Kontent qismiga oʻtish

Isirgʻa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Isirgʻa, zirak — xotin-qizlar (baʼzi xalqlarda erkaklar ham) quloqqa taqadigan bezak buyumIsirg'a Isirg'a ikki — bogʻ vatana qismdan iboratboʻlib, bogʻ qismi ilgak, halqa va tana qismi panjara, shokila (oyoq), koʻz va b.dan tuzilgan. Isirg'aning eng sodda turi — halqa (gardish Isirg'a), boldoq keng tarqalgan boʻlib, bu isirg'a Oʻzbekiston hududi (jumladan, Fargʻona)da qadimdan (mil. av. 1ming yillik oʻrtalaridan) maʼlum boʻlgan. Bogʻi ilgakli boʻlgan isirg'a zirak deb ataladi, lekin atamalar orasida bunday qatʼiy chegaraga har doim ham amal qilinmagan. Zargar ustalar Isirg'ani oltin, kumush, mis kabi metallardan qolipga quyib (qolipaki) va qoʻlda yasab tayyorlaydilar. Ishlanish usuliga koʻra, panjarali (shabaka), sovotkori va b.; xom ashyosiga koʻra, sadafli, marjonli, durli, koʻzli va b.; ishlanish joyiga qarab, Toshkent, Buxoro, Samarqand va b. Isirg'alari; shokila (oyoq)lari soniga qarab, uch oyoqli, besh oyoqli va b. turlari farqlanadIsirg'a [1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil