Alligatorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alligatorlar (Alligator) — timsohlar turkumining bir urugʻi. Ikki turi: Missisipi va Xitoy A. bor. Mis-sisipi A. yoki choʻrtan A. (A. missisipiensis) Shimoliy Amerikaning janubi-sharqida tarqalgan, boʻyi 4,6 m ga yaqin, oldingi oyoq barmoqlari orasida suzgich pardasi bor. Xitoy A. (A. sinensis) Yanszi daryosining quyi oqimida tarqalgan, boʻyi 2,5 353m ga yaqin. A.ning asosiy ozigʻi baliq, odamga hujum qilmaydi. May oxiri va iyun boshida urchiydi. Urgʻochisi 20-60 dona tuxum qoʻyadi. A. 85 yilgacha umr koʻradi. Bir vaqtda A. Shimoliy Amerikada koʻp edi. Terisi uchun koʻplab ovlanganidan hozir kamayib ketgan. A.ning osh-langan terisidan sumka, chamadon, egar qoplamasi kabi buyumlar tayyorlanadi. Ikkala tur ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. AQSH va Kubada Missisipi A. maxsus fermalarda boqiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil