Yer huquqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yer huquqi — huquqning yer munosabatlarini tartibga soluvchi sohasi. Yer munosabatlari yerdan foydalanish, ayrim turdagi yerlarning huquqiy tartibi, yer tuzish va h.k.ni oʻz ichiga oladi. Fuqarolik huquqi normalari Ye.q.ning oʻzagini tashkil etadi. Ye.h.da, shuningdek, maʼmuriy va ekologiya huquqi normalari ham muhim ahamiyatga ega. Ye.h.ning normativ ququqiy asosini OʻzR Konstitutsiyasi, Yer kodeksi, Yer kadastri toʻgʻrisidagi, "Qishloq xoʻjalik kooperativlari (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida"gi, "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida"gi, "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida"gi qonunlar tashkil etadi. OʻzR Konstitutsiyasiga koʻra, yer umummilliy boylik, u davlat muhofazasida boʻlib, yerdan oqilona foydalanish talab etiladi. Yerga egalik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga koʻra, xususiy mulk, doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish, ijara, bir umrlik meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi asosida amalga oshiriladi.

E.h. maʼlum tizimga ega. Bu tizim umumiy, alohida va maxsus qismlarga boʻlinib, ular bir qancha tartibotlardan iborat. Ye.h.ning umumiy qismi tartibotlari fan tarmogʻi va qonunchilikning rivojlanishi uchun asos boʻladigan eng muhim holatlar, qoidalar yoki tamoyillarni aks ettiradi. U yerga nisbatan mulk huquqi, yer uchastkalariga boʻlgan huquq, davlat boshqaruvi, yer tuzish va yer kadastrini yuritish, yerni huquqiy muhofaza qilish, yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi tartibotlarni oʻz ichiga oladi. Ye.h.ning alohida qismiga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, aholi punkti yerlari, sanoat, transport, mudofaa yerlari, alohida muqo-faza etiladigan hududlar yerlari, oʻrmon fondi, suv fondi yerlari, zaxira yerlar tartibotlari kiradi. Ye.h.ning maxsus qism i da chet davlatlar Ye.h. toʻgʻrisida maʼlumot berilishi mumkin.

Muhammadi Usmonov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil