Hind tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hind tillari, hind-oriy tillari — hind-yevropi tillari oilasiga mansub, qal. hins gilidan kelib chiqqan genetik qaripdosh tillar guruhi; darl tillari va eronii tillar b-i birgalikda mazkur oila tarkibidagi hind-eroniy tillar tarmogʻipi tashkil egʻadi. Hozirgi davrda Hind tillari Hindistonnish shimoliy va markaziy huludlarida (hindiy, urlu, bengal. panjobi, marathiy, gujarot, oriya. assom, sindhi va boshqa tillar), Pokistonda (urdu, panjobi, sindhi va boshqalar), Bangladeshda (bengal).

Shri Lanka (singal) va Maldiv Respublikasida (maldiv) tarqalgan. Ushbu mintaqadan tashqarida tarqalgan loʻli tshi ham Hind tillari guruhiga mansubdir. Umuman, 90 dan ortiq jonli til va lahjalarda 800 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi (oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalari).

Hind tillari tarixi asosan 3 davrga boʻlinadi: eng qad. (taxminan miloddan avvalgi 12-asrdan boshlanadi), oʻrta (miloddan avvalgi 1-ming yillikning oʻrtalaridan) va yangi davr (milodiy 10-asrdan keyin boshlangan). Ushbu davrlar Hind tillariningdastlabki sintetikflek-tiv holatidan asta-sekin fonetik-morfologik oʻzgarishlar natijasida analitik vositalarning, agglyutina-tiv tizimning paydo boʻlishi bilan farklanib turadi.

Zamonaviy Hind tillari 20 dan ortiq yirik tillarni va baʼzan bir-biridan jid-diy farq qiluvchi koʻplab lahjalarni qamrab oladi. Bu tillarning dastlabki tasnifini 19-asrning 80-yillarida nemis olimi A.F.R.Xyornle taklif etgan va 20-asrning 20-yillarida ingliz-irland olimi J.A.Grirson lisoniy nuqtai nazardan ishlab chiqqan. Unga koʻra, Hind tillari "tashqi", "ichki" va oraliqtillarga farqlanadi. Hind til-shunoslari koʻpincha hind olimi S.K.Chatterjiy tasnifiga rioya qila-dilar. Ushbu gasnifda Hind tillari, J. A.Grirson tasnifidan mohiyagan farq qilmagan holda, shim., garbiy, markaziy, sharqiy, janubiy guruhchalarga boʻlinadi. Hindistondan tashqarida boʻlgan loʻli, pariya (Tojikisgonlagi lahja), singal, maldiv va boshqa tillarga mahalliy tillarning birmuncha taʼsiri seziladi.

Hind tillari leksikasida 3 qatlam: sanskritcha soʻzlar; sanskritcha boʻlmagan, mahalliy soʻzlar va arab, fors, ingliz va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar qatlami farqlanadi.

Hind tillari tarixan brahmi asosida shakllangan koʻplab alifbolardan (mas, devanagari, gurmukhi va boshqalar) foylalanadi (qarang Hind yochuvi). Hindistonning shimoliy va shim.-gʻarbidagi ayrim tillar (urdu, siidhi) ularga moslashti-rilgan arab-fors grafikasidan foydalanadi. Hindiy, urdu, bengal, marathiy, panjobi, singal kabi Hind tillarida boy adabiyot yaratilgap. Hind tillarini oʻrganishda koʻplab rus va yevropa olimlari qatori O.N. Shomatov, T.X.Xolmir-zayev, A.Ibrohimov va boshqa oʻzbsk olimlari ham samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar. Toshkspt davlat sharqshunoslik instituti mazkur tillarni oʻrganuvchi asosiy markazlardan biriga anlangai.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zograf G.A., Yaziki Indii. pakistana, Seylona i Nepala, M.. 1960; Chatterdji S.K., Vvedenis vipdoarinskoye yazikoznaniye, per. s angl., M., 1977; Zograf G.A., Yazmki Yujnoy Azii, M., 1990; shomatov O.N., Janubiy Osiyo tillariga kirish, 1—3-qismlar, T., 2002—04.

Ozod Shomatov.