Qozogʻiston respublikasi milliy fanlar akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qozogʻiston respublikasi milliy fanlar akademiyasi — Qozogʻistonning oliy ilmiy muassasasi. 1946 yil 31 mayda SSSR FAning Qozogʻiston filiali negizida tashkil etilgan. Olmaota shahrida joylashgan. Faoliyatining asosiy yoʻnalishlari i.t,larni amalga oshirish va muvofiqlashtirish, fanning muhim tarmoqlarini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va fan tarmoqlari taraqqiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va boshqalardan iborat. 56 akad., 143 muxbir aʼzosi bor (2003). Fan tarmoqlari boʻyicha 6 boʻlim (jum-ladan, 1 mintaqaviy) va 300 dan ortiq i.t. institut va muassasasi, botanika bogʻi, kutubxonasi (4 mln.dan ortiq asar) bor. Akademiya "Xabarlar" (1944 yildan) va boshqa ilmiy jur. hamda asarlar nashr etadi. Prezidenti — Murat Jurinov (2003 yildan).