Ishkashim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ishkashim, Shikasim, Saka-sem (mahalliy aholi talaffuzida Shikoshum) — Togʻli Badaxshondagi tarixiy tuman va shahar. Panj daryosining yuqori oqimida joilashgan. "Saka" va "sama" soʻzlari hind-oriy tillarida "Saklar mamlakati" maʼno-sini bildiradi. 10-asrda I. Vohon hokimligining markaziy shahri boʻlgan. 14-asrda Marko Polo Skasem, yaʼni I. deb ataluvchi katta viloyat haqida soʻzlab, uning aholisining tili boshqalardan farq qilishini qayd etgan. Darhaqiqat I. va Vohon tili qoʻshni viloyatlar tillaridan hozirgacha ajralib turadi. Qadimda I. Vohon zardushtiylarining diniy markazi rolini oʻtagan. I. atrofidan mil. av. 86-asrlarga oid mozorqoʻrgʻon topilgan. Undagi dafn udumi zardushtiylikning mahalliy koʻrinishi talablariga koʻra, amalga oshirilgan, uning tarkibiga qad. pomirliklarning togʻ echkisiga sigʻinishi amallari ham kirgan. Ilk oʻrta as-rlarda vohonliklar Olov va Quyoshga sigʻinganlar. I.da "Ramuzd" soʻzi Quyoshni anglatib, u zardushtiylar xudosi Ahuramazda nomini oʻzgartirilgan shakli boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX—nachala XIII vv. T., 1996.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil