Karkidonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karkidonlar

Ceratotherium simum, Dicerorhinus sumatrensis), Hindiston karkidoni (Rhinoceros unicornis), Qora karkidon (Diceros bicornis)
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Binar nomi

(Owen, 1845)
Extant and subfossil genera

Ceratotherium
Dicerorhinus
Diceros
Rhinoceros
Coelodonta
Stephanorhinus
Elasmotherium

Fossil genera, see text
Rhinocerotidae distribution map en.png

Karkidonlar (Rhinocerotidae) toq tuyokli sut emizuvchilar turkumi oilasidir. 7 tacha turi va kenja turlari bor. Afrika, Jan.-Sharqiy va Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Tropik oʻrmonlarda, suv boʻyidagi chakalakzorlarda, togʻlarda (3000 m balandlikkacha) va botqoqliklarda yashaydi. Gavdasi yirik, uz. 5 m cha, boʻyi 2 m cha, dumi qisqa, terisi kalin, deyarli junsiz. Burni ustida va qansharida 1—2 (qora karkidonda baʼzan 3 yoki 5) ta shoxi bor. Koʻzi kichkina, yaxshi koʻrmaydi, boʻyni qisqa va yoʻgʻon. Hidlash va eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Oyogʻi qisqa, yoʻgʻon. Barmoqlari 3 ta, uchida tuyoqlari bor. Tungi hayvon. Yakka yoki juft-juft boʻlib, baʼzan 4—5 tasi poda boʻlib yuradi. K. turli oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Pashsha va soʻnalardan qochib, botqoqqa tushib yotadi. Noyab.da urchiydi. Boʻgʻozlik davri 17-19 oy. Tugʻilgan bolasi 25 kg cha. Tanasi vazmin va qoʻpolligiga qaramay tez yuguradi. Goʻshti, yogʻi yeyiladi, terisi va shoxidan turli buyumlar tayyorlanadi. 5 turi: sumatra, qind, yava karkidoni qora, oq karkidon bor. Barcha turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil