Jakub Moder

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jakub Moder
Moder Cropped.png
Moder 2022-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jakub Piotr Moder[1]
Tavallud sanasi 7-aprel 1999-yil (1999-04-07) (23 yosh)
Tavallud joyi Szczecinek, Polsha
Boʻyi 1.88 m[2]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brighton & Hove Albion
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010—2011 Fortuna Wieleń
2011—2014 Warta Poznań
2014—2016 Lech Poznań
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2020 Lech Poznań II 61 (7)
2017—2020 Lech Poznań 32 (7)
2018—2019Odra Opole (ijara) 31 (4)
2020— Brighton & Hove Albion 40 (0)
2020Lech Poznań (ijara) 9 (2)
Milliy terma jamoa
2015—2016 Polsha U17 11 (0)
2016—2017 Polsha U18 7 (0)
2017—2018 Polsha U19 10 (1)
2018—2019 Polsha U20 8 (2)
2020— Polsha 20 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jakub Piotr Moder (talaffuzi: Yakub Moder; 1999-yil 7-aprelda tugʻilgan) — Polshalik professional futbolchi, Premyer-liganing Brighton & Hove Albion klubi va Polsha terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyat davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moder Szczecinek shahrida tugʻilgan. Fortuna Wieleńda futbolchilik faoliyatini boshlagan va 2011-yilda Warta Poznańga akademiya oʻyinchisi sifatida qoʻshildi[3].

Lech Poznań[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Moder Lech Poznań akademiyasiga o‘tdi va 2016-yilda o‘rinbosarlar jamoasiga oʻtdi. 2018-yilning 2-aprelida „Lech Poznań“ safida Wisła Kraków ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib debyut qildi (1:3).

Odra Opole (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 18-iyunida Moder I liga vakili Odra Opolega ijaraga berildi[4].

Odra Opoledagi ijara muddatidan qaytgach, Moder Lech Poznań bilan shartnomasini 2023-yilga qadar uzaytirdi[5] va Dariusz Żuraw qoʻl ostida tez orada asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Lech Poznań safidagi birinchi golli uzatmani mehmonda Górnik Zabrzega qarshi oʻyinda (3:1) amalga oshirdi va 2020-yilning fevralida birinchi golini „Raków Częstochowa“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi[6]. 2020-yil iyun oyida Ekstraklasada oyning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi[7].

Lech Poznańning 2020—2021-yilgi UEFA Yevropa Ligasi saralashida muhim rol oʻynadi va oʻz uyida Valmieraga qarshi oʻyinda (3:0) golli uzatmani amalga oshirdi[8]. 2020-yil 20-sentabr kuni Moder mahalliy raqib Warta Poznanga qarshi oʻyinda oʻyinning yagona golini kiritdi.

Brighton & Hove Albion[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 6-oktabrda Angliyaning „Brighton & Hove Albion“ klubi bilan 6 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi.

Lech Poznań (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsha yili sobiq klubi Lech Poznańga, dastlab mavsum oxirigacha ijaraga berildi (bu Lech Poznańning UEFA Yevropa Ligasidagi muvaffaqiyatiga bogʻliq edi)[9]. Lech Poznań 2020—2021-yilgi Ekstraklasa mavsumini yomon boshlaganiga qaramay, Moder 4 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2020-yil 22-oktabrda UEFA Yevropa ligasidagi debyutini 2020—2021-yilgi mavsum guruh bosqichida „Benfica“ ga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va bu o‘yinda „Lech“ 4:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi[10].

18-dekabrda Lech Poznań 2020—2021-yilgi UEFA Yevropa ligasini tark etganidan soʻng, Moderning 2020-yil 31-dekabrda ijara shartnomasi bekor eʼlon qilindi[11]. 2020-yilning 19-dekabrida „Lech Poznań“ safidagi so‘nggi o‘yinini Wisła Krakówga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazdi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 4-sentabr kuni Moder Polsha terma jamoasida ilk bor UEFA Millatlar ligasida Niderlandiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Robert Levandowski yoʻqligida unga 9-raqamli futbolka berildi. 2020-yil 7-oktabrda Finlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (5:1) ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. 2020-yil 11-noyabrda Arkadiuza Milik o‘rniga maydonga tushganidan bir necha soniya o‘tib milliy terma jamoadagi ilk golini kiritdi, o‘rtoqlik uchrashuvida Polsha Ukrainani 2:0 hisobida mag‘lub etdi[12]. 2021-yil 31-mart kuni 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Angliyaga qarshi o‘yinda John Stonesning xatosidan foydalanib, ikkinchi golini kiritdi[13].

Moder 2021-yil 17-may kuni Yevro-2020 uchun Polshaning 26 kishilik tarkibiga kiritildi, turnir Koronavirus tufayli keyingi yilga qoldirilgani sababli 2021-yil yozida boʻlib oʻtgan[14][15]. 19-iyun kuni Polshaning Ispaniyaga qarshi guruhdagi ikkinchi o‘yinida maydonga tushdi. Penaltini amalga oshirdi va sariq kartochka oldi[16]. Moder va Southampton futbolchisi Jan Bednarek 23-iyun kuni Polshaning Shvetsiyaga qarshi hal qiluvchi oʻyinda jarohatda boʻlgani uchun ishtirok eta olishmadi, oʻshanda Polsha Sankt-Peterburgda 3:2 hisobida magʻlub boʻlib, turnirni erta yakunladi[17].

Moder jarohati tufayli 2022-yilgi Jahon chempionatiga chaqirilmadi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

10-avgust, 2022-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Lech Poznań II 2016—2017[18] III liga 28 5 28 5
2017—2018[19] III liga 25 2 25 2
2019—2020[20] II liga 8 0 8 0
Jami 61 7 61 7
Lech Poznań 2017—2018[19] Ekstraklasa 1 0 0 0 1 0
2019—2020[20] Ekstraklasa 26 5 4 0 30 5
2020—2021[21] Ekstraklasa 14 4 1 0 10[lower-alpha 1] 0 25 4
Jami 41 9 5 0 10 0 56 9
Odra Opole (ijara) 2018—2019[22] I liga 31 4 4 0 35 4
Brighton & Hove Albion 2020—2021 Angliya Premyer-ligasi 12 0 1 0 13 0
2021—2022 Angliya Premyer-ligasi 28 0 2 1 2 1 32 2
2022—2023 Angliya Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 40 0 3 1 2 1 0 0 0 0 45 2
Jami faoliyati 173 20 12 1 2 1 10 0 0 0 197 22
  1. Appearances in UEFA Europa Liga

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

29-mart, 2022-yil holatiga koʻra
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Polsha 2020 6 1
2021 12 1
2022 2 0
Jami 20 2
2022-yil 29-mart holatiga koʻra
Jakub Moder tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Qopqoq Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2020-yil 11-noyabr Sileziya stadioni, Chorzov, Polsha 4  Ukraina 2—0 2—0 Doʻstona[12]
2 2021-yil 31-mart Uembli stadioni, London, Angliya 8  Angliya 1—1 1—2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi[13]

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2020/21 Premier Liga squads confirmed“. Premier Liga (20-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2020-yil. [sayt ishlamaydi]
  2. „Jakub Moder: Overview“. Premier Liga. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil. [sayt ishlamaydi]
  3. Interview bilan Jakub Moder laczynaspilka.pl
  4. „Moder wypożyczony do Odry Opole“ (pl). Lech Poznań (18-iyun 2018-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2018-yil.
  5. „Talent zostaje w Lechu. Moder przedłużył kontrakt“ (pl). Przegląd Sportowy (17-iyul 2019-yil). Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.
  6. Media. „PKO Ekstraklasa. Ależ to umieścił! Kapitalny gol Jakuba Modera w meczu Piast - Lech (wideo) - WP SportoweFakty“ (pl). sportowefakty.wp.pl (21-iyun 2020-yil). Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.
  7. Meczyki.pl. „Jakub Moder najlepszym młodzieżowcem miesiąca. Druga z rzędu nagroda dla Lecha Poznań“ (pl). Meczyki.pl. Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.
  8. „Lech Poznan - Valmiera FC, Aug 27, 2020 - Europa Liga Qualifying - Match sheet“ (en). Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil. [sayt ishlamaydi]
  9. „Brighton sign Polish duo Jakub Moder and Michal Karbownik“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.
  10. „Darwin e mais 10!“ (pt). www.slbenfica.pt. Qaraldi: 24-oktabr 2020-yil.
  11. „Moder recalled from Lech Poznan“. Brighton & Hove Albion F.C.. Qaraldi: 24-dekabr 2020-yil.
  12. 12,0 12,1 Jakub Moder scores first goal for Polsha in win, theargus.co.uk
  13. 13,0 13,1 „England 2-1 Polsha: Harry Maguire scores late winner for England“. BBC Sport. BBC Sport. Qaraldi: 31-mart 2021-yil.
  14. „Paulo Sousa ogłosił powołania na UEFA EURO 2020“ (pl). Polish Football Association (17-may 2021-yil). Qaraldi: 17-may 2021-yil.
  15. „Resolution of the Yevropaan football family on a coordinated response to the impact of the COVID-19 on competitions“. UEFA.com. Union of Yevropaan Football Associations (17-mart 2020-yil). Qaraldi: 17-mart 2020-yil.
  16. „Spain 1-1 Polsha: Robert Lewandowski scores as Spain draw again - BBC Sport“. BBC Sport (19-iyun 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
  17. „Sweden 3-2 Polsha: Emil Forsberg scores twice as Sweden knock Polsha out of Euro 2020 - BBC Sport“. BBC Sport (23-iyun 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
  18. „Sezon 2016/17“ (pl). 90minut. Qaraldi: 24-iyul 2019-yil.
  19. 19,0 19,1 „Sezon 2017/18“ (pl). 90minut. Qaraldi: 24-iyul 2019-yil.
  20. 20,0 20,1 „Sezon 2019/20“ (pl). 90minut. Qaraldi: 24-iyul 2019-yil.
  21. „Sezon 2020/21“ (pl). 90minut. Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  22. „Sezon 2018/19“ (pl). 90minut. Qaraldi: 24-iyul 2019-yil.