Ilonbosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilonbosh (Channidae yoki Ophiocephalidae) — olabugʻasimonlar turkumiga mansub baliq. Tanasining uz. 15—120 sm, vazni 7 kg gacha. Asl vatani tropik Afrika, gʻarbiy va jan.sharqiy Osiyo, Amur daryosi havzasi. Yassilashgan boshi tangachalar bilan krplangan bulib, ilon boshiga uxshaydi. Orqa va anal suzgichlari uzun. I.ning atmosfera havosidan nafas olishga imkon beradigan jabra usti organi bor.

I. Channa argus Amur daryosi havzasida tarqalgan. Tanasining uz. 85 sm gacha, vazni 7 kg gacha. Botqoqlashgan va hatto ifloslangan kulmak suv havzalarida yashay oladi, suvsizlikka bir necha kun chidaydi. 3 yoshida voyaga yetadi, iyun — iyul oylarida urchiydi. Urgochilari suv yuzasida poya va barglardan yasalgan uyaga oʻrtacha 7300 uvildiriq tashlaydi, erkagi bu tuxumlarni qoʻriklaydi. Yirtqich, 20-asrning 60-yillarida Oʻzbekiston suv havzalariga tasodifan kelib krlgan. Ovlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil