Kontent qismiga oʻtish

Iqbol Mirzo

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Iqboljon va familiyasi Mirzaaliyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Iqbol Mirzo
Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
 
Mansab davri
2020-yildan  hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi
 
Mansab davri
2010-yildan  2020-yildan
Prezident Islom Karimov,Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev,Abdulla Aripov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich

1967-yil 1-may (1967-05-01) (59 yosh)
Bagʻdod tumani
Fargʻona viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Nargiza Mirzaaliyeva
Bolalari Anvarjon Mirzaaliyev
Ulugʻbek Mirzaaliyev
Kumushoy Mirzaaliyeva
Boburmirzo Mirzaaliyev
Onasi Mirzaaliyeva Moʻtabarxon Malikovna
Otasi Mirzaaliyev Mirzakarim Mirzaaliyevich
Istiqomat joy(lar)i Toshkent
Oʻzbekiston
Taʼlim Farg'ona davlat universiteti
Kasbi Shoir, yozuvchi, siyosatchi
Dini islom
Ilmiy unvoni Fan nomzodi
Maʼlumoti oliy
Mukofotlari
Unvoni O'zbekiston xalq shoiri

Iqbol Mirzo (Iqbal Mirzo) 1967-yil 1-mayda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumaniga qarashli Qoʻshtegirmon qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan.

Oʻzbekiston xalq shoiri[1] (2005), Filologiya fanlari boʻyicha Falsafa doktori (PhD, 2020), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari[2] (2006-2018), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi[3] (2009-2019); Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati[4] (2020)

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqbol MIRZO – asl ismi Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich. 1967-yil 1-mayda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumaniga qarashli Qoʻshtegirmon qishlogʻida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Otasi Mirzaaliyev Mirzakarim Mirzaaliyevich, onasi Mirzaaliyeva Moʻtabarxon Malikovna oʻqituvchi boʻlgan. Oilada 6 nafar farzand boʻlib, sheʼriyatga togʻasi shoir Gʻulom Abdulla taʼsirida kirib kelgan[5]. Iqbol Mirzo Fargʻona pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgach, 1992-yilda Toshkentga keladi.

1974-1984-yillarda Bagʻdod tumanidagi 19-oʻrta maktabda taʼlim olgan. 1991-yilda Fargʻona pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-1987-yillarda Tomskda harbiy xizmatni oʻtagan[5].
1992-yilda „Oʻzbekiston tabiati“ gazetasida jurnalist sifatida ish boshlaydi[5], keyinchalik „Vatan“ gazetasida boʻlim boshligʻi, masʼul kotib vazifalarida faoliyat koʻrsatdi. 1996-yildan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida katta muharrir, direktor oʻrinbosari va studiya bosh muharriri vazifalarida ishlagan.

2006-2018-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari[5].

2009-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi[3].

2020-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati[4] vazifasida ishlab kelmoqda.

Ijodiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijod namunalari 1980-yildan matbuotda chiqa boshlagan. Dastlabki sheʼriy toʻplami – „Yurakning shakli“ 1993-yilda eʼlon qilingan. Keyinchalik „Koʻngil“ (1994), „Seni sogʻinaman“ (1994), „Meni eslaysanmi?“ (2000), „Tanlangan sheʼrlar“ (2002), „Qoʻshiqlarim“ (2004), „Sizni kuylayman“ (2006), „Agar jannat koʻkda boʻlsa…“ (2008),

„Aytgil, doʻstim…“ (2010), „Koʻrmasam boʻlmas“ (2012), „Vatan haqida qoʻshiq“ (2013) sheʼriy toʻplamlari, „Zarb“ qissasi (2015), „Bonu“ romani (2016) va uch tomlik asarlar saylanmasi 2018-yili chop etilgan. Shuningdek, rus, tojik, turkman tillarida ham kitoblari nashrdan chiqqan.

Fransuz dramaturgi Edmon Rostan qalamiga mansub „Sirano de Berjerak“ trago-komediyasini, Grigoriy Gorinning „Til haqida afsona“ pyesasini tarjima qilgan.

„Samarqand sayqali“ (2016), „Alisherbek va Husayn“ (2021), „Usmon Nosir“ (2022) pyesalari sahnalashtirilgan.

Internetdagi mashhurlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqbol Mirzo 2018-yilda Xalq soʻzi gazetasiga bergan intervyusida avvalgi davrlardagi hayotini „qora tush koʻrayotgandek edik“ jumlalari internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalar keltirib chiqargan edi[6] .

Ko‘p yillar davomida o‘zimizni aldab, o‘zimizga mahliyo bo‘lib, bino qo‘yib yashadik. Yon qo‘shnilarimizni bezdirib, do‘stdan dushman yasadik, ta’limni isloh etamiz deb, bolalarimizni ko‘rsavod qildik, tibbiyot g‘orat bo‘ldi, erkin so‘zning tomog‘idan xippa oldik. Natijada kun ko‘rish uchungina yashaydigan, yuragiga qo‘rquv uya qurgan, qorindan boshqa narsani o‘ylamaydigan, qo‘shnisiga qayishmaydigan, loqayd va karaxt muhit paydo bo‘ldi. Shu asnoda iste’dodlar chetga surilib, ustoz adiblar e’tiborsiz qoldirildi. Dardi ichiga tushgan millatsevar ziyolilar uzlatga chekindi. Ko‘pchilikning ko‘ngli tubidagi kelajakka umid shamlari bir-ketin o‘cha boshladi. Biz umumiy qora tush ko‘rayotgandek edik. Ha, ulug‘ adibimiz aytganidek, qancha-qancha umrlar tushda kechdi, uyquda zoye bo‘ldi[7].
— Iqbol Mirzo

Iqbol Mirzo 1999-yilda „Shuhrat“ medali bilan, 2005-yilda Oʻzbekiston xalq shoiri bilan, 2014-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan[8].

Turmush oʻrtogʻi va farzandlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turmush oʻrtogʻi – Nargiza Mirzaaliyeva.

Farzandlari: Anvarjon Mirzaaliyev, Ulugʻbek Mirzaaliyev, Kumushoy Mirzaaliyeva va Boburmirzo Mirzaaliyev.