Epilepsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tutqanoqdan yoʻnaltirildi)
Epilepsiya

Elektroensefalogrammada ko'plab epileptik to'lqinlar
Nevrologik kasallik
MedlinePlus 000694

Epilepsiya[1] — (yunon. epilepsio – ushlab olaman) turli xususiyatga ega bo'lgan takrorlanuvchi epileptik xurujlar bilan namoyon bo‘luvchi bosh miyaning surunkali kasalligi[2][3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Epilepsiya atamasi Gippokrat (mil.av. 460—377-yillar) tomonidan tavsiya etilgan[4]. Keyinchalik ushbu kasallikni Abu Ali ibn Sino (980—1037) ham o‘rgangan.

Epidemiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dunyo bo‘yicha epilepsiyaning tarqalish darajasi 1000 aholiga 5–10 kishini tashkil etadi[5]. Ammo bu ko‘rsatkich Osiyo va Afrika davlatlarida 3,6—4,2ga teng. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda epilepsiya bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 39 mlndan oshgan[6][7]. Kasallik ayollarga qaraganda erkaklarda ko‘p uchraydi. Epilepsiya yoshga bog‘liq kasallik bo‘lib, epileptik xurujlar bolalar va 60 yoshdan oshganlarda ko‘p kuzatiladi[8]. O‘rta yoshdagilarda bu kasallik kam uchraydi. Nevropatologlar fikricha, yer sharining 5% aholisi butun umri mobaynida epileptik xurujni kamida bir marotaba boshidan o'tkazadi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simptomlarni dorilar yordamida, vagus nerv stimulyatorlari, ketogen parhez yoki ba’zan jarrohlik amaliyoti bilan davolash mumkin. Sipmtomlariga qarab, epilepsiyani medikamentoz yo‘l bilan davolashda quyidagi preparatlardan foydalanish mumkin: karbamazepin, okskarbazepin, valproat, pregabalin, lamotridjin, gabapentin, tiagabin, topiramat, levetirasetam, fenitoin, klonazepam, klobazam, natriy valproat[9].

Ularning ko‘pini xurujlarsiz dori-darmon yordamida davolash mumkin. Biroq, bemorlarning beshdan bir qismida dorilar yordam bermaydi. Epilepsiyaga qarshi preparatlar ayrim mijozlarda charchash, xotira muammolari, jazavaga tushish yoki qo‘l tremori kabi holatlarni ham keltirib chiqaradi[10]. Ba’zan kannabinoidlar asosidagi tortishib qolishga qarshi preparatlarni tavsiya qilish mumkin, bu ayniqsa Lennoks-Gasto sindromi hamda Drave sindromi bo‘lgan bemorlar uchun o‘rinli[11], lekin bu kabi preparatlarning litsenziyasi bir nechta mamlakatlarning hududlari bilan qat’iy cheklangan.

Shuningdek, aniqlanishicha, epilepsiyaga qarshi dorilar yurak huruji hamda Alsgeymer kasalligi rivojlanishi yoxud boshqa turdagi demensiyalar xatarini oshirishi aniqlangan[12]. Epilepsiyaga qarshi preparatlardan uzoq vaqt davomida foydalanish shuningdek gormonal funksiya, biriktiruvchi to‘qimalar va suyaklar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek aniqlanishicha, levetirasetam, tiagabin, topiramat va vigabatrin kabi vositalar o‘zini-o‘zi o‘ldirish yoxud o‘z joniga qasd qilishni amalga oshirish fikrlari tug‘ilish holatlarini uch baravarga oshiradi[13]. 1920-yillardayoq ishlab chiqilgan ketogen yoxud past uglerodli parhez ko‘plab epilepsiya bilan kasallangan bemorlarga yordam bermoqda[14]. Ushbu parhezdan o‘tgan 10-15% bolalarda tortishib qolish holatlari birinchi yil davomida to‘liq yo‘qoladi, 90% bolalarda esa bunday holatlar 30%ga kamayadi. Ketogen parhez dori vositalari umuman yordam bermaydigan holatlarda ham naf berishi aniqlangan.

Etiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Epilepsiya – polietiologik kasallik. Uning rivojlanishida bir qator salbiy omillar: genetik, bosh miya jarohatlari, tug‘ma anomaliyalar, infeksiyalar, metabolik buzilishlar, intoksikatsiyalar, neyrodegeneratsiyalar va serebrovaskulyar kasalliklarning o‘rni katta[15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  2. https://www.who.int/ru/news-room/fact-sheets/detail/epilepsy
  3. https://dx.doi.org/10.1111%2Fj.1528-1157.1993.tb00433.x
  4. http://epileptologhelp.ru/for-doctors/epileptology-history/#:~:text=%D0%92%20%D0%B0%D0%BD%D1%82%D0%B8%D1%87%D0%BD%D0%BE%D0%B9%20%D0%93%D1%80%D0%B5%D1%86%D0%B8%D0%B8%20%D1%8D%D0%BF%D0%B8%D0%BB%D0%B5%D0%BF%D1%81%D0%B8%D1%8F%20%D0%B0%D1%81%D1%81%D0%BE%D1%86%D0%B8%D0%B8%D1%80%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D0%BB%D0%B0%D1%81%D1%8C,%D0%B2%20%D0%BD%D0%B0%D0%BA%D0%B0%D0%B7%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D0%B5%20%D0%B7%D0%B0%20%D0%BD%D0%B5%D0%BF%D1%80%D0%B0%D0%B2%D0%B5%D0%B4%D0%BD%D1%83%D1%8E%20%D0%B6%D0%B8%D0%B7%D0%BD%D1%8C
  5. https://www.epilepsia.su/jour/article/view/88
  6. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC5055577
  7. https://apps.who.int/gb/ebwha/pdf_files/EB146/B146_12-ru.pdf
  8. https://books.google.com/books?id=gLOv8XZ5u48C&pg=PA7
  9. „Summary of Antiepileptic Drugs“. epilepsy.com. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  10. „TOPIMAX kapseli“. pharmacafennica.fi. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  11. „Epilepsy: what helps fight the disease“. amsterdammarijuanaseeds.com. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  12. „Association of Dementia Risk With Focal Epilepsy and Modifiable Cardiovascular Risk Factors“. ncbi.nlm.nih.gov. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  13. „Use of antiepileptic drugs in epilepsy and the risk of self-harm or suicidal behavior“. researchgate.net. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  14. „History of the ketogenic diet“. pubmed.ncbi.nlm.nih.gov. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  15. https://igmapo.ru/component/phocadownload/category/5-monografii?download=237#:~:text=%D0%9A%20%D0%BD%D0%B0%D0%B8%D0%B1%D0%BE%D0%BB%D0%B5%D0%B5%20%D0%B7%D0%BD%D0%B0%D1%87%D0%B8%D0%BC%D1%8B%D0%BC%20%D1%8D%D1%82%D0%B8%D0%BE%D0%BB%D0%BE%D0%B3%D0%B8%D1%87%D0%B5%D1%81%D0%BA%D0%B8%D0%BC%20%D1%84%D0%B0%D0%BA%D1%82%D0%BE%D1%80%D0%B0%D0%BC,%D0%91.%2C%202004).