Alisher Usmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alisher Usmonov
Usmonov Alisher Burhonovich
Vladimir Putin and Shavkat Mirziyoev (2017-04-05) 01.jpg
Vladimir Putin, Shavkat Mirziyoyev va Alisher Usmonov Kremlda, 2017-yil
Tavalludi 9-sentyabr 1953-yil (1953-09-09) (69 yosh)
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Turmush oʻrtogʻi Irina Viner
Bolalari Anton Viner
Mukofotlari

Vatan oldidagi xizmatlari uchun III darajali ordeniVatan oldidagi xizmatlari uchun IV darajali ordeniOrder of Alexander Nevsky 2010 ribbon.svg

RUS Order of Honour ribbon.svg1-darajali Doʻstiq ordeniItaliya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeniEl-urt khurmaty rib.png

Alisher Burhonovich Usmonov (ruscha: Алише́р Бурха́нович Усма́нов; 9-sentyabr 1953-yil, Chust, Namangan) rossiyalik oʻzbek tadbirkori, sarmoyadordir. Bloomberg jurnalining 2021-yil avgust oyi soniga koʻra $21.1 milliardga ega boʻlib, dunyoning 92-raqamli badavlat kishisidir.[1][2].

Oʻzbekiston bilan aloqadorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namangan viloyatining Chust shahrida, prokuror oilasida tugʻilgan Alisher Usmonov, britan matbuoti maʼlumotlariga koʻra, 80-yillarda davlat mulkini oʻgʻirlash va firibgarlikda ayblanib, olti yil qamoqda oʻtirgan. Alisher Usmonovning himoyachilari unga qarshi ayblar Sovet davrida tashkillashtirilgan boʻlgani va janob Usmonovning Mixail Gorbachev rahbarligi davrida tamoman oqlanganini aytishgan. 2007-yilda „Gardian“ roʻznomasi bilan suhbatda janob Usmonov na Oʻzbekiston va na boshqa yerda siyosat bilan shugʻullanish niyati yoʻqligini aytgan. Alisher Usmonov Kreml uni prezident Karimovga ehtimoliy merosxoʻr sifatida koʻrishi haqidagi taxminlarni „oʻzini kremlshunos deb ataydiganlarning fantaziyasi“ deb atagan. U prezident Karimov va uning qizi Gulnora Karimova bilan aloqasi yoʻqligini aytgan.

Omadli tadbirkor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alisher Usmonov katta daromadlarini ilk bora Moskva Davlat Insitutini tamomlagach, 80-yillarning oxirida yelim xaltalarni ishlab chiqarish orqasidan topgan.[3] Xom-ashyoning arzonligini bilib va yelim xaltalar bozorining katta boʻlishiga koʻzi yetgan Alisher Usmonovning sof daromadi uning kelajakdagi tadbirkorliklari mevasining ilk koʻrinishi edi. Usmonov, orttirgan daromadlarini toʻplab, oʻsha vaqtda koʻpchilikning nazariga ilinmaydigan va endigina rivojlanishni boshlayotgan Gazprom korxonasiga tikadi. Usmonov, Gazpromning kundalik ishlari bilan yaqindan shugʻullanishni boshlaydi va keyinchalik Gazpromning metal ishlarini boshqaruvchi MetalloInvest kompaniyasiga doʻsti Vasiliy Anisimov bilan birgalikda asos soladi. Hozirda MetalloInvest Rossiyaning bir qancha koʻzga koʻringan konlari va konchilik korxonalarini oʻz qoʻl ostiga olgan. Alisher Usmonov en:Gazprom qoshidagi GazpromInvestHolding deb nomlangan korxona rahbari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayapti. GazpromInvestHolding Gazpromning „eng yirik, muhim va nozik“ oldi-berdilarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi korxona hisoblanadi.

2006-yilning oʻrtalaridan boshlab, Alisher Usmonov ommaviy-axborot vositalari va telekom korxonalariga oʻz sarmoyasini sarflashni boshlaydi. Shu yilning oʻzida u $200 millionga Kommersant oynomasini sotib oladi. Keyinchalik Rossiyaning taniqli kanallaridan boʻlgan 7TV va MUZ-TV larning ham yirik sarmoyadorlaridan biriga aylanadi. Rossiyaning kattaligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turuvchi Megafon telefon operatorini ham katta qismini sotib olgan.

Usmonov keyinchalik Digital Sky Tehcnologies (DST) deb nomlangan firmaga tadbirkor sherigi Yuriy Milner bilan birgalikda asos soladi. Alisher Usmonov DSTning eng asosiy sarmoyadori hisoblanadi. DSTdagi sarmoyalarining asosiy qismi jahonning eng yirik va eng koʻp foydalaniladigan vebsayt va portallariga sarflangan. Mail.ru, Odnoklassniki.ru, Vkontakte.rular shular jumlasidandir. 2009-2010-yillarda Alisher Usmonov va Yuriy Milner kattaroq korhonalarga pul tikishni boshlaydilar. Shular qatorida — Facebook.comning qariyb 1.96 % ulushini DST $200 million miqdordagi pulga sotib oladi va Facebook.com tarmogʻining $10 milliardga baholanishiga sabab boʻladi. Oʻsha paytta koʻpchilik Alisher Usmonovning Facebook.com ni bu qadar yuqori baholab, shaxsiy pulining shunchasini ajratishining sababini tushunishmagan edi. Alisher Usmonov yana boshqa, hozirda kunda juda taniqli boʻlgan Twitter.com, Groupon.com vebsaytlari va internet oʻyinlarini ishlab chiqaruvchu Zynga kompaniyalarining ham ilk sarmoyadorlaridan hisoblanadi. 2010-yilda, yuqorida aytib oʻtilgan qilingan sarmoya va topilgan daromadlar tufayli, Usmonovning sherigi Yuriy Milner ham Forbesning milliarderlari reytingidan joy oldi.

Usmonov shuningdek 7TV, Muz-TV federal kanallari va 33 mintaqaviy telekanallarni ichiga olgan media holding egalaridan biri hamdir. U yana Kommersant va Sekret Firmi matbaa uylari egasi va Livejournal.com bilan Gazeta.ru saytlarini nazorat etuvchi SUP kompaniyasi hissadoridir.

2013-yil Alisher Usmonov Appleʼning 100 million dollarlik aksiyalarini sotib oldi.[4] Ishbilarmon aksiyalarni qachon sotib olganiga aniqlik kiritmagan, biroq, kompaniyaning qiymati 100 milliard dollarga arzonlashganidan soʻng, Appleʼning qimmatli qogʻozlarini sotib olish yaxshi fursat kelganini qayd etib oʻtgan.

Badavlat kishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boyligini konchilik, yogʻochni qayta ishlash va sarmoya kiritishdan topgan.[5] U Gazprom metall manfaatlarini boshqarish uchun oʻzi tuzgan Metalloinvest sanoat konglomeratining katta hissadoridir.[6] Alisher Usmonov asos solgan „Metalloinvest“ shirkati Rossiyaning eng yirik xomashyo ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Soʻnggi jahon reytingida 6 pogʻona pastlaganiga qaramay, asli oʻzbekistonlik milliarder Alisher Usmonov 2012-yil ham Rossiyaning eng badavlat odami, deb topilgan.[7] Alisher Usmonov 17.6 milliard dollarga teng boyligi bilan Amerika jurnalining yangi roʻyxatida 34-oʻrinni egallagan. Forbes jurnali oʻtgan yil aprel oyida ham janob Usmonovni Rossiyada boylarning boyi, deb topgandi. Alisher Usmonov bundan avval ham jurnalning yillik roʻyxatida Rossiyaning badavlat odamlari qatoridan joy olib kelgan. Ammo faqat 2011-yil Rossiyadagi barcha milliarderlarni ortda qoldirib, ilk bor peshqadamlikka chiqib olgandi. Forbes jurnali 2012-yilda milliarderning boyligini 18,1 mlrd AQSh dollari deya baholagandi. Ammo, agar Bloomberg agentligining hisob-kitoblariga qaralsa, Alisher Usmonovning boyligi oʻsha yili 20 milliard AQSh dollaridan ortiqroqni tashkil etgan. Sunday Times nashrining Britaniyadagi eng boy odamlar roʻyxatida rossiyalik boshqa bir milliarder Roman Abramovich bilan birga yuqori uchlikka kirishga ham muvaffaq boʻlgandi. Ammo Forbesning yangi reytingda Roman Abramovich 68-oʻrindan 107-oʻringa tushib ketgan. Janob Abramovichning boyligi qariyb ikki milliard dollarga kamayib, 10.2 milliardga tushib qolgan. Alisher Usmonov esa, soʻnggi yillarda asosan togʻ-kon sanoatidan katta foyda koʻrayotgan boʻlsa ham, internet va mobil shirkatlariga-da katta pul tashlamoqda. Usmonov birgina oʻtgan yilning oʻzida Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqasidan qariyb 1 milliard foyda koʻrgan. Rossiyadagi uchta yirik mobil operatorlaridan biri boʻlgan „Megafon“ nazoratini qoʻliga olgan.

Sportdagi faoliyat va homiylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmonov sport tashkilotlari bilan ham bogʻlangan: u Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi (FIE) prezidenti. 2012-yili ikkinchi marta Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi — FIE prezidenti etib saylangan.[8] Federatsiya kongressi Moskvada boʻlib oʻtgan. U ilk bor Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga 2008-yilda saylangan edi. Ovoz berishda janob Usmonov federatsiyani uzoq vaqt boshqargan Fransiyalik Rene Rok ustidan gʻalaba qozongan edi. Janob Rok qilichbozlik federatsiyasining faxriy prezidenti lavozimini egallagan.

Yoshligidan futbolga qiziqadigan Alisher Usmonov Londonning Arsenal klubi hissadoridir. Londonning „Arsenal“ futbol klubining 27 foiz hissalari janob Usmonovga tegishli.[9] 2008-yil fevralida uning Metalloinvest shirkati Dinamo Moskva klubi homiyiga aylandi.[10][11] Alisher Usmonov baletga ham qiziqadi.[12]. 2011-yildan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Prezidenti. 2015-yilning 31-mart kuni u Toshkentda oʻtkaziladigan qilichbozlik chempionatiga keldi[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://www.bloomberg.com/billionaires/
  2. „Алишер Усмоновнинг дунё бойлари рейтингидаги ўрни маълум бўлди“. Bugun.uz. 3-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 3 август. Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-08-03).
  3. Alisher Usmonov — Oʻzbek Milliarderi, 2013-01-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-07
  4. Alisher Usmonov Appleʼning 100 million dollarlik aksiyalarini sotib oldi[sayt ishlamaydi]
  5. „Alisher Usmanov“. Forbes (3-avgust 2007-yil).
  6. Founder of the Holding, Metalloinvest corporate website, Undated.Accessed: 15-aprel 2007-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2009-02-13). Wayback Machine saytida arxivlandi (2009-02-13).
  7. Forbes: Alisher Usmonov yana Rossiyada boylarning boyi
  8. Alisher Usmonov yana xalqaro qilichbozlik tashkiloti prezidenti etib saylandi
  9. „Usmanov Gunning for Bigger Arsenal Share“. St Petersburg Times (4-sentyabr 2007-yil). 12-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-sentyabr 2007-yil. „Usmanovʼs purchase of nearly 15 percent in the club Thursday – the second investment by a Kremlin-friendly oligarch in a leading English Premier League team after Roman Abramovich bought Chelsea in 2003 – received a mixed reaction from the clubʼs fans and the British media, with some fearing a Russian takeover.“.
  10. James Appell. „Kiev make mincemeat of Spartak“. ESPN Soccernet (14-avgust 2008-yil). 24-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
  11. „Men behaving badly“ (8-may 2003-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
  12. Honoring Russiaʼs 'prima, primaʼ ballerina, International Herald Tribune, Paris, 18-noyabr 2005-yil. Accessed 16-aprel 2008-yil.
  13. Alisher Usmonov Toshkentga keldi, 2015-05-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-04-02

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]