John Stones

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
John Stones (talaffuzi: Jon Stounz)
John Stones 2018-06-24 1.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi John Stones[1]
Tavallud sanasi 28-may 1994-yil (1994-05-28) (28 yosh)[2]
Tavallud joyi Barnsley,Angliya
Boʻyi 1.88 metr[3]
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester City
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001-2011 Barnsley
Professional karyerasi*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011-2013 Barnsley 24 (0)
2013-2016 Everton 77 (1)
2016- Manchester City 121 (5)
Milliy terma jamoa
2012-2013 Angliya U19[4] 3 (0)
2013 Angliya U20[5] 2 (0)
2013-2015 Angliya U21[6] 13 (0)
2014- Angliya 58 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)


John Stones ((talaffuzi: Jon Stounz) 1994-yil 28-mayda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premier League „Manchester Siti“ klubi va Angliya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida harakat qiladi.

Stones oʻz faoliyatini Barnsley jamoasi tarkibida boshlagan. U 2012-yilning mart oyida 17 yoshida Chempionshipda birinchi debyutini amalga oshirgan. U 2013-yil yanvar oyida taxminan 3 million funt sterling evaziga Premier-liganing „Everton“ klubiga oʻtdi uch mavsumda 95 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2016-yilning avgustida u 47,5 million funt sterling va qoʻshimcha bonuslar evaziga „Manchester Siti“ bilan shartnoma imzoladi. U 2018, 2019, 2021 va 2022-yillarda Premer-ligada, 2018 va 2020-yillarda EFL kubogida va 2019-yilda Angliya kubogida gʻolib chiqqan.

Stones Angliya terma jamoasi safida debyutini 2014-yilning may oyida oʻtkazganidan soʻng, avvalroq 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan Angliya yoshlar terma jamoalari sharafini xalqaro maydonlarda himoya qilgan. U Angliya terma jamoasining UEFA Yevro 2016, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va Yevro 2020 uchun tanlangan terma jamoalar tarkibiga kiritilgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stones Janubiy Yorkshirning Barnsley shahrida[7] ota-onasi boʻlmish Janet va Peter Stoneslar oilasida tavallud topgan[8]. U Thurlstoneda (talaffuzi: Surlstoun) oʻsgan va Penistone Grammar School maktabida tahsil olgan[9].

Stones Milli Savage bilan ikkalasi ham 12 yosh boʻlgan paytlarida tanishgan. Ular 2018-yilning dekabrida, qizlari 18 oylik boʻlganida ajralishdi[10][11].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barnsley[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stones Barnsley yoshlar akademiyasidan kattalar jamoasiga 2011-yil dekabr oyida professional shartnoma imzolash uchun kelgan. U 2012-yilning 17-martida Chempionatda yuqori jamoada debyut qildi hamda 52-daqiqadan soʻng Skott Uayzmanning oʻrniga almashtirildi. Jamoa esa Okvelldagi „Reading“ga 4:0 hisobida magʻlub boʻldi[12]. U Barnsley uchun yagona golini ilk startidayoq kiritdi. John Liga Kubogining birinchi bosqichida 2012-yil 11-avgustda Rochdeyl mehmoni boʻlgan oʻyinda tanaffus oldi hisobni tenglashtirdi va qoʻshimcha boʻlimdan keyin 4:3 hisobida gʻalaba qozonishga erishdi[13]. Bir hafta oʻtgach, u „Midlsbro“ga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻzining birinchi ligasini boshladi[14].

Everton[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stomnes va Everton darvozaboni Tim Xovard 2014-yil mart oyida Kardiff Sitidan Freyzer Kempbellga qarshi himoyada.

Stones 2013-yilning 31-yanvarida Everton bilan 5 yarim yillik shartnoma imzoladi[15][16]. U oʻsha mavsumda 10-fevral kuni „Old Trafford“da "Manchester Yunayted" ga 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan Premer-liganing uchta oʻyinida foydalanilmagan zaxiradan maydonga tushdi[17].

U 2013-yilning 28-avgustida Liga kubogining ikkinchi bosqichida Stivenjga qarshi oʻyinda „Everton“ safida debyut qildi. Gudison Parkda qoʻshimcha boʻlimdan soʻng 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[18]. U 2013-yilning 14-sentabrida "Chelsi" ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan Stiven Neysmitning oʻrniga kechroq oʻyinda maydonga tushdi[19]. U 2014-yilning 1-yanvarida „Britannia“ stadionida „Stok Siti“ga qarshi oʻyinda „Everton“ safida Premer-ligadagi ilk oʻyinini boshladi[20].

Stones 2015-yil fevral oyida „Chelsi“ aʼzosi L.Remiga qarshi himoyada

2014-yilning 7-avgustida Stones „Everton“ bilan 2019-yilgacha qolishi uchun yangi besh yillik shartnoma imzoladi[21]. U 5-oktabr kuni „Manchester Yunayted“ga qarshi oʻyinda toʻpigʻidan jarohat olib, 10-14 haftaga oraligʻiga safdan chiqqan edi[22]. Jarohatiga qaramay, Stones hamkasbi Everton vingeri Gerard Deulofeu va Angliya terma jamoasi hamkasbi Kalum Chambers, Lyuk Shou va hujumchi vinger Raxim Sterling bilan birga „Golden Boy 2014“ mukofotiga nomzodlar qatoriga kirdi[23].

Stones 2015-yil 19-fevralda UEFA Yevropa ligasining 1/32 bosqichida „Everton“ning „Young Boys“ga qarshi oʻyinida (4:1) maydondan chetlatilgan edi. Chunki u Giyom Xoaraga nisbatan qoʻpollik ishlatib penaltiga sababchi boʻlib qoldi[24]. U 2015-yilning 26-aprelida „Manchester United“ga qarshi oʻz uyida 3:0 hisobida gʻalaba qozongan „Everton“ uchun birinchi golini kiritdi va jamoaning oʻyindagi ikkinchi goliga mualliflik qildi[25].

2015-yilning iyul va avgust oylarida Stones „Chelsi“dan uch marotaba har xil narxlarda: — 20 million, 26 million va 30 million funt sterling miqdorida taklif tushgan. Bularning barchasi Everton tomonidan rad etilgan[26][27][28]. Stones „Everton“ni tark etish soʻrovini topshirgani xabar qilingandi, ammo bu ham rad etildi[29]. 28-dekabr kuni Stones uy uchrashuvining soʻnggida qoʻshib berilgan vaqtda „Stok Siti“ aʼzosi Marko Arnautovichga nisbatan qoʻpollik ishlatdi va penaltiga sababchi boʻlib qoladi. Arnautovich esa ushbu vaziyatdan unumli foydalangan holda 4:3 hisobida gʻalaba qozongan golga mualliflik qildi[30].

Manchester City F.C.[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 9-avgustida Manchester Siti 47,5 million funt sterlingga sotib oldi (potentsial qoʻshimcha £ 2,5 million olti yillik shartnoma boʻyicha). Qoʻshimchalar bilan tuzilgan shartnoma David Luizdan keyin tarixdagi ikkinchi eng qimmat himoyachiga aylantirdi[31][32][33][34]. Bu eʼlon uning kelishi haqida maʼlumot tarqatilganidan koʻp oʻtmay, UEFA oʻtishni tasdiqlashdan oldin oʻz veb-saytida eʼlon qilgan „Siti“ning Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun roʻyxatga olish roʻyxatiga kiritilgan[35]. 15 % sotilgan summa ortidan maxsus shart orqali Barnsley 6,78 million funt sterling oldi. Stones’ning „Manchester Siti“ga transferidan tushgan million, bu ularning tarixidagi har qanday transfer narxiga aylangan edi[36].

Stones va Vinsent Kompani „Manchester Siti“ning AQSH gastrolida mashgʻulotlar oʻtkazishmoqda, 2017-yil iyul

Toʻrt kundan soʻng Stones „Siti“dagi debyutini oʻtkazdi. Ular yangi mavsumni " Sanderlend " ustidan 2:1 hisobidagi gʻalaba bilan boshladilar va Pep Gvardiolaning birinchi raqobatbardosh oʻyinida Aleksandr Kolarov bilan hamkorlik qildi[37]. 2017-yilning 6-yanvarida u Angliya kubogining 3-bosqichida London stadionida "Vest Xem Yunayted "ga qarshi oʻyinda (5:0) soʻnggi golni boshi bilan „Citizens“ darvozasiga birinchi golini urdi[38]. Stones 21-fevral kuni yana gol urib, UEFA Chempionlar Ligasining 1/16 finalida „Monako“ ustidan 5:3 hisobida gʻalaba qozondi[39]. Biroq mehmondagi gollar hisobidagi durangni yutqazgach, jamoa himoyasidan koʻngli qolgani haqida gapirdi[40].

Stounz mavsum davomidagi oʻyinlari uchun ommaviy axborot vositalarining tanqidiga uchradi[41]. Mavsum oxirida bergan intervyularida u hech qanday sovrin yutmaganidan hafsalasi pir boʻlganini va oʻzini yaxshilashga intilayotganini aytdi[42][43].

2017-yil 13-sentabrda Stounz Chempionlar ligasi guruhida „Feyenoord“ mehmoni boʻlib, 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkita gol urdi, shu jumladan, ikkinchi daqiqada boshi bilan urilgan gol „Siti“ning musobaqa tarixidagi eng tezkor goli boʻldi[44]. U 1-noyabr kuni „Napoli“ ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda yana bir bosh bilan gol qoʻshib, ikki oʻyin qolganida jamoasini 1/8 finalga olib chiqdi[45]. 17 kundan soʻng, u „Lester Siti“ga qarshi oʻyinning yarim soatidan soʻng jarohat olib, keyingi olti haftaga safdan chiqdi[46]. Stones 2018-yilning mart oyida terma jamoa sharafini himoya qilayotganda yana jarohat oldi va aprel oyida Gvardiola himoyachini sotmoqchi ekanligi haqidagi matbuot xabarlarini qatʼiyan rad etdi[47].

2021-yilning 6-yanvarida Stones Liga kubogi yarim finalida „Manchester Yunayted“ga qarshi „Old Trafford“da mehmonda 0:2 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda hisobni ochdi. U oʻyinning eng yaxshi odami deb topildi va himoyada Ruben Dias bilan birga ajoyib oʻyin koʻrsatganidan soʻng bosh murabbiy Pep Gvardiola tomonidan yuqori baholandi[48]. Oradan bir kun oʻtib, Stones 2020-yil dekabr oyidagi „Manchester Siti“ning eng yaxshi futbolchisi deb eʼlon qilindi[49]. 2021-yilning 17-yanvarida Stones oʻzining „Siti“ safida "Kristal Pelas " ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻzining birinchi va ikkinchi Premer-liga gollariga mualliflik qildi[50].

2021-yilning 10-avgustida Stones „Siti“ bilan yangi shartnoma imzoladi va rahbariyat uni 2026-yilgacha klubda qoldirdi[51].

Xalqaro maydonlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stounz murabbiy Piter Teylorning 2013-yil may oyida boʻlib oʻtadigan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun 21 kishilik tarkibiga kiritilgan[52]. U 16-iyun kuni Urugvayga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan Angliya U20 terma jamoasida debyut qildi[53]. U 2013-yilning 13-avgustida 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi debyutini Shotlandiyaga qarshi oʻtkazdi va Bramall Leynda Angliya 6:0 hisobidagi gʻalaba qozongan oʻyinning toʻliq 90 daqiqasida maydonda harakat qildi[54].

U Angliya terma jamoasining 2014-yilgi FIFA Jahon Chempionati uchun tayyor oʻyinchi sifatida tanlandi, ammo yakuniy tarkibga kiritilmadi. Stones Angliya terma jamoasidagi debyutini 30-may kuni Peruga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:0) „Uembli“da oʻtkazdi va soʻnggi 15 daqiqada „Everton“dagi jamoadoshi Leyton Beyns bilan almashtirildi[55]. 2014-yil 3-sentabrda Stones Angliya terma jamoasini „Uembli“ stadionida Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ilk bor boshladi[56]. Besh kundan soʻng, Angliyaning UEFA Yevro-2016 saralash bosqichidagi birinchi oʻyinida Stones Bazeldagi Sent-Yakob-Parkda Shveytsariyaga qarshi safarda (2:0) gʻalaba qozondi[57].

Stones Roy Hodgsonning Yevro 2016 uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan, biroq Angliyaning turnirdagi toʻrtta oʻyinidan birortasida ham maydonda harakat qilmagan[58][59].

U Angliya terma jamoasining 2018-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan[60]. 24-iyun kuni Stones turnir guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida Panama ustidan 6:1 hisobida gʻalaba qozonib, xalqaro maydondagi dastlabki ikkita golini kiritdi[61]. U 1982-yilda Trevor Frensisdan keyin Angliya terma jamoasi safida jahon chempionatida gol urgan dastlabki „Manchester Siti“ futbolchisiga aylandi[62].

Portugaliyada boʻlib oʻtgan UEFA Millatlar ligasining 2019-yilgi finalida Stones Niderlandiyaga qarshi yarim finalda xatoga yoʻl qoʻygan holda qoʻshimcha vaqtda Memfis Depayga toʻpni oldirib qoʻyadi va bu Angliyani 3:1 hisobida magʻlub etishga sabab boʻlgan gollardan biriga aylanadi[63]. Bosh murabbiy Garet Sautgeyt uni uchinchi oʻrin uchun Shveytsariyaga qarshi oʻyindan chetlatib, Stones charchoq tufayli xato qilganini aytadi[64].

Stones Angliya terma jamoasining UEFA Evro-2020 uchun qaydnomasiga kiritildi[65].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzining texnik qobiliyati va jismoniy mavjudligi bilan tanilgan Stones toʻp bilan harakat qiluvchi markaziy himoyachi sifatida tanilgan[66]. Jamoadoshlari va murabbiylar uning toʻp bilan sovuqqonligi, himoyaviy mahorati, toʻp uzatishlari diapazoni, koʻp qirrali va koʻrish qobiliyatini yuqori baholashadi[67][68][69][70].

Joleon Lescott uning qobiliyati haqida shunday deydi: "Jon koʻpchilik himoyachilar qila olmaydigan narsalarni qila oladi. U maydonda oʻzini tutish, kerak boʻlganda muammodan xalos boʻlish kabi xislatlari bilan ajralib turadi. Bu uni boshqalardan ajratib turadi, yaʼni, boshqalar qila olmaydigan narsalarni qilish qobiliyati. U oʻz ishini qoyilmaqom darajada bajaradi va yaxshi himoyalanadi, lekin shunday lahzalar boʻladiki, u shunday bir oʻzgacha ish qiladiki, siz shunchaki: „Ah, mana nega uni shunchaki eng zoʻri deb bilishadi“, deysiz, deya taʼkidlaydi. U hech narsaga chalgʻimaydiganga oʻxshaydi va har doim xotirjam boʻlib koʻrinadi"[71]. "Manchester Siti" va Angliya terma jamoasidagi jamoadoshi Kyle Walker Lescottʼning soʻzlariga qoʻshimcha sifatida: „U bilan birga oʻynamaguningizcha, u haqida fikringiz unchalik yaxshi boʻlmaydi. U kamdan-kam magʻlub boʻladi, u toʻp bilan ajoyib muamolada boʻladi hamda juda xotirjam va erkin harakat qiladi“, deya fikr bildiradi[72].

U Barnslidagi faoliyatining boshida oʻzining toʻp bilan harakat qilish uslubini rivojlantirdi va koʻpchilik uning keyingi rivojlanishi uchun „Manchester Siti“ ustozi Pep Gvardiolani hurmat qilishini bildirgan[73][74].

Uning uzatmalari Rio Ferdinand, Jerar Pike, Jerom Boateng, Pep Gvardiola va Frans Bekkenbauer kabi afsonalar bilan taqqoslanishiga olib keldi[75][76][77][78][79].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Appearances and goals by club, season and competition
Klub Mavsum Liga FA Cup Liga Kubogi Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Barnsley 2010-11 Championship 0 0 0 0 0 0 0 0
2011-12 Championship 2 0 0 0 0 0 2 0
2012-13 Championship 22 0 2 0 2 1 26 1
Umumiy 24 0 2 0 2 1 28 1
Everton 2012-13 Premier League 0 0 0 0
2013-14 Premier League 21 0 3 0 2 0 26 0
2014-15 Premier League 23 1 2 0 0 0 3 0 28 1
2015-16 Premier League 33 0 2 0 6 0 41 0
Umumiy 77 1 7 0 8 0 3 0 95 1
Manchester City 2016-17 Premier League 27 0 4 1 1 0 9 1 41 2
2017-18 Premier League 18 0 2 0 4 0 5 3 29 3
2018-19 Premier League 24 0 5 0 3 0 6 0 1 0 39 0
2019-20 Premier League 16 0 3 0 3 0 1 0 1 0 24 0
2020-21 Premier League 22 4 1 0 1 1 11 0 35 5
2021-22 Premier League 14 1 4 1 1 0 8 0 0 0 27 2
Umumiy 121 5 19 2 13 1 40 4 2 0 195 12
Umumiy faoliyat 222 6 28 2 23 2 43 4 2 0 318 14

Xalqaro maydonlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Angliya 2014-yil 4 0
2015-yil 3 0
2016-yil 8 0
2017-yil 7 0
2018-yil 15 2
2019-yil 2 0
2020-yil 0 0
2021-yil 16 1
2022-yil 3 0
Jami 58 3
John Stone tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy O;yin Raqib Hisob Natija Musobaqa Ref.
1 2018-yil 24-iyun Nijniy Novgorod stadioni, Nijniy Novgorod, Rossiya 28  Panama 1-0 6-1 2018 FIFA Jahon chempionati [80]
2 4-0
3 2021-yil 12-oktabr Uembli stadioni, London, Angliya 53  Vengriya 1-1 1-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi [81]

Sovrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manchester City F.C.

Angliya terma jamoasi safida

  • UEFA Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrin sohibi: 2020-yil[89];
  • UEFA Millatlar ligasi uchinchi oʻrin: 2018-19-yilgi mavsum[90].

Shaxsiy yutuqlari

  • Everton klubida mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2014-15-yilgi mavsum[91];
  • PFA Premer-ligada yilning eng yaxshi jamoasi : 2020-21-yilgi mavsum[92];
  • Yilning ESM jamoasi : 2020-21-yilgi mavsum[93].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (1-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2017-yil.
  2. „John Stones“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 3-aprel 2020-yil.
  3. „J. Stones: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 15-may 2018-yil.
  4. „England's matches: The under 19's: 2010–20“. England Football Online (9-aprel 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2019-yil.
  5. „England's matches: The under 20's“. England Football Online (11-iyun 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2019-yil.
  6. „England's matches: The under 21's: 2010–20“. England Football Online (24-iyun 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2019-yil.
  7. „John Stones: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 12-aprel 2020-yil.
  8. Henrico. „John Stones Childhood Story Plus Untold Biography Facts“. Life Bogger (17-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 29-aprel 2019-yil.
  9. „England star cheered on at former school“. Barnsley Chronicle (22-iyun 2018-yil). Qaraldi: 29-aprel 2019-yil.
  10. McShane, Asher. „John Stones and Millie Savage 'split': 'Family devastated after England star breaks up with childhood sweetheart'“. Evening Standard (10-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 16-may 2020-yil.
  11. Rodger, James. „John Stones 'ridiculed by rivals over WhatsApp after replacing childhood sweetheart'“. Birmingham Mail (9-iyun 2019-yil). Qaraldi: 16-may 2020-yil.
  12. „Barnsley 0–4 Reading“. BBC Sport (17-mart 2012-yil). Qaraldi: 19-mart 2012-yil.
  13. „Rochdale 3–4 Barnsley (aet)“. BBC Sport (11-avgust 2012-yil). Qaraldi: 12-avgust 2012-yil.
  14. „Tykes claim overdue home win“. Sky Sports (18-avgust 2012-yil). Qaraldi: 26-aprel 2015-yil.
  15. „Blues sign Stones“. Everton F.C. (31-yanvar 2013-yil). 4-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-yanvar 2013-yil.
  16. „Everton sign defender John Stones from Barnsley“. BBC Sport (1-fevral 2013-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2014-yil.
  17. McNulty, Phil. „Man Utd 2–0 Everton“. BBC Sport (10-fevral 2013-yil). Qaraldi: 26-aprel 2015-yil.
  18. „Everton 2–1 Stevenage (aet)“. BBC Sport (28-avgust 2013-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2013-yil.
  19. McNulty, Phil. „Everton 1–0 Chelsea“. BBC Sport (14-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2013-yil.
  20. Begley, Emlyn. „Stoke City 1–1 Everton“. BBC Sport (1-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2014-yil.
  21. Richards, Alex. „England international John Stones puts pen to paper on new five-year deal at Everton“. Daily Mirror (7-avgust 2014-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2018-yil.
  22. „Everton: John Stones could miss rest of 2014 with ankle injury“. BBC Sport (9-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2014-yil.
  23. „Liverpool's Raheem Sterling wins Europe's Golden Boy award for 2014“. The Guardian (20-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2014-yil.
  24. Whalley, Mike. „BSC Young Boys 1–4 Everton“. BBC Sport (19-fevral 2015-yil). Qaraldi: 19-fevral 2015-yil.
  25. Winton, Richard. „Everton 3–0 Manchester United“. BBC Sport (26-aprel 2015-yil). Qaraldi: 26-aprel 2015-yil.
  26. „Chelsea's John Stones bid angers Everton boss Roberto Martinez“. BBC Sport (19-iyul 2015-yil). Qaraldi: 29-iyul 2015-yil.
  27. „Chelsea John Stones bid of £26 million rejected by Everton, say sources“. ESPN FC (29-iyul 2015-yil). Qaraldi: 29-iyul 2015-yil.
  28. McNulty, Phil. „John Stones: Everton defender not for sale despite '£30m Chelsea bid'“. BBC Sport (18-avgust 2015-yil). Qaraldi: 18-avgust 2015-yil.
  29. Stone, Simon. „John Stones: Chelsea target makes Everton transfer request“. BBC Sport (25-avgust 2015-yil). Qaraldi: 25-avgust 2015-yil.
  30. Reddy, Luke. „Everton 3–4 Stoke“. BBC Sport (28-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2015-yil.
  31. „John Stones joins Manchester City in £47.5m deal“. Sky Sports (9-avgust 2016-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  32. „Manchester City complete £47.5m signing of John Stones from Everton“. The Guardian (9-avgust 2016-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  33. „John Stones: Manchester City sign Everton defender for £47.5m“. BBC Sport (9-avgust 2016-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  34. „Manchester City sign John Stones for £47.5m on a six-year deal“. SoccerTransfers.net (9-avgust 2016-yil). 27-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  35. Law, Matt. „John Stones completes move to Manchester City from Everton, after Uefa website unexpectedly breaks news“. The Daily Telegraph (9-avgust 2016-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  36. Bilton, Toby. „Barnsley net £7m from John Stones' move to Manchester City“. The Yorkshire Post (9-avgust 2016-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2017-yil.
  37. Wallace, Sam. „Manchester City 2 Sunderland 1: Late Paddy McNair own goal hands Pep Guardiola winning start“. The Daily Telegraph (13-avgust 2017-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2017-yil.
  38. Cottingham, Robert. „Man City defender John Stones reacts to first goal for the club“. Manchester Evening News (6-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2017-yil.
  39. Cross, John. „Goal hero John Stones laments Manchester City's poor defending after pulsating Etihad epic“. Daily Mirror (21-fevral 2017-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2017-yil.
  40. Robson, James. „John Stones is brutally honest about Man City's Champions League exit“. Manchester Evening News (16-mart 2017-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2017-yil.
  41. Coerts, Stefan. „'I Am Going in the Right Direction' – Man City Defender Stones Brushes off Criticism“. Goal.com. Perform Group (24-fevral 2017-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2017-yil.
  42. Ducker, James. „John Stones: My football brain was not good enough, but I am learning under Man City manager Pep Guardiola“. The Daily Telegraph (19-may 2017-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2017-yil.
  43. Hunter, Andy. „Manchester City's John Stones disappointed with trophy-less season“. The Observer (10-iyun 2017-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2017-yil.
  44. Sajad, Kal. „Feyenoord 0–4 Manchester City“ (13-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 24-iyun 2018-yil.
  45. Begley, Emlyn. „Napoli 2–4 Manchester City“. BBC Sport (1-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 24-iyun 2018-yil.
  46. „John Stones: Man City defender set for six-week injury lay-off“. BBC Sport (18-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 24-iyun 2018-yil.
  47. „Pep Guardiola: 'As long as I'm in Manchester, John Stones will be as well'“. The Daily Telegraph (28-aprel 2018-yil). Qaraldi: 24-iyun 2018-yil.
  48. „Man City beat Man Utd to reach EFL Cup final“. BBC Sport. Qaraldi: 7-yanvar 2021-yil.
  49. Pollard. „Stones lands Etihad player of the month award“. www.mancity.com. Qaraldi: 7-yanvar 2021-yil.
  50. „Manchester City 4–0 Crystal Palace: Stones scores twice as Man City go second“. BBC Sport. Qaraldi: 17-yanvar 2021-yil.
  51. „John Stones: Manchester City and England defender signs new five-year deal with champions“. BBC (10-avgust 2021-yil).
  52. „Final squad named“. The Football Association (28-may 2013-yil). 15-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-iyun 2013-yil.
  53. „Training win for Three Lions“. The Football Association (16-iyun 2013-yil). 24-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-iyun 2013-yil.
  54. „International friendly: England Under-21s beat Scotland U21s 6–0“. Sky Sports (13-avgust 2013-yil). Qaraldi: 24-iyun 2018-yil.
  55. McNulty, Phil. „England 3–0 Peru“. BBC Sport (30-may 2014-yil). Qaraldi: 30-may 2014-yil.
  56. Bevan, Chris. „Besiktas 0–0 Arsenal“. BBC Sport (19-avgust 2014-yil). Qaraldi: 19-avgust 2014-yil.
  57. McNulty, Phil. „Switzerland 0–2 England“. BBC Sport (8-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 8-sentabr 2014-yil.
  58. „Roy Hodgson confirms final squad for UEFA EURO 2016“. The Football Association (31-may 2016-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  59. „Everton's Barkley and Stones emerge from England Euro failure unscathed“. ESPN FC (30-iyun 2016-yil). Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  60. „England World Cup squad: Trent Alexander-Arnold in 23-man squad“. BBC Sport (16-may 2018-yil). Qaraldi: 17-may 2018-yil.
  61. „England vs. Panama final score, recap: Harry Kane hat trick, John Stones double powers Three Lions into round of 16“. CBS Sports (24-iyun 2018-yil). Qaraldi: 24-iyun 2018-yil.
  62. Brennan, Stuart. „John Stones equals a Man City record with World Cup goal heroics“. Manchester Evening News (24-iyun 2018-yil). Qaraldi: 28-iyun 2018-yil.
  63. Taylor, Daniel. „England extra-time misery after John Stones' blunder lets in Netherlands“. The Guardian (6-iyun 2019-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  64. O'Toole, Dan. „Gareth Southgate explains John Stones omission for England game vs Switzerland“. Manchester Evening News (9-iyun 2019-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  65. England Euro 2020 squad Independent.co.uk.
  66. „City Stat: John Stones is European football's pass master in 2017/18“. City Watch.
  67. „England: Southgate gushes over Stones, compares him to Pique and Boateng“. Goal.com. Perform Group. „England: Southgate gushes over Stones, compares him to Pique and Boateng“.
  68. „City Stat: John Stones is European football's pass master in 2017/18“. City Watch.
  69. Hunter, Andy. „John Stones: a rare talent but value only if Pep Guardiola removes the flaws – Andy Hunter“. The Guardian (9-avgust 2016-yil).Hunter, Andy (9 August 2016).
  70. „John Stones: In Quotes“. Manchester City F.C..
  71. „Lescott: Stones has the X-Factor“. Manchester City F.C..
  72. „Man City's Kyle Walker hails 'unbelievable' John Stones and 'special' Pep Guardiola“. Sky Sports.
  73. „How Paul Heckingbottom moulded careers of John Stones, Alfie Mawson and Mason Holgate“. Sky Sports.
  74. Hirst. „How Pep Guardiola's love is helping John Stones fulfil potential“ (4-oktabr 2017-yil).
  75. „England: Southgate gushes over Stones, compares him to Pique and Boateng“. Goal.com. Perform Group.
  76. Hunter, Andy. „John Stones: a rare talent but value only if Pep Guardiola removes the flaws – Andy Hunter“. The Guardian (9-avgust 2016-yil).
  77. „Stones compares to a young Pique – Pep“. ESPN.
  78. Ducker. „John Stones is no longer a soft touch, but instead a rock at heart of Manchester City's defence – thanks largely to Pep Guardiola's patience“ (16-noyabr 2017-yil). 12-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  79. „John Stones striving for sustained Manchester City domination in England and Europe“. Sport 360.
  80. „England vs. Panama 6–1: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  81. „England vs. Hungary 1–1: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 12-oktabr 2021-yil.
  82. „John Stones: Overview“. Premier League. Qaraldi: 28-may 2021-yil.
  83. McNulty, Phil. „Manchester City 6–0 Watford“. BBC Sport (18-may 2019-yil). Qaraldi: 18-may 2019-yil.
  84. McNulty, Phil. „Arsenal 0–3 Manchester City“. BBC Sport (25-fevral 2018-yil). Qaraldi: 25-fevral 2018-yil.
  85. McNulty, Phil. „Aston Villa 1–2 Manchester City“. BBC Sport (1-mart 2020-yil). Qaraldi: 1-mart 2020-yil.
  86. Bevan, Chris. „Chelsea 0–2 Manchester City“. BBC Sport (5-avgust 2018-yil). Qaraldi: 7-avgust 2018-yil.
  87. Begley, Emlyn. „Liverpool 1–1 Manchester City“. BBC Sport (4-avgust 2019-yil). Qaraldi: 4-avgust 2019-yil.
  88. „Man. City 0–1 Chelsea: Updates“. UEFA. Qaraldi: 31-may 2021-yil.
  89. McNulty, Phil. „Italy 1–1 England“. BBC Sport (11-iyul 2021-yil). Qaraldi: 17-iyul 2021-yil.
  90. McNulty, Phil. „Switzerland 0–0 England“. BBC Sport (9-iyun 2019-yil). Qaraldi: 12-iyun 2019-yil.
  91. „Stones named best young Blue“. Everton F.C. (20-may 2015-yil). 20-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  92. „PFA Premier League Team of the Year: Kevin de Bruyne one of six Manchester City players picked“. BBC Sport (4-iyun 2021-yil). Qaraldi: 4-iyun 2021-yil.
  93. „ESM Team of the Season - 2020-21“. World Soccer (7-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyun 2021-yil.