Juma masjidi minorasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Juma masjidi minorasi

Juma masjidi minorasining gʻarb tomondan koʻrinishi
Umumiy maʼlumot
Turi Minora
Manzili „Ichan-qalʼa“ MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 19-uy
Shahar Xiva shahri
Mamlakat O‘zbekiston
Koordinatalar 41°22′40″N 60°21′37″E / 41.377681°N 60.360150°E / 41.377681; 60.360150 G OKoordinatalari: 41°22′40″N 60°21′37″E / 41.377681°N 60.360150°E / 41.377681; 60.360150 G O
Qurilishi tugagan XVIII asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Balandligi
Balandligi 42 m
Texnik holati
Material Pishiq gʻisht
Map
Juma masjidi minorasi
Juma masjidi minorasi

Juma masjidi minorasi – Xivadagi, tarixiy eski Ichan qalʼa shahridagi minora. Juma masjidi tarkibiga kiradi va YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga olingan. Juma masjid minorasi Ota darvoza va Polvon darvozani bogʻlovchi koʻcha markazida Juma masjidning shimolida joylashgan[1]. Pishiq gʻishtdan ortiqcha hashamsiz qurilgan. Ayrim joylarida koshinlardan belbogʻ shaklida bezak berilgan.

Bino[tahrir | manbasini tahrirlash]

Minora Juma masjidining shimoliy tomonida joylashgan. Minora pishiq gʻishtdan bino qilingan. Turli xil bezaklarga ega. Poydevor qismida minoraning diametri 6,2 metrni tashkil qiladi. Balandligi 42 metr[2]. Tepasi muqarnas va gumbazli sakkiz kamarli chiroq uslubida belgilangan. Minora 17-asrda eski minora oʻrniga qurilgan. Bir asr oʻtgach, 18-asr oxirida eski minora qulab tushgan. Qurilish ishlari Xiva xoni Avaz Muhammad inoq hukmronligi yillarida (hukmronligi 1790-1804) uning roziligi bilan xonlikdagi obroʻli shaxslardan biri boʻlgan Abdurahmon Mehtar tomonidan, uning  xayr-ehson qilingan puli bilan Juma masjidining yonida qaytadan barpo etilgan. Masjid taxminlarga koʻra 1788-yilda qurilishi boshlangan. Minora qurilishi ham shu davrga toʻgʻri keladi. Minora yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Tepasiga sharafa va gʻishtdan dandana xoshiya belbogʻlar ishlangan.

Xivada bir-biridan 200 metr masofada sharqdan gʻarbga qarab choʻzilgan masofada beshta minora bor. Juma masjidining minorasi ushbu besh minoraning markazida joylashgan. Juma masjidi minorasidan gʻarbda Kalta Minor va Shoh Qalandar Bobo majmuasi minorasi, sharqda Said Sholikorbiy majmuasi minorasi va Polvon qori minorasi joylashgan.

Minoradan    muazzin kuniga besh mahal   azon aytib, xalqni namozga chaqirgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Абдуллаев, М. Қадимий Хоразм тарихи ва Хоразм давлатчилиги. Tошкент: «Ўзбекистон » нашриёти, 2019 — 83 bet. 
  2. Bobojonov D, Abdurasulov M. Firdavsmonand shahar. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti 2008 — 56 bet. 
  3. „Juma masjidi“. Qaraldi: 23-oktyabr 2023-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Alexey Arapov: Die historischen Denkmäler Usbekistans. Taschenkt·Samarkand·Buchara·Chiva·Shahrisabz. SMI-ASIA, Taschkent 2016, ISBN 978-9943-17-075-9, Chiva, S. 92.