Kalxatlar
Kalxatlar (Milvus) — qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerikada keng tarqalgan. 5 turi bor. Oʻrta Osiyoda qora kalxat yashaydi; mart oyi boshlarida uchib keladi. Uyasini suvga yaqin baland daraxtlarga, qoyalarga quradi. Apr.—mayda 2—4 ta tuxum qoʻyadi. Umurtqali mayda hayvonlar, baliqlar va hasharotlar bilan oziqlanadi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |