Malika Jahon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malika Jahon
Jaisalmer malikasi
Turmush oʻrtogʻi Jahongir
Uy

Bhati (tugʻilganda)

Temuriy (nikoh orqali)

Malika Jahon (fors. ملکہ جھان; „dunyo malikasi“ degan maʼnoni anglatadi) Jaysalmer malikasi va Boburiy imperatori Jahongirning rafiqasi boʻlgan[1].

Oila[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malikaning rajputcha ismi nomaʼlum. Jaysalmer hukmdori Raval Bhim Singxning qizi[2][3]. Otasi martabali va nufuzli kishi edi[4]. Shuningdek Raval Harrajning nabirasi edi. Uning Kalyan Mal, Bhakar va Sulton ismli uchta amakisi bor edi. Uning xolasi 1570-yilda imperator Akbarga turmushga chiqqan va bu turmushidan Mahi Begum ismli qiz farzand dunyoga kelgan[5].

Nikoh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boburiy imperator Jahongir unga shahzoda payti uylangan va unga „Malika jahon“ unvonini berdi, buning lugʻaviy maʼnosi „dunyo malikasi“dir. Jahongir oʻz xotiralarida bu ittifoq malikaning oilasi hamisha Boburiylarga sodiq boʻlgani uchun tuzilganini qayd etadi[6].

Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malika Jahon – Firuz Madonning „Uchinchi shahzoda“ (2015) tarixiy romanida uning obrazi eslatib oʻtilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lal, Kishori Saran (1 January 1988). The Mughal Harem. Aditya Prakashan. p. 28. ISBN 978-8-185-17903-2.
  2. Shujauddin, Muhammad; Shujauddin, Razia (1967). The Life and Times of Noor Jahan. Caravan Book House. p. 96.
  3. The Moslem World – Volumes 1-2. Nile Mission Press. 1985. p. 72.
  4. Ruby Lal (2005). Domesticity and power in the early Mughal world. Cambridge University Press. p. 168. ISBN 978-0-521-85022-3.
  5. Jahangir, Emperor; Thackston, Wheeler McIntosh (1999). The Jahangirnama : memoirs of Jahangir, Emperor of India. Washington, D. C.: Freer Gallery of Art, Arthur M. Sackler Gallery, Smithsonian Institution; New York: Oxford University Press. pp. 376. ISBN 978-0-19-512718-8.
  6. Jahangir, Emperor; Thackston, Wheeler McIntosh (1999). The Jahangirnama : memoirs of Jahangir, Emperor of India. Washington, D. C.: Freer Gallery of Art, Arthur M. Sackler Gallery, Smithsonian Institution; New York: Oxford University Press. pp. 376. ISBN 978-0-19-512718-8.