Milliy gʻoya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Milliy gʻoya — muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. U millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. Milliy gʻoya oʻz mo-hiyatiga koʻra, xalq, millat takdiriga daxldor boʻlgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak boʻlgan vazifalar va moʻljallarni ham aks ettiradi. Masalan, oʻz davrida (1941—45) fashistlar bosib olgan Fransiyada "Qarshilik koʻrsatish" gʻoyasi M.gʻ. darajasiga koʻtarildi va Fransiyaning ozod etilishi bilan bu gʻoya oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Biror gʻoyaning M.gʻ. sifatida maydonga chiqishi millatning oʻtmishi, mavjud holati bilan bevosita bogʻliq. Ana shu 2 negizga tayangan holdagina u millatning qisqa vaqt va uzoq vaqtga erishish lozim boʻlgan maqsad-muddaolari va moʻljallarini toʻgʻri ifodalay olishi mumkin. Har qanday M.gʻ.da umuminsoniy moqiyat mavjud boʻladi. Ammo, aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun ahami-yatli boʻlgan gʻoyalar ham bor. Masalan, "Milliy yarash" gʻoyasi fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy maz-munga ega boʻlsa, "Manfaatli hamkorlik" gʻoyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq oʻz tarixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning oʻzagini tashkil etadigan, oʻziga xos oʻq, birlashtiruvchi yadro vazifasini oʻtaydigan ijtimoiy gʻoyani shakllantirish muammosini hal etadi. Bunga esa M.gʻ. orqali erishiladi. M.gʻ. muayyan darajada insoniyat takdiriga taʼsir qiladi. M.gʻ.ning yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini, umuminsoniy qadriyatlarni singdirishda ahamiyati katta. M.gʻ. vositasida el-yurt birla-shadi, oʻz oldiga buyuk maqsadlar qoʻyadi va ularni ado etishga qodir boʻladi.

Gulnora Ibrohimova.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil