Zarafshon qirgʻovuli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zarafshon qirgʻovuli juftligi monografi

Zarafshon qirgʻovuli (Phasianus colchicus) – asosan Zarafshon daryosi va Qashqadaryo vohasi, Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlarida istiqomat qiladi.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tojikiston,Yevropa,Gʻarbiy va Oʻrta Osiyo,Afgʻoniston,Xitoy Koreya va Uzoq Sharqda boshqa turlari tarqalgan.

Yashash joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻqayzorlar, sohilboʻyi qamishzorlari, sugʻoriladigan yerlarda koʻchib yashaydi.

Tashqi koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kavkaz tustovuq tasnifga koʻra u tovuq goʻshti tartibiga kiritilgan. Bu uning ishlab chiqaruvchilardan kattaroqdir. Tana uzunligi 90 sm, vazni 1,7 – 2,0 kg. Urgʻochilar erkaklar kabi katta emas.

Uzoq uchli dumlar. Qanotlar yumaloq. Erkaklar shporlar bilan qurollangan, ularning har doim yorqin tuklari bor. Koʻz va yonoq atroflari teriga boʻyalgan[1].

Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-1970-yillarda keskin qisqarib, areyali janubida ummuman yoʻq boʻli ketgan. Hozirda soni barqarorlashgan(jami 5 mingtaga yaqin) boʻlsa-da, biroq muhofazaa choralariga bogʻliq. Oʻtgan asrning 90 yillarida Zarafshon Milliy tabiat bogʻida 3,5 ming atrofida yashagan.2015-yilga kelib ularning soni 1,6 mingtagacha kamayib ketgan. Paxta ekin maydonlarining qisqarishi va ularning donli hamda sabzavot ekinlari bilan almashish tufayli qirgʻovullar agrolandshaftlarda joylashib ola boshladi va bu odatiy tus oldi. Ayni paytdagi soni maʼlum emas 20 mingtadan ortiq deya taxmin qilinadi[2].

Yashash tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poligam. Inini yerga quradi. Mart-iyul oyida 4-16 ta tuhum qoʻyadi va 23-24 kun bosib yotadi. Polaponlari avgust-sentyabr oylaridan ucha boshlaydi. Hasharotlar, chakanda mevalari va oʻtlarning urugʻlari bilan oziqlanadi.

Maʼlumot uchun Zarafshon qirgʻovuli Oʻzbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kiritilgan

Cheklovchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻqayzorlarning qisqarishi, suvloqlar yoʻqligi, yongʻinlar, toshqinlar, brakonyerlik,1960-1970-yillarda pestistiflarning haddan tashqari koʻp qoʻllanilishi.

Koʻpaytirish.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zarafshon Milliy tabiat bogʻida koʻpaytirish tajribasi mavjud.

Muhofaza choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ovlash taqiqlangan. Zarafshon Milliy tabiat bogʻida muhofaza ostiga olingan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [ https://uz.petmypet.ru/3468-pheasant-bird-description-features-species-lifestyle.html Zarafshon qirgʻovuli haqida]
  2. „Navoiyda Zarafshon qirg‘ovuli ovlandi“. aniq.uz. Qaraldi: 13-iyul 2023-yil.
  3. Ahmedov. Zarafshon qirg'ovuli. Chinor ENK — 252-253 bet.