Kontent qismiga oʻtish

Goʻsht

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Goʻsht – qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; soʻyilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi. Goʻsht inson isteʼmol qiladigan oziq-ovqatdagi oqsilning asosiy manbai hisoblanadi[1]. Goʻshtning tuzilishi va taʼmi, sifatlari hayvonlar turi, zoti, jinsi, yoshi, boqish va saqlash sharoitlariga bogʻliq. Hayvonlarning turiga qarab, mol (qoramol), qoʻy, ot goʻshti va boshqalarga ajratiladi. Qoramol, qoʻy, echki Goʻshtni sifati va semizligiga qarab birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi.

Odamlar tomonidan isteʼmol qilinadigan goʻshtning asosiy qismi qushxonalarda hayvonlarni soʻyish orqali ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat uchun hayvonlarning goʻshti ishlatiladi (yovvoyi katta va kichik sutemizuvchilar, sudraluvchilar, amfibiyalar va boshqalar). Dunyoning turli oshxonalarida turli hayvonlarning goʻshti ishlatiladi. Bu, asosan, zotlar va oshxona anʼanalarining mavjudligiga bogʻliq.

Goʻshtni „Sunʼiy goʻsht“ usulida yetishtirish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda[2].

Goʻsht tarkibi va xossalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goʻsht mushak toʻqimalarining kimyoviy tarkibi: suv 72-75%, oqsil 18-22%, yogʻ va yogʻsimon moddalar 0,5-3,5%, azotli ekstrativ moddalar 1-1,7%, uglevodlar 0,7-1,4%, mineral moddalar 0,8-1,8%[3]. Goʻshtning sifat jihatdan eng muhim qismi mushak toʻqimalari hisoblanadi. Goʻshtda uning miqdori 40-70% ga boradi. Mushaklar oqsillarida hayotiy zarur aminokislotalar bor. Mushak tolalaridagi mioglobin oqsili Goʻshtga qizil tus beradi. Goʻshtning isteʼmol qilinadigan qismining mineral tarkibi (mg%): fosfor 180-230, kaliy 200-300, kalsiy 7-15, magniy 17-25, temir 1,5-3,0 va boshqa Goʻsht tarkibida yana turli xil kislotalar, vitaminlar (RR, V, V2, Ye va boshqalar) boʻladi. Goʻshtning saqlanish muddatini uzaytirish uchun muzlatiladi, tuzlanadi, dudlanadi (qarang Goʻsht sanoati).

Mushak toʻqimalariga qoʻshimcha ravishda, goʻshtga biriktiruvchi toʻqima, yogʻ toʻqimasi va oz miqdorda nerv toʻqimalari kiradi. Goʻshtning ozuqaviy qiymati uning tarkibidagi muhim aminokislotalar (valin, leysin, izoleytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan, fenilalanin) va muhim koʻp toʻyinmagan yogʻ kislotalar, lipidlar va oqsillar bilan belgilanadi. Inson tanasiga mikroelementlar va vitaminlar goʻshtni isteʼmol qilishi bilan kiradi. Goʻsht tarkibidagi ekstraktiv moddalar ovqatning taʼmini yaxshilaydi, ishtahani qoʻzgʻatadi va ovqat hazm qilish bezlari sekretsiyasini kuchaytiradi[4]:43.

Jadval 1. Har xil turdagi hayvonlarning goʻshti tarkibidagi moddalar
Mahsulot Suv, % Oqsil, % Yogʻ, % Minerallar, %
Qoʻy goʻshti 1-toifa 67,6 16,3 15,3 0,8
Quyon goʻshti 67 20,5 4 0,9
Buffalo goʻshti 66,8 19,0 13,2 1,0
Mol goʻshti 67,7 18,9 12,4 1,0
Qazi 69,6 19,5 9,9 1,0
Kiyik goʻshti 71,0 19,5 8,5 1,0
Choʻchqa goʻshti (bekon) 1-toifa 54,8 16,4 27,8 1,0
Choʻchqa goʻshti (goʻsht) 2-toifa 51,6 14,6 33,0 0,8
Buzoq goʻshti 1-toifa 78,0 19,7 1,2 1,1
Tuya goʻshti 70,7 18,9 9,4 1,0

Goʻsht turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi roʻyxat turli madaniyatlarda isteʼmol qilinadigan hayvonlarning goʻshti turlarini oʻz ichiga oladi: Sut emizuvchilar


  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • „Мясо“,Большая российская энциклопедия. Том 21, М., 2012 — 625 bet. 
  • „Мясо“,Товарный словарь. Том 5. М.: Госторгиздат, 1958. 



  1. Ayyıldız, Esat. „Klasik Arap Edebiyatında Et Motifi“. International Malatya Gastronomy Culture and Tourism Conference. ed. Aynur Ismayilova – Gunay Rzayeva. 19-24. Malatya: IKSAD Publishing House, 2022.
  2. Pervoe myaso iz probirki otseneno v million dollarov ( at www.membrana.ru Error: unknown archive URL 20090417070258 sanasida arxivlangan) – 28 aprelya 2008
  3. , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „Химический состав мяса и значение отдельных пищевых веществ“. Красноярский государственный аграрный университет. Qaraldi: 2024-yil 4-dekabr.
  4. Smolyanskiy B. L., Abramova J. I. Spravochnik po lechebnomu pitaniyu dlya diet-sestyor i povarov. -L.:Meditsina, 1984.