Jahonoro begim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahonoro begim (1614 - Dexdi — 1681) — boburiylardan boʻlgan malika, shoira. Shoh Jahonning katta qizi. Onasi — Mumtoz Mahalbegim. Onasi vafot etganda J. b. 17 yoshda boʻlib, onasining vasiyatiga koʻra shoh oilasini boshqarish uning zimmasiga’ tushgan. Husn-latofatda, aql-idrokda va ilmu odobda benazir boʻlgan. J. b. oilada akaukalar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar, hatto otasi bilan ukasi Avrangzeb oralarida kelib chiqadigan mojarolarni ustalik bilan bartaraf qilgan. J. b. saltanat ishlarini boshqarish, ichki va tashqi siyosat hamda diplomatiya masalalarida otasiga oʻzining oqilona maslahatlari bilan yordamlashgan. Meʼmorlik, obodonlashtirish ishlariga rahnamolik qilgan. Agrada qurilgan jome masjidining tarhini J. b. chizgan. Shuningdek, Dehli, Surat, Ambola, Behal va Panipat sh.larida karvonsaroylar qurdirgan. Loxurda katta bogʻ, Kashmirda "Pari Mahal" (Parilar saroyi) bunyod ettirgan. Shaxdxonobodda Alimardonxon arigʻini qazdirib, naqshinkor hovuz qurdirgan. J. b. gʻazallar, ilm-fan bobida esa "Risolayi Sohibiya" ("Doʻstlik haqida risola") nomli asar yozgan.

1658 y. Avrangzeb taxt uchun kurashda gʻolib chiqib, xasta otasini hibsga olgan. Aka-ukalarning , ota-bolaning va doʻstlarning orasiga tushgan nizo hamda ularning fojiali qismati J. b.ni qattiq iztirobga solgan. Dilxasta malika dunyo ishlaridan qoʻl yuvib, mahbuslikda kun kechirayotgan xasta otasiga xizmat qilish bilan oʻziga taskin bergan. Dexlidagi Zarzari Baxsh qabristoniga dafn etilgan.

Turgʻun Fayziyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil