Kontent qismiga oʻtish

Joe Bidenning 2024-yilgi AQSh prezidentlik poygasini tark etishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Biden 2024-yil 24-iyuldagi Oval ofisdagi nutqida oʻz nomzodini qaytarib olish toʻgʻrisidagi oldingi qarori haqida gapirmoqda

2024-yilning 21-iyul sanasida Amerika Qoʻshma Shtatlarining amaldagi prezidenti, Demokratlar partiyasi aʼzosi Joe Biden ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida 2024-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi prezidentlik saylovlaridan chiqishini eʼlon qilgan. Biden, prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasidan vitse-prezident Kamala Harrisni nomzod sifatida koʻrsatilishini maʼqullagan.

Biden 2023-yil 25-aprel kuni 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida qayta nomzod boʻlishini hamda Harris yana uning vitse-prezidentlikka nomzodi sifatida ishtirok etishini eʼlon qilgan edi[1]. Biden 2024-yilgi Demokratlar partiyasi prezidentlik saylovlari oldidan oʻtkazilgan dastlabki saylovlarda delegatlarning mutlaq koʻpchilik ovozini qoʻlga kiritgan va hatto dastlabki saylovlar yakunlanmasidan oldinroq partiyaning taxminiy nomzodi sifatida eʼtirof etilgan. Ammo shungga qaramay, Bidenning prezidentligi davomida uning yoshi va sogʻligʻi haqida, ayniqsa lavozimni bajarish qobiliyati va ikkinchi muddatni oʻtkazish imkoniyati borasida jamiyatda xavotirlar paydo boʻlgan edi.

Ayniqsa, bu xavotirlar 2024-yil 27-iyunda Biden va Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trump oʻrtasidagi munozaradan soʻng keskin oshgan. Bidenning ishtiroki koʻp bora tanqidga uchragan. Sharhlovchilar uning tez-tez fikrlarini yoʻqotib qoʻyganini va chalkash javoblar berganini, holsiz koʻringanini, boʻgʻiq ovozda gapirganini hamda bir necha bor statistik maʼlumotlarni eslay olmaganini va oʻz fikrini mantiqan ifodalay olmaganini taʼkidlaganlar[2]. Keyinchalik boshqa Demokratlar partiyasi aʼzolari[3] va yirik agentliklarining tahririyat kengashlari Jo Bidenga prezidentlik poygasini tark etishni talabi bilan chiqishgan[4][5]. 2024-yil 19-iyulga kelib, 30 dan ortiq yuqori lavozimdagi Demokratlar partiyasi aʼzolari Bidenni saylovlardan ketishga chaqirgan[6].

Jo Biden bahs-munozaralardan keyin ham bir necha hafta davomida, koʻplab chaqiriqlarga qaramay, nomzod boʻlib qolishini taʼkidlagan[7]. Lekin, 2024-yil 21-iyulda u oʻzining shaxsiy X hisobida joylashtirilgan imzolangan xati orqali oʻz nomzodligini qaytarib olgani maʼlum qilgan. Shuningdek, bu „mening partiyam va mening mamlakatim manfaati uchun (inglizcha: in the best interest of my party and the country)“ deb izoh qoldirgan va oʻz muddati tugaguniga qadar prezident lavozimida ishlashda davom etishini aytgan[8]. Jo Biden 1968-yilda Lyndon B. Johnsondan keyin prezidentlikka qayta saylanish poygasidan voz kechgan birinchi amaldagi prezident, 19-asrdan beri faqat bir muddat prezidentlik qilgach saylovlarda nomzodlik qoʻyishdan voz kechgan ilk AQSh prezidenti boʻlgan[9][10].

Voqealar foni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayta saylanishga daʼvogar boʻlmagan avvalgi prezidentlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixan, bir toʻliq muddatni tugatgan AQSH prezidentlarining aksariyati ikkinchi muddatga ham oʻz nomzodini qoʻyishgan. Quyidagi prezidentlar kamida bitta toʻliq muddatni tugatgandan soʻng, qayta saylanish huquqiga ega boʻlishgan, ammo oʻz nomzodini koʻrsatmaslikni tanlashgan[11]:

  • James K. Polk (1845–1849): saylov kampaniyasida faqat bir muddat prezidentlik qilish haqidagi vaʼdasini bajargan
  • James Buchanan (1857–1861): saylov kampaniyasida faqat bir muddat prezidentlik qilish haqidagi vaʼdasini bajargan
  • Rutherford B. Hayes (1877–1881): saylov kampaniyasida faqat bir muddat prezidentlik qilish haqidagi vaʼdasini bajargan
  • Calvin Coolidge (1923–1929): avvaliga qisman muddat va bir marta toʻliq muddatni oʻtab boʻlgandan keyin nomzodini qoʻymaslikni tanlagan
  • Harry S. Truman (1945–1953): avvaliga qisman muddat va bir marta toʻliq muddatni oʻtab, prezidentlik poygasini tark etgan
  • Lyndon B. Johnson (1963–1969): avvaliga qisman muddat va bir marta toʻliq muddat oʻtab, prezidentlik poygasini tark etgan

1947-yilda Kongress tomonidan qabul qilingan va 1951-yilda shtatlar tomonidan ratifikatsiya qilinib AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan 22-tuzatish prezidentlarga ikki toʻliq muddatdan iborat cheklovi belgilangan. Ikki yillik muddat chegarasi belgilanmasidan oldin koʻpchilik (hammasi emas) prezidentlar George Washington tomonidan oʻrnatilgan pretsedentdan soʻng norasmiy boʻlgan ikki muddatli anʼanaga rioya qilishgan. Bunda ham ikki marta prezidentlik vakolatini oʻtagandan soʻng qayta nomzodlilarini qoʻyishmagan.

2020-yilgi prezidentlik saylovlari davrida Biden oʻzini yangi avlod rahbariyatiga „koʻprik“ vazifasini oʻtaydigan nomzod sifatida taqdim etgan[12]. Biroq, Biden Politico nashri tomonidan uning bir muddatli prezidentlikni koʻrib chiqayotgani haqidagi maʼlumotlarni inkor etgan[13]. Bidenning saylovoldi kampaniyasi 2024-yilda susayib qolganda, Axios saytida olim Anthony Fowlerning quyidagi fikrlarini keltirgan: „Uning (Bidenning) ikki tomonlama yondashuvga urinayotganini taʼkidlash mumkin. U odamlarga ’Xavotirlanmang, men faqat bir muddat uchun saylanmoqchiman’ degan maʼnoni yetkazishga harakat qilmoqda, ammo buni hech qachon ochiq-oydin vaʼda qilmagan“[14].

Poygani tark etishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

21-iyul kuni Baydenning rasmiy X hisobi uning prezidentlikdan voz kechganini eʼlon qiluvchi xatni joylashtirdi. Xatda Biden shunday deb yozgan edi: „Qayta saylanishga intilish niyatim boʻlsa-da, partiyam va mamlakatim manfaati yoʻlida oʻz nomzodimni olib, vakolatim muddatining qolgan qismida faqat prezidentlik vazifamni bajarishga eʼtibor qaratishim maʼqul, deb hisoblayman“[15]. Shu kunning oʻzida xuddi shu hisobdan 2021-yildan beri vitse-prezident lavozimida ishlab kelayotgan Xarrisni prezidentlik poygasida oʻzining oʻrniga nomzod sifatida qoʻllab-quvvatlovchi post joylashtirildi[16].

2024-yilning 24-iyul sanasida, prezidentlik poygasidan chetlashganidan soʻng ilk bor ommaga chiqqan prezident Biden oʻz qarorini tushuntirib berdi. Oval Officedan turib soʻzlagan nutqida, Biden bunga sabab „demokratiyani himoya qilish“ ekanligini taʼkidlagan[17][18].

Nomzod sifatida almashinish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 22-iyulda Associated Press tomonidan oʻtkazilgan delegatlar soʻrovida, Harris delegatlarning yarmidan koʻpining qoʻllab-quvvatlashini olgach, ehtimoliy nomzodga aylangan[19].

Xalqaro fikrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

 Braziliya: Prezident Luiz Inácio Lula da Silva Bidenga „Nomzod boʻlish-boʻlmasligini faqat u hal qilishi mumkin edi deydi hamda „…saylovda kim gʻolib chiqishidan qatʼiy nazar munosabatlarni oldingidek saqlab qoladi“[20].

 Kanada: Bosh vazir Justin Trudeau shunday dedi: „Men Prezident Baydenni koʻp yillardan beri taniyman. U ajoyib inson boʻlib, barcha qilayotgan ishlari vataniga boʻlgan muhabbati bilan yoʻnaltirilgandir. Prezident sifatida u kanadaliklar uchun ishonchli hamkor va chin doʻstdir. Prezident Biden va Birinchi xonimga minnatdorchilik bildiraman“[21][22].

 Xitoy: 22-iyul kuni oʻtkazilgan muntazam matbuot brifingida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning sharh berishdan bosh tortib, „prezident saylovi AQShning ichki masalasi“ ekanligini taʼkidladi[23][24].

 Yaponiya: Bosh vazir Fumio Kishida shunday dedi: „Biden eng maqbul siyosiy qarorni qabul qildi. Shubhasizki, Yaponiya-AQSH ittifoqi Yaponiya diplomatiyasi va xavfsizligining tayanch ustuni hisoblanadi. Shu bois, biz kelajakdagi voqealarni sinchkovlik bilan kuzatib boramiz“[25].

 Rossiya: Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytishicha, Rossiya Ukrainaga qarshi davom etayotgan bosqinchilik harakatida saylov natijalariga emas, balki oʻz maqsadlariga koʻproq eʼtibor qaratmoqda[26][27].

  1. Miller, Zeke. „Biden announces 2024 reelection bid: 'Let's finish this job'“ (en). Associated Press (2023-yil 25-aprel). 2024-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.
  2. * Holland, Steve; Reid, Tim; Morgan, David „Biden acknowledges age, bad debate performance but vows to beat Trump“. Reuters. Qaraldi: 2024-yil 29-iyun.
  3. Allen, Jonathan „Some Democrats start calling for Biden to step aside and 'throw in the towel' on 2024“. NBC News (2024-yil 28-iyun). 2024-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyun.
  4. „To Serve His Country, President Biden Should Leave the Race“ (2024-yil 28-iyun). 2024-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
  5. Robertson, Nick. „These major media outlets have called for Biden to drop out“ (2024-yil 30-iyun). 2024-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-iyul.
  6. Tait, Robert; Gambino, Lauren. „Pressure mounts on Biden as tally of Democrats urging withdrawal passes 30“. The Guardian (2024-yil 19-iyul). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  7. Keith, Tamara; Shivaram, Deepa „'I'm in this race to the end,' Biden tells campaign staffers“. NPR (2024-yil 3-iyul). 2024-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-iyul.
  8. Shear, Michael D.. „Live Updates: Biden Drops Out of Presidential Race, Endorses Harris“. The New York Times (2024-yil 21-iyul). 2024-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-iyul.
  9. Klassen, Thomas. „Biden steps aside, setting in motion an unprecedented period in American politics“. The Conversation (2024-yil 21-iyul). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
  10. Kenning, Chris; Samuelsohn, Darren. „'It's unprecedented': Biden's exit is a history-making moment in the American presidency“. USA Today. 2024-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
  11. „US presidents who did not seek reelection“ (en). Voice of America (2024-yil 23-iyul). 2024-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
  12. Bradner, Eric; Mucha, Sarah „Biden says he's a 'bridge' to new 'generation of leaders' while campaigning with Harris, Booker, Whitmer“. CNN (2020-yil 9-mart). — „'Look, I view myself as a bridge, not as anything else,' Biden said. 'There's an entire generation of leaders you saw stand behind me. They are the future of this country.'“. 2024-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
  13. Nagle, Molly. „Joe Biden denies he is mulling a one-term pledge if elected president“ (en). ABC News (2019-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  14. Saric, Ivana „How Biden went from 'bridge' candidate to two-term hopeful“. Axios (2024-yil 18-iyul). 2024-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
  15. Schrader, Adam; Moran, Mark. „After dropping out of race, Biden endorses Kamala Harris for president“ (en). United Press International (2024-yil 21-iyul). 2024-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.
  16. Shear, Michael. „Biden Drops Out of Presidential Race, Endorses Harris“. The New York Times (2024-yil 21-iyul). 2024-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-iyul.
  17. „'Our republic is now in your hands': Biden appeals to Americans to 'preserve our democracy'“ (en). NBC News (2024-yil 25-iyul). 2024-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyul.
  18. Watson, Kathryn. „Biden says nothing can get in way of saving democracy, including "personal ambition"“. CBS News (2024-yil 24-iyul). 2024-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyul.
  19. „Harris Crosses Delegate Threshold in Sign Nomination Is Hers“. Bloomberg News (2024-yil 22-iyul). 2024-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  20. „Lula comenta desistência de Biden: 'Somente ele poderia decidir se iria ou não ser candidato'“ [Lula comments on Biden's withdrawal: 'Only he could decide whether or not he would be a candidate'] (pt-br). G1 (2024-yil 22-iyul). 2024-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  21. „Foreign leaders react to Biden dropping White House bid“. Voice of America (2024-yil 21-iyul). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  22. „World leaders react to Biden dropping out of US election race“. Al Jazeera (2024-yil 22-iyul). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  23. Yang, William „Biden's decision to bow out goes viral on Chinese social media“. Voice of America (2024-yil 22-iyul). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  24. „拜登退选 中方回应“ [Biden withdraws from the election, China responds] (zh). China News Network - Comprehensive world news (2024-yil 22-iyul). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  25. „Biden withdraws from campaign: How foreign leaders are reacting“. Reuters (2024-yil 22-iyul). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  26. „Biden withdraws from campaign: How foreign leaders are reacting“. Reuters (2024-yil 22-iyul). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  27. „World leaders react to Biden dropping out of US election race“. Al Jazeera (2024-yil 22-iyul). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.