Hindiston konstitutsiyaning xususiyatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hozirgi paytda yuzdan ziyod amalda bo‘lgan konstitutsiyalar mavjud, ulardan ba’zilari yuz yil avval qabul qilingan, biroq konstitutsiyalarning aksariyati ikkinchi jahon urushidan so‘ng paydo bo‘lgan. Hozirda amalda bo‘lgan konstitutsiyalarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda muvofiq mamlakatlarning ijtimoiy, milliy, siyosiy, tarixiy, diniy va o‘zga xususiyatlari o‘z aksini topdi. Shu bilan birga konstitutsiyalarning barchasida ma’lum darajadagi umumiy, mos keluvchi taraflar mavjud.

Barcha konstitutsiyalar u yoki bu shaklda xalq suveriniteti shiorini e’lon qiladi. Bu borada ham eski va yangi konstitutsiyalar bir xildir. Odatda konstitutsiyalarda hokimiyat taqsimlanish nazariya sining asosiy tamoyillari keltirib, mustahkamlanadi. Ba’zi bir konstitutsiyalarda hokimiyat taqsimlanish konsepsiyasi ma’no jihatidan aniq ifodalanmagan, u go‘yoki nazarda tutiladi, unga tayanib uni asos sifatida qabul qilishadi. Boshqa konstitutsiyalarda hokimiyatning taqsimlanish tamoyillari muvofiq qonunlarda aniq ifodalangan.

Barcha konstitutsiyalar muvofiq davlatning hokimiyat shakli, ya’ni respublika yoki monarxiyani o‘rnatadi va mustahkamlaydi. Bu masala bo‘yicha konstitusion qoidalar turli bo‘lishi mumkin, ammo ular albatta asosiy qonunning matnida doimo mavjud.

Hindiston konstitutsiyasining preambulasida shunday deyilgan: «Biz Hindiston xalqi Hindistonni suveren demokratik respublika sifatida ta’sis etishga tantanali qaror qildik».

Hokimiyatning monarxik shakli aksariyat holda bilvosita belgilanadi, yoxud konstitutsiya matnidan mantiqan chiqariladi, biroq bu borada to‘g'ridan-to‘g'ri holatlar bo‘lmasligi ham mumkin.

Konstitutsiyalar davlat tuzilmasining shakli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstitutsiyalar davlat tuzilmasining shakli unitarizm yoki federatsiyani belgilab berib mustahkamlaydi, biroq asosiy qonunning matnida bu haqda bevosita ko‘rsatmalar bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday holatda davlat tuzilmasining shakli haqida so‘z yuriitmaslik, mamlakat hududining milliy siyosiy tashkilotining eng keng tarqalgan uslubi sifatida unitarizmni tan olinishi nazarda tutiladi. Biroq federativ davlatlarning o‘zida ham «federatsiya» atamasi yoki undan yasalgan so‘zlar ham uchramasligi mumkin. Bir qator holatlarda konstitutsiya sinonimlardan foydalanadi, masalan, Hindiston konstitutsiyasida Ittifoq haqida so‘z yuritiladi. Barcha konstitutsiyalar u yoki bu shaklda fuqarolarning demokratik erkinliklarini e’lon qiladilar va belgilab beradilar. Odatda, asosiy qonunning matnida muvofiq bob yoki bo‘lim mavjud bo‘ladi.

Barcha konstitutsiyalar davlat hokimiyatining oliy organlari tizi mini tashkillashtirish tamoyillari va uning tarkibiga kirgan tizimlar faoliyatining tartibini belgilab beradi. Ularning qatoriga davlat rahbari, hukumat, parlament va ba’zi bir mamlakatlarda konstitusion nazoratning oliy organi kiradi. Bundan tashqari konstitutsiyalarda saylov, referendum va qonun chiqarish kabi muhim siyosiy jarayon larni tartibga solish asoslari ham belgilanadi. Konstitutsiyalar to monidan tartibga solinadigan masalalar doirasi farqlidir, ammo eski konstitutsiyalar umumiyroq degan xulosaga kelish mumkin.

Erkin raqobat davridagi konstitutsiyalar «qisqa va noaniqroq» bo‘lgan. Asosiy qonunning bunday noaniqligi «erkinroq» boshqarish imkoniyatini berar edi, bunda konstitusion qonunlarni oddiy qonun, ijro hokimiyatining me’yoriy aktlari talqinlar yordamida to‘ldirish. O‘zgartirish imkoniyatini bergan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng qabul qilingan konstitutsiyalar odatda batafsilroqdir.

Hozirgi paytda jahonda 200 dan ziyod davlatlar mavjud va har bir davlat mazkur davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy xususiyatlarini aks etuvchi o‘z huquqiy tizimiga ega. Bu borada quyidagilarni ajratadilar: - ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha: G‘arbning yuqori rivojlangan mamlakatlari, jumladan, Yaponiya; o‘rta rivojlangan kapitalizm davlatlari (Izroil, Turkiya, Malta va x.k.); Yevropaning sobiq sotsialistik mamlakatlari (Albaniya, Polsha, ruminiya va x.k.); Yevropa mustamlaka davlatlarining mustamlaka yoki tobe hududi bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar (Pokiston, Hindiston, Misr va x.k.); sotsialistik hisoblanuvchi davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Kuba, Vetnam);

- Hokimiyat shakli bo‘yicha: Respublika va monarxiya;

- davlat tuzilmasi shakllari bo‘yicha: unitar va federativ;

- partiyaviy tizim bo‘yicha: ko‘p partiyali tizim; ikki partiyali tizim; bir partiyali tizim;

- va boshqa tasniflar;

Hindistonningning konstitusion huquqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorijiy mamlakatlarning konstitusion huquqi ijtimoiy hayotning 4 ta bosh sohasini tartibga soladi: ya’ni iqtisod (mulk munosabatlari asoslari), ijtimoiy munosabatlar (davlatning ijtimoiy roli), siyosat (siyosiy partiyalar roli va tashkil topish tartibi, saylovlar tartibi, davlat tashkiloti), mafkura (mafkuraviy ko‘p fikrlilik). Ular xorijiy mam lakatlar konstitusion huquqining predmetini tashkil qiladi, shunday qilib u yoki mamlakatning huquq tarmo-i sifatidagi konstitusion huquq bu shaxslar, jamoa, davlat va jamiyatning huquqiy o‘zaro aloqalarining asoslarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi, davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun qonuniy shart-sharoitlarni bel gilab beruvchi, unda ishtirok etish, unga bosim o‘tkazish, u uchun tinchlik yo‘llari, konstitusion vositalar bilan kurash olib borishni belgilab beruvchi ichki muvofiqlashtirilgan me’yorlar tizimidir.

Hindiston konstitutsiyasi Hindistonning oliy qonuni, konstitutsiya bu fundamental siyosiy tamoyillar barpo etilgan, hukumatning tuzilmasi, jarayonlari vakolat va majburiyatlari belgilangan hamda fuqarolarning asosiy huquq va majburiyatlari aks etilgan asosdir.

Hindiston konstitutsiyasi ta’sis kengashi tomonidan 1949 yilning 26 noyabrida qabul qilingan, ya’ni Hindiston mustaqillikka erishgandan 2 yil o‘tgandan so‘ng va 1950 yil 26 yanvarda kuchga kirgan bo‘lib, hozirda ham amalda. Ushbu konstitutsiyada Hindiston suveren, demokratik respublika deb e’lon qilinadi, bu respublika o‘z fuqarolariga adolat va odil sudlov, tenglik va erkinlikni kafolatlaydi. 1976 yilda konstitusion o‘zgartirish natijasida Hindiston tavsifiga «sotsialistik» va «dunyoviy» so‘zlari qo‘shildi. Konstitutsiyani qabul qilish kuni Hindistonda rasmiy bayram hisoblanadi va har yili 26 yanvarda Respublika kuni sifatida nishonlanadi. Konstitutsiyaga ekspluatatorlarga qarshi holatlar, hind sotsializmi, demokratik sotsializm g'oyalari ham kiritilgan.

Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston konstitutsiyasi o‘z hajmi bo‘yicha dunyodagi eng katta konstitutsiyadir, u o‘z ichiga 465 ta modda, 12 ta yirik ilova va 83 ta qo‘shimcha va to‘-irlashlardan iborat, ingliz tilidagi variantida Hindiston konstitutsiyasi 117369 ta so‘zdan iborat, bundan tashqari hind tiliga rasmiy tarjimasi ham mavjud. Hukumat qabul qilgan har bir qonun konstitutsiyaga muvofiq bo‘lishi lozim, chunki Konstitutsiya davlatning oliy va assoiy qonunidir. Konstitutsiya matniga ba’zi bir qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilib, matnni o‘zgartiradi, boshqalari esa ilova sifatida taqdim etiladi.

Hindiston konstitutsiyasining asosiy mazmuni ijtimoiy va davlat tuzilmasining muhim tomonlariga mansubdir, bundan tashqari bu yerda shaxsning huquqviy maqomi ham o‘z aksini topgan. Hindiston konstitutsiyasining mualliflari unda boshqa davlatlarning eng yaxshi konstitusion yutuqlarini birlashtirishga intilganlar, xususan, hind konstitutsiyasi Buyuk Britaniya, Sobiq Ittifoq, AQSH, Kanada, Yaponiya va Avstraliya kabi davlatlarning konstitutsiyalaridagi konstitusion aktlarning bir qator holatlarini o‘zlashtirgan.

Hindiston konstitutsiyasi o‘zgartirishlarni kiritishning juda ham sodda tartibini nazarda tutadi, buning natijasida konstitutsiyaning yuzlab turli holatlari o‘zgartirildi, bu mavjud bo‘lgan vaziyatga konstitutsiyani yanada moslashtirdi. Konstitutsiyaga 80 ga yaqin yangi moddalar qo‘shilgan va 20 tasi istisno qilingan, hammasi bo‘lib 500 dan ziyod marotaba matn o‘zgartirilgan.

O‘zgartirishlar bevosita konstitutsiya matniga kiritilib, uni o‘zgartiradi yoki unga ilova qilinadi. Hindiston konstitutsiyasining o‘zgartirishlarining ba’zilari o‘z hajmi bo‘yicha AQSH konstitutsiyasi bilan teng.

Hindiston konstitutsiyasining o‘ziga xos tomonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston konstitutsiyasining quyidagi eng muhim o‘ziga xos tomonlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: Hindiston suverenitetini yuridik jihatdan mustahkamlash, ijtimoiy tengsizlikka salbiy munosabat, hind jamiyatining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olib, fuqarolarning erkinlik va majburiyatlarini keng doirasini e’lon qilish, davlat sektori ustuvor roliga ega bo‘lgan aralash iqtisod tamoyilini mustahkamlash, an’anaviy hind institutlarini konstitusion huquqning global rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan institutlar bilan uyg'unlashtirish, hind manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda umumiy tinchlik va xalqaro xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati.

Hindiston konstitutsiyasi ahamiyati va kafolatlanish darajasi bo‘yicha turli me’yorlarga ega, ular nafaqat konstitusion, balki huquqning ba’zi bir boshqa tarmoqlariga ham mansub. Kon stitutsiyada birinchi qarashda ahamiyatsiz bo‘lgan holatlar mavjud, masalan, davlat siyosatining rahbarlantiruvchi tamoyillaridan biri bu sigirlarni o‘ldirishni oldini olish, biroq Hindistonning o‘ziga xos sharoitlarida aholining e’tiqodini hisobga olgan holda bular ham muhim ahamiyatga ega. Konstitutsiya haddan ziyod batafsildir, ammo uning asosiy mazmuni ijtimoiy va davlat tuzumining, shaxs huquqiy maqomining eng muhim tomonlariga mansubdir.

Konstitutsiya o‘z ahamiyati bo‘yicha turli bo‘lgan ikki qismdan iborat: bir qismida konstitutsiyaning asosiy xususiyatlari bo‘lib, ularni o‘zgartirish mumkin emas, boshqa qismida esa o‘rnatilgan tartibda o‘zgartiriladigan holatlar mavjud.

1957 yildagi Hindiston konstitutsiyasi jahon amaliyotidagi o‘ziga xos yagona konstitusion hujjat, chunki u:

- jahondagi hajmi bo‘yicha eng katta konstitutsiyadir – 491 moddadan iborat;

- juda ham batafsil va mayda;

- eklektikdir: konstitutsiya mualliflari o‘zlarining asosiy qonunlaprida boshqa davlatlarning eng yaxshi konstitusion yutuqlarini mujassam etishga harakat qilganlar, bu sabab Hindiston konstitutsiyasi sobiq metropoliyasi Buyuk Britaniya hamda SSSR, AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va boshqa bir qator mamlakatlarning konstitutsiyalarining holatlarini bir qatorini o‘zlashtirgan;

- juda ham moslashuvchan, o‘zgartirishlarni kiritishning sodda tartibini nazarda tutadi, buning natijasida 50 yil ichida uning yuzlab turli holatlari o‘zgartirilgan, ya’ni Hindiston konstitutsiyasi doimiy tarzda mavjud vaziyatga «moslashadi».

Hindiston konstitutsiyasining hajmi kattaligi va tuzilmaviy murakkabligiga qaramasdan, uning eng muhim o‘ziga xos tomonlarini ajratish mumkin:

- Hindiston respublikasi suverenitetini yuridik, huquqiy jihatdan mustahkamlanishi (preambula);

- mamlakatdagi liberal siyosiy tuzumning asosiy sifatida xizmat qiluvchi Hindiston davlatining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda fuqarolarning huquq, erkinlik va majburiyatlarining keng doirasini e’lon qilish;

- parlamentar respublikani o‘rnatish;

- davlat tuzilmasining federativ shaklini mustahkamlash;

- federatsiyani tuzish tamoyillaridan asosiysi bu til tamoyili;

- Hindistonda bo‘lgan «dushman davlat» fuqarolarining huquq larini chegaralaydi (hibsga olish, kuzatish tartibini soddalashtiradi) hamda o‘sha davlatlarda ixtiyoriy yashab, ular bilan ish doirasida aloqada bo‘lgan Hindiston fuqarolariga ham shu qoidalar tegishlidir (masalan, «dushman davlat» bu Pokiston);

- milliy kichiklarning huquqlarini kafolatlaydi;

- «teginib bo‘lmaslik» hamda din, irq, yashash joyi, kasta asoslariga ko‘ra diskriminatsiyaning boshqa turlarini mustahkamlaydi;

- davlatning dunyoviy xarakterini mustahkamlaydi;

- aholining qoloq guruh vakillariga imtiyozlar va qo‘shimcha himoyani kafolatlaydi;

- bir qator konstitusion tamoyil – maqsadlarni e’lon qiladi, jumladan, aholi yashash darajasini ko‘tarish, iqtisodiy islohot, jum ladan, agrar islohotni amalga oshirish, o‘tmish qoloqligini bartaraf etish, milliy masalani demokratik tarzda hal qilish, savodxonlik darajasini ko‘tarish, butun jahonda tinchlik uchun kurashish.

Hindiston konstitutsiyasining asosiy belgilari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Mustamlakaga qarshi harakat natijasida erishilgan xalq va davlat suverienitetini mustahkamlash.

2. Ijtimoiy tengsizlikka salbiy munosabat, yashash uchun yetarli mabla-larga huquq, iqtisodiy ekspluatatsiyadan muhofaza qilinishga huquq, yashash minimumiga huquq kabilar konstitutsiyada o‘z aksini topib mustahkamlangan. Konstitutsiyada iqtisodiy va ijtimoiy adolat, moddiy zaxiralarni adolatli taqsimlash, boylik va ishlab chiqarish vositalarini konsentratsiyasini oldini olish xos bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatish va ta’minlash davlatning maqsadi ekanligi e’lon qilinadi.

3. Hindistonning o‘ziga xosligi, kasta tizimi mavjudligini hisobga olgan holda fuqarolar, huquq, erkinlik va majburiyatlarning keng doirasini e’lon qilish.

4. Davlat sektori muhim rolni o‘ynagan aralash iqtisod tamoyilini mustahkamlash. Hindiston iqtisodi davlat nazoratining ulushi katta bo‘lgan kapitalistik iqtisod.

5. Ba’zi bir an’anaviy hind institutlarni konstitusion huquqning global rivoji tufayli vujudga kelgan institutlar bilan uy-unligi.

6. Butun dunyoda tinchlikni hamda xalqaro xavfsizlikni qo‘llash siyosati.

Hokimiyat shakli bo‘yicha Hindiston parlamentar respublika, siyosiy, hududiy tuzilma shakli bo‘yicha til belgisini hisobga olgan markazlashtirilgan federatsiya, demokratik davlat rejimiga ega mamlakatdir.

Konstitutsiya o‘zgartirishlarni qabul qilishning aralash tizimini nazarda tutadi, moddalarning aksariyatiga o‘zgartirishlarni parlament sodda uslubda qabul qiladi. O‘zgartirish loyihasi parlamentning har qanday a’zosi tomonidan ikki palatadan xohlaganiga kiritilishi mumkin. Agarda loyiha palatalar tomonidan qo‘llab-quvvatlansa (majlisda bo‘lganlarning 3/2 qismi), u prezidentga yuboriladi, prezident esa qonunni imzolashi va e’lon qilishi lozim. Bundan so‘ng o‘zgartirish haqidagi qonun kuchga kiritiladi va konstitutsiya matniga qo‘shiladi, ya’ni hind konstitutsiyasi «egiluvchan» konstitutsiyadir.

Ko‘plab o‘zgartirishlar oddiy qonunni qabul qilish jarayoni tartibida qabul qilinadi, ya’ni har bir palatada bo‘lganlarning ko‘pchilik soni bilan. Muhim ahamiyatli bo‘lgan moddalar uchun murakkablashtirilgan tartib qo‘llaniladi: qabul qilingandan so‘ng biroq prezident imzolagunga qadar shtat legislaturalarning yarmidan ziyodi bu o‘zgartirishni ratifikatsiya qilishi lozim.

Agarda o‘zgartirish katta bo‘lmasa, u konstitutsiya matniga qo‘shimcha yoki muvofiq moddaning almashtirilgan holda kiritiladi. Juda ham uzun, katta o‘zgartirishlar konstitutsiya matniga ilova qilinadi.

Hind konstitutsiyasi amalda bo‘lishi samarasining yuqori darajasi ma’lum jihatdan konstitusion tartibga solishning alohida mosla shuvchanligini uni o‘zgartirishning aralash egiluvchan qat’iy tartibini qo‘llash bilan uy-unligi tufayli ta’minlanadi. Bu iqtisodiy munosabat, insonning murakkab huquqiy maqomi, federativ aloqalarning xilma-xilligi, saylov huquqi hamda imkoniyatli ijtimoiy o‘zgarishlarni oldini olish maqsadida aholining ijtimoiy jihatdan eng himoyalanmagan qatlamlari holatlariga tegishlidir.

Hindiston konstiitutsiyasida fuqarolarning huquqiy maqomi mumtoz G‘arb konstitutsiyalari va ozod bo‘lgan mamlakatlarning bir qator asosiy qonunlaridagi maqomidan farqlanuvchi murakkablashgan tuzilma bilan tavsiflanadi. Hind fuqarolarining huquqiy maqomini belgilab beruvchi holatlar konstitutsiyaning 3 qismi «asosiy huquq lar», 4 qismi «davlat siyosatining rahbarlantiruvchi tamoyillari», 15 qismi «saylovlar»dagi me’yorlar hamda preambula, ilova va asosiy qonunning ba’zi bir boshqa bo‘limlaridagi me’yorlar majmuasida mustahkamlangan. Bunda fuqarolar huquqi va erkinligi instituti shakllangan turli unsurlar, bir xil bo‘lmagan huquqiy kuchga ega, buni hech bo‘lmasa qisqa tarzda izohlash lozim:

Konstitutsiyaning asosiy huquqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstitutsiyaning 3 qismida eng ahamiyatli sifatida «asosiy huquqlar» deb nomlanuvchi huquqlarni ajratadi, bu huquqlar ro‘yxatida avvalambor, siyosiy va shaxsiy huquq hamda mulk huquqi haqidagi alohida holatlar mavjud. 13 moddaga muvofiq asosiy huquqlarni cheklovchi qonunlarni e’lon qilish taqiqilanadi, 32 moddaga muvofiq esa bu huquqlar buzilganida fuqarolar bevosita oliy sudga huquqlarni majburiy tarzda tiklash uchun murojaat qilishlari mumkin. Bu fuqarolarning asosiy huquqlarini muhim, biroq cheklangan konstitutsiyaviy kafolatidir.

Ijtimoiy, iqtisodiy huquqlar «asosiy huquqlar»dan alohida berilgan va ularning aksariyati 4 qism «davlat siyosatining rahbar lantiruvchi tamoyillari»da joylashgan. 37 moddaga muvofiq «rahbarlantiruvchi tamoyillar mamlakat boshqaruv uchun asosiy ahamiyatga ega, davlat qonunlarni chiqarishda bu tamoyillarga tayanishga majburdir». Biroq rahbarlantiruvchi tamoyillarning kuchsiz tomoni ularning barchasi sud himoyasiga tobeligi va haqiqiy konstitusion kuchdan mahrum bo‘lgan xohish istaklar sifatida tushunilganidadir. 1967 yildan so‘ng mamlakatning oliy sud organi agarda rahbar lantiruvchi tamoyillar asosiy huquqlarga zid kelsa, rahbarlantiruvchi tamoyillarni ustuvor deb hisoblash sud amaliyoti vujudga keldi. Bu amaliyot qisman, keyin esa to‘liq tarzda konstitutsiyaga kiritilgan 25 va 42 o‘zgartirishlar bilan qo‘llab-quvvatlandi va mustahkamlandi. Ammo 80 yillarda oliy sudning Minera Mills Ltd.v. Union of India ishi bo‘yicha qabul qilingan qarorida ziddiyatli kelishuvli qaror qabul qilindi. Uning mohiyati shunday iboratki, fuqarolarning asosiy huquqlari rahbarlantiruvchi tamoyillarga zid bo‘lgan ishlarni o‘rgangan sudlar bu guruhlarning biron birini ham afzal ko‘rmasligi lozim. Sudyalar huquqlarning ikki guruhini barkamol tarzda hisobga olishi lozimligi haqida uqtiiriladi. Bunday iborat bu muhim masalani sudning qo‘liga topshirib qo‘yadi.

Hindiston konstitutsiyasida fuqarolarning huquqiy maqomini shakllantirishga Amerikaning huquqlar haqidagi Bill hujjati eng katta ta’sirni o‘tkazdi; huquq va erkinliklarni konstitusion mustahkamlash haqidagi Amerika –oyasi «Hindistonda huquqning ingliz tizimini qo‘llash hamda ingliz konversion me’yorlar»ni hisobga olish orqali amalga oshirildi. Majburiy kuchga ega bo‘lmagan hamda konstitutsiya kafolatlari bilan himoyalanmagan rahbarlantiruvchi tamoyillarning konsepsiyasi 1937 yildagi Irlandiya respublikasi konsepsiyasidan o‘zlashtirilgan.

Hind respublikasining asosiy qonuni va uning rivojlanishiga 1936 yildagi SSSRning konstitutsiyasi o‘z ta’sirini o‘tkazdi, uning ta’siri avvalambor, ijtimoiy, iqtisodiy huquqlar ro‘yxatini kengaytirishda, konstitutsiyaga fuqarolarning asosiy majburiyatlarini kiritishda, rahbarlantiruvchi tamoyillarning bir qator progressiv holatlarini e’lon qilishda, huquqlarni kafolatlar bilan ta’minlashga bo‘lgan harakatda, aholi qoloq guruhlari hayoti darajasini ko‘tarishda milliy masalani demokratik yo‘l bilan yechishda o‘z aksini topdi. 1950 yildagi Hindiston konstitutsiyasi ekspluatatsiya, zulumni qoralab, mamlakatda progressiv ijtimoiy islohotlar, industriallashuv, agrar islohotlar, o‘tmishning qoldiqlarini bartaraf etishga ko‘maklashadi.

Hindistondagi fuqarolik instituti uchun chet elliklarning huquq va erkinliklari ma’lum darajada cheklanganligi bilan bir qatorda Hindiston fuqarolari huquq va erkinliklardan to‘liq tarzda foydalanishi xosdir. Chet elliklar prezident, vise-prezident, oliy yoki shtatning bosh sudi sudyaligi, bosh attorney, gubernator yoki shtatning bosh attorneyi lavozimini egallay olmaydilar, ular ittifoq parlamenti a’zosi yoki shtatlarning legislaturasiga a’zo qilib saylanmaydilar. «Dushman chet elliklar» deb nomlanuvchilar uchun alohida cheklanishlar mavjud, ular hibsga olish va qamoqda saqlash bilan bo-liq protsessual kafolatlardan mahrumdirlar. Bular qatoriga Hindiston bilan urush holatida bo‘lgan davlat fuqarorlari hamda bu mamlakatlarda ixtiyoriy ravishda yashayotgan yoxud bu davlatlar bilan tijorat munosabatlarni o‘rnatgan fuqarolar mansubdir.

1955 yilda qabul qilingan fuqarolik qonuni so‘zsiz konstitusion ahamiyatga ega, u o‘z ichiga ham «yer huquqi». ham «qon huquqi» kabi unsurlarni tan olish tamoyillarini olgan. Mamlakatda davlat yaxlitligini mustahkamlashga qaratilgan yaxlit hind fuqaroligi nazarda tutilgan. Doimo Jammu va Kashmir shtatida istiqomat qiluvchi shaxslar uchun mazkur shtatning legislaturasi shtat hokimiyati organlariga ishga kirish, bu shtatda ko‘chmas mulkni olish, mazkur shtatda yashash hamda shtat hokimiyatidan stipendiya va yordamning o‘zga shakllarini olish uchun alohida huquq va imtiyozlar berishi mumkin. Bunday o‘ziga xoslik Pokiston bilan chegaradosh bo‘lgan mazkur shtatdagi murakkab holat bilan asoslanadi.

Hindiston konstitutsiyasida milliy huquqiy sifatlarning eng ijobiysi bu tenglik tamoyilidir, u «teginib bo‘lmaslik»ni taqiqlash hamda diniy, irqiy, kasta, jins yoki tu-ilish joyi belgilariga ko‘ra diskriminatsiyani ham taqiqilaydi, bundan tashqari bularning davlat muassasalariga ishga kirishda teng imkoniyatlar hamda qonun tomonidan teng himoya qilinishidan iborat. Hindiston kons titutsiyachidagi tenglik tamoyilining progressiv tomoni davlat tomonidan aholining qoloq guruhlari deb tan olinganlar uchun ma’lum kafolat va imtiyozlarni ta’minlashdir. Hindiston respukblikasi uchun bu tamoyil juda muhimdir, chunki u o‘nlab, millionlab odamlarga nisbatan kasta bid’atlarini yo‘q qilish uchun huquqiy asos sifatida xizmat qiladi. Hindistonning milliy, madaniy xususiyatlari kichik xalqlarni o‘z tilidan, yozuvidan foydalanish, madaniyatini saqlab, rivojlantirish, milliy o‘quv muassasalarni ochish va ularni boshqarish kabi huquqda o‘z aksini topdi.

Hayotning barcha taraflariga dinning ta’siri an’anaviy tarzda juda ham katta bo‘lgan Hindistonda konstitutsiyaning unyoviy xarakteri alohidap ahamiyatga ega, konstitutsiyaning bu tomoni 1967 yildagi o‘zgartirishlar tufayli 42 sho‘gartirish bilan preambulasini o‘zgarishi bilan kuchaytirilgan.

Shu bilan birga iqtiodsiy-ijtimoiy, kasta tengsizlik hamda diniy jamoa asosidagi kelishmovchiliklar Hindistonda mavjudligini ta’kidlash lozim. Diniy jamoa asosdagi to‘qnashuvlar mamlakat yaxlitligi uchun xavf soluvchi darajada kuzatilmoqda.

Hind fuqarolari huquqiy maqomi asoslari bir xil, biroq Konstitutsiyaning ma’no-mazmuni bo‘yicha teng bo‘lmagan mod dalari bilan belgilanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarsiyosatgning rahbarlantiruvchi tamoyillari sifatida shakllanadi va bundan ularning sud himoyasining xususiyatlari kelib chiqadi; boshqa huquqlar Konstitutsiyaning boshqa moddalarida mustahkamlangan. Bu barcha xuqularni jismoniy amalga oshirilishi mamlakatning o‘ziga xos sha roitlarida bir xil emas va ko‘p jihatdan kasta tizimining saqlanib qolgan sarqitlari, etnik guruhlarning rivojlanish darajasiga bog'liq. Qonunchilik tomonidan aholining eng kam rivojlangan ijtimoiy qatlamlari, ro‘yhatga olingan kasta va qabilalar uchun ma’lum huquqiy imtiyozlar mavjud. Shakllangan ta’limotga muvofiq asosiy huquqlar konstitusion kafolatlar bilan ta’minlanadi: ular buzilganda fuqaro har qanday sudga, jumladan Oliy sudga murojaat qilishi mumkin va sud majburiy qarorni qabul qilishi mumkin (quyi sud u yoki bu qonunni Konstitutsiyaga zid deb e’lon qila olmaydi, u faqatgina asosiy huquqlarni amalga oshishini ta’minlab beradi). Siyosatning rahbarlantiruvchi tamoyillari haqidagi bo‘limda mustah kamlangan huquqlar bunday kafolatlar bilan ta’minlanmagan.

Konstitutsiya qonun oldida fuqarolarning teng huquqliligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstitutsiya qonun oldida fuqarolarning teng huquqliligini o‘rnatadi, diniy, irqiy, kasta. Jinsiy va tuzilish joyiga ko‘ra diskriminatsiyani taqiqilaydi.

Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar orasida yashashga yetarli mabla-larga, iqtisodiy ekspluatatsiyada himoyaga, kasallik, ishsizlik holatida davlat yordami, yashash minimumiga hamda bolalarning majburiy bepul ta’limga huquqlari mavjud.

Siyosiy huquqlar o‘z ichiga so‘z, nashr erkinligi, birlashish hamda boshqa an’anaviy siyosiy huquq va erkinliklarni o‘z ichiga oladi.

Konstitutsiya shaxsiy erkinliklar orasida shaxsga teginib bo‘lmaslik (ammo Hindistonda favqulodda holat e’lon qilinganida sud qarorisiz hibsga olish va uzoq muddat qamoqda olib o‘tirish mumkin), ko‘chib o‘tish erkinligi, uy-joyga tegib bo‘lmaslik, yozishma siri kabilar bor. Konstitutsiya feodal unvonlar, teginib bo‘lmaslikni bekor qiladi.

Hindiston konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy majburiyatlari ham qayd etilgan, ular qatoriga mamlakat ideallari va institutlariga rioya qilish, davlat bayro-i va davlat madhiyasini hurmat qilish, majburiy armiya xizmati, milliy erkinlik kurash ideallariga rioya qilish, barcha hindlar orasida umumiy birodarlik ruhi va bar kamolligiga ko‘maklashish ilmiy yondashuvni rivojlantirish, inson parvarlikni namoyon qilish, shaxsiy va jamoa faoliyatning barcha sohalarida mukammallikka intilish kabilar kiradi. Yuqorida bayon etilgandan ko‘rinib turibdiki, bu majburiyatlarning aksariyati yuridik emas, ma’naviy xarakterga ega.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbek tilida:

1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی  "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm