotganini arz etib iltijo bilan Allohdan farzand soʻraydi. Alloh maloikalarni yuborib, unga farzand ato etishligi bashoratini beradi:
Shunda Zakariyo menga keksalik yetgan, xotinim tugʻmas boʻlsa, mendan qanday farzand boʻlsin, dedi. Zakariyoga belgi berildi: uch kungacha Zakariyoning tili Allohning zikridan oʻzga soʻzga aylanmay qoldi. Odamlarga esa faqat imo-ishora bilan muomala qildi. Bu Zakariyoning xotini homilador boʻlganidan darak edi. Rivoyatda aytilishicha, Zakariyo shaytonning sotqinligi tufayli shahid boʻlgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Zakariyo“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Z-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Islom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |