Iznik qamali (1328-1331)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Bursa qamali
Usmonli-Vizantiya urushi.
Sanalar 1328-yildan 1331-yilgacha
Urush yeri Iznik
Natija Usmoniylarning g'alabasi
Raqiblar
Byzantine imperial flag, 14th century.svg Vizantiya imperiyasi. Fictitious Ottoman flag 1.svg Usmoniy beyligi
Qoʻmondonlar
Andronicus III Oʻrxon I.
Kuchlar
Nomaʼlum Nomaʼlum
Yoqotishlar
Nomaʼlum Nomaʼlum

Iznik qamali1328-yildan 1331-yilgacha Oʻrxon I kuchlari tomonidan Iznik shahrini qamal qilish, Usmonli turklari tomonidan Vizantiya Yunonistonning asosiy shaharlarini bosib olishiga olib keldi. Usmonli imperiyasining kengayishida muhim rol oʻynadi.

Urush kelib chiqishi[tahrir]

Lotinlardan Konstantinopolni qaytarib olingandan soʻng, Vizantiyaliklar oʻz kuchlarini Yunonistonni qayta tiklashga qaratdilar. Turklar tobora butun Onadoʻlini oʻz hokimiyatlari ostida birlashtirdilar va Vizantiyani butunlay Onadoʻlidan haydab chiqardilar. Endi sharqdagi qoʻshinlarni Pellapones yarim orolidagi hududlarni egallash uchun safarbar qilishdi.

Qamal[tahrir]

1326-yilga kelib Nikeya atrofidagi yerlar Usmon I qoʻliga oʻtdi. U, shuningdek, Vizantiya poytaxti Konstantinopolga xavfli boʻlgan poytaxtni barpo etib, Bursa shahrini qoʻlga kiritgan. 1328-yilda Usmonning oʻgʻli Oʻrxon I 1301-yildan beri uzluksiz blokadada boʻlgan Nika (Iznik) shahrini qamal qilishni boshladi. Koʻl boʻyida joylashgan shaharga kirish imkonini topa olmagan Usmoniy askarlari qamalni ancha yil davomida ushlab turishga majbur boʻlishdi.

1329-yilda imperator Andronikus III qamalni buzishga harakat qildi. U Usmonlilarni Nikomedia va Nikadan uzoqlashtirish uchun yordam kuchini olib keldi. Bir oz kichik muvaffaqiyatlardan soʻng, kuch Pelekanonda teskari boʻlib, orqaga chekindi. Usmoniylar qamali va hujumi natijasida shahar aholisi kuchsizlandi va usmoniylarni yenga olmasligini angladi. Shahar devorlari 1331-yilda qulab tushdi va Usmonli imperiyasiga taslim boʻldi[1].

Meros[tahrir]

Nika (Iznik) avvaldan turklarning qoʻlida edi. Vizantiyaliklar shaharni 1097-yilda salib yurishlari vaqtida qoʻlga kiritganlar. U 1204-yildan 1261-yilgacha Lotin imperiyasi davrida Yunon imperatorlarining poytaxti boʻlib kelgan. Bu shahar Usmoli imperiyasi qulagan vaqtda Osiyoning eng markaz shaharlaridan biri hisoblanilardi. Usmonli fathlari tez sur’atlar bilan davom etdi va 1337-yilda Nikomediya ham usmonlilarga boʻysundi. Shunday qilib, Yunon-Rum qoʻlida boʻlgan Nikaning uzoq vaqt davom etgan tarixi, Aleksandriya istilosidan keyin, shu qatorda xristian kengashlari qatori, muqarrar ravishda usmonlilar tomonidan tugatildi.

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. A History of the Byzantine State and Society, Treadgold, W., Stanford Press, 1997

Havolalar[tahrir]