Ikram Adirbekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ikram Adirbekovich Adirbekov
qozoqcha: Икрам Адырбекұлы Адырбеков
 Qiziloʻrda viloyati hokimi
Mansab davri
2004-yil aprel – 2007-yil fevral
Prezident Nursulton Nazarboyev
Bosh vazir Daniyal Axmetov
Oʻtmishdoshi Muxtor Qulmuhammad
Vorisi Serikbay Nurgisayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1950-yil 8-iyul
Chinoz, Toshkent viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Bolalari 3 nafar qiz
Alma mater Olmaota zooveterinariya instituti
Kasbi zootexnik
Mashhur ishlari Qozogʻistonning favqulodda va muxtor elchisi:
Litva bayrogʻi Litva 1997—2002-yillar
Latviya bayrogʻi Latviya 1997—2002-yillar
Estoniya bayrogʻi Estoniya 1997—2002-yillar
Malayziya bayrogʻi Malayziya 2002—2004-yillar
Filippin bayrogʻi Filippin 2003—2004-yillar
Xitoy bayrogʻi Xitoy 2007—2011-yillar
Vyetnam bayrogʻi Vyetnam 2007—2011-yillar
Shimoliy Koreya bayrogʻi KXDR 2007—2011-yillar
Ilmiy unvoni iqtisod fanlari doktori
Mukofotlari

3-darajali „Bars“ ordeni (2016), „Qurmet“ ordeni (2006),
„Eren enbegi ushun“ medali (2001),
Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni sohibi (Litva, 2002);

Ikram Adirbekovich Adirbekov (qozoqcha: Икрам Адырбекұлы Адырбеков, 1950-yil 8-iyul, Chinoz, Toshkent viloyati, OʻzSSR) – qozoq davlat arbobi, diplomat, bir nechta mamlakatlarda Qozogʻiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi, Qiziloʻrda viloyati hokimi (2004—2007), iqtisod fanlari doktori.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yil 8-iyulda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Chinoz qishlogʻida tugʻilgan. Qoʻngʻirot urugʻidan[1].

1972-yilda Olmaota zooveterinariya institutini (hozirgi Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti) zootexnik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Institutni tugatgach, Qozogʻiston fanlar akademiyasi Eksperimental biologiya institutida ilmiy stajyor, aspirant, kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan.

1979-yildan – Qozogʻiston qorakoʻlchilik ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri.

1983-yildan – Boʻrijar sovxozi partiya qoʻmitasi kotibi (1983-85).

1985-yildan – „Qorakoʻl“ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi boʻlim boshligʻi, „Qozqorakoʻl“, „Qozoqqoʻychilik“ uyushmasi raisining oʻrinbosari, „Qozoq qorakoʻl teri“ konserni vitse-prezidenti.

1992-yil mart oyidan – „Qozagrotashqisavdo“ tashqi savdo AJ prezidenti, 1993-yil noyabrdan – „Agrosavdo“ tashqi savdo davlat aksiyadorlik jamiyati prezidenti.

1994-yilda Menejment va marketing institutini tamomlagan.

1996-yil martdan 1997-yilgacha – Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari – moliya-maʼmuriy bosh boshqarmasi boshligʻi.

1997-yil dekabrdan 2002-yil iyungacha – Qozogʻistonning Litvadagi, bir vaqtning oʻzida, Estoniya va Latviyadagi elchisi.

1999-yilda Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

2002-yil 1-iyuldan – Qozogʻistonning Malayziyadagi elchisi va 2004-yil 25-martdan – bir vaqtning oʻzida Filippindagi elchisi.

Davlat rahbari 2004-yil 5-aprelda Qiziloʻrdaga tashrifi chogʻida shahar va viloyat faollariga yangi hokim Ikram Adirbekovni tanishtirdi[2]yu

2007-yil fevralidan 2011-yil noyabrigacha – Qozogʻiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2011-yildan 2017-yil 13-iyulgacha[3] – Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senati deputati.

Boshqa lavozimlari:

2019-yil sentyabrdan – Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senati huzuridagi Senatorlar kengashi aʼzosi;

Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyati boʻyicha Jamoatchilik kengashi aʼzosi;

Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi aʼzosi.

Olgan mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Возглавить Кызылординскую область проще уроженцу Китая, чем местному алшыну“ (ru-RU). zonakz.net. 2021-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  2. „Назначен новый аким Кызылординской области“ (deadlink). 2009-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
  3. „Кадровые перестановки“ (deadlink). 2017-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
  4. „Нурсултан Назарбаев вручил казахстанцам государственные награды (Обновлено)“. Nomad.su (2016-yil 14-dekabr). Qaraldi: 8-noyabr 2023-yil.
  5. „Награды парламентариям“ (deadlink). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-dekabr.
  6. „Указ Президента РК от 10.12.2001 № 737“ (deadlink). 2016-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-noyabr.