Isirgʻa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Isirg`adan yoʻnaltirildi)

Isirgʻa, zirak — xotin-qizlar (baʼzi xalqlarda erkaklar ham) quloqqa taqadigan bezak buyumi. I. ikki — bogʻ vatana qismdan iboratboʻlib, bogʻ qismi ilgak, halqa va tana qismi panjara, shokila (oyoq), koʻz va b.dan tuzilgan. I.ning eng sodda turi — halqa (gardish I.), boldoq keng tarqalgan boʻlib, bu I. Oʻzbekiston hududi (jumladan, Fargʻona)da qadimdan (mil. av. 1ming yillik oʻrtalaridan) maʼlum boʻlgan. Bogʻi ilgakli boʻlgan I. zirak deb ataladi, lekin atamalar orasida bunday qatʼiy chegaraga har doim ham amal qilinmagan. Zargar ustalar I.ni oltin, kumush, mis kabi metallardan qolipga quyib (qolipaki) va qoʻlda yasab tayyorlaydilar. Ishlanish usuliga koʻra, panjarali (shabaka), sovotkori va b.; xom ashyosiga koʻra, sadafli, marjonli, durli, koʻzli va b.; ishlanish joyiga qarab, Toshkent, Buxoro, Samarqand va b. I.lari; shokila (oyoq)lari soniga qarab, uch oyoqli, besh oyoqli va b. turlari farqlanadi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil