Jamil Sidqiy Az-Zahaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jamil Sidqiy Az-Zahaviy
Tavalludi 18-iyun 1863[1]
Vafoti 24-fevral 1936[1]
Ijod qilgan tillari Arab tili[2]
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi, Mandatory Iraq va Kingdom of Iraq

Jamil Sidqiy az-Zahaviy (arabcha: جميل صدقي الزهاوي, Bagʻdod, 18-iyun 1863-yil, zamonaviy Iroq 1936-yil 24-fevral) taniqli Iroq shoiri, pedagogi, faylasufi. Arab dunyosidagi eng buyuk zamonaviy shoirlardan biri hisoblangan u ayollar huquqlari himoyachisi sifatida tanilgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Az-Zahaviy Bagʻdodda tugʻilgan. Uning otasi Iroq Kurdistonidan bo‘lib, Bag‘dod muftiysi bo‘lib ishlagan[3]. Onasi Turmanistonlik boʻlgan. Az-Zahaviy Bagʻdod, Istanbul, Qohira va Quddusda yashab ijod qilgan.

Usmonlilar hukmronligi davrida u Bagʻdod taʼlim kengashining aʼzosi boʻlib faoliyat yuritgan, u yerda ayollarning taʼlim olish huquqini himoya qilgan. Bagʻdoddagi yagona gazeta muharriri, Yaman va Istanbul Oliy sudining aʼzosi, Qirollik universitetida islom falsafasi professori va Istanbuldagi sanʼat kollejida adabiyot professori lavozimlarida ishlagan. U arab dunyosidagi yetakchi yozuvchilardan biri edi. Bayrut, Qohira va Bag‘doddagi yirik gazeta va jurnallarda u va asarlari haqida maqolalar chop etilgan. Bahoiy taʼlimoti taʼsirida 1896-yildan boshlab u Misr davriy nashrlarida oʻzi ixtiro qilgan „barcha xalqlar uchun universal“ yozuvni tarqatish kompaniyasini boshqargan[3].

1921-yilda Iroq mustaqillikka erishgach, 2 marta mamlakat parlamenti va 1 marta yuqori palata deputati lavozimiga saylangan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  •  — „Qachongacha beparvo boʻlib qolasiz?“ (1898-yil) Sulton Abdul-Hamid II ga risola-murojaati, unda uni despotizmda ayblagan;
  • „Ming yildan keyin“ („Bada alf sanatin“) — sheʼrida az-Zahaviy barcha xalqlarning dunyoviy birligi, ijtimoiy totuvlik tantanasi gʻoyalarini ifodalagan. (1927-yil)
  • „Do‘zaxdagi inqilob“ („as-Saurat fi-l-jahim“) — mavjud dunyo tartibining bemaʼniligini ko‘rsatuvchi fantastik sheʼr. (1929-yil)
  • „Oltin marjonlar“ (1928-yil), „Suv tomchilari“ (1934-yil) sheʼriy to‘plamlari.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zaxavi / Chukov, B. V. // Jeleznoe derevo — Izluchenie. — M. : Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya, 2008. — S. 294. — (Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya : [v 35 t.] / gl. red. Yu. S. Osipov ; 2004—2017, t. 10). — ISBN 978-5-85270-341-5.
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 Чуков, Б. В. 2008.