Guyukxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Guyukxon (1205-48) - moʻgʻullar imperiyasining ulugʻ qoni (1246—48). Oʻqtoyxon (Ugeday) (11861241)ning toʻngʻich oʻgʻli. Chingizxonning nabirasi. 1236—41 yil moʻgʻul shahzodalarining Botuxon boshchiligida Rossiya va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlarida qatnashgan. Lekin otasining vafotini (1241 y.mart) eshitib, shoshilinch ravishda oʻz yurtiga qaytib kelgan. 1246 yil sentabrda Qoraqurumda boʻlib oʻtgan Chingizxon avlodlari qurultoyida G. qonlik taxtiga oʻtqazilgan. Otasi vafotidan keyin oʻtgan 5 yil mobaynida davlatni onasi Turakina xotun boshqarib turgan. G. hukmronlik davrida Kavkazning janubiy sharqiy qismi, Koreyaning bir qismi bosib olingan. Xitoy va Eronni bosib olish uchun kurash davom ettirilgan. Chigʻatoy ulusinaig ichki ishlariga aralashgan. G. Oltin Oʻrda hukmdori Botuxonga qarshi urushga otlanib yoʻlga chiqqanda toʻsatdan vafot etgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil