Germaniya imperiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(German Imperiyasidan yoʻnaltirildi)
German imperiyasi, 18711918
German imperiyasi bayrogʻi (18711918)
Olmoniya tarixi
* Olmon qabilalari
* Buyuk Koʻchish
* Muqaddas Rim imperiyasi
* Olmon ittifoqi
* Shimoliy Olmon Ittifoqi
* Olmon Imperiyasi
* Veymar Respublikasi
* Uchinchi Reyx
* GDR
* GFR (1990 gacha)
* Birlashgan Olmoniya

German Imperiyasi (nemischa: Deutsches Reich) — nemis davlatining 1871-1945 yillardagi rasmiy nomi.

Hozirgi vaqtda „German Imperiyasi“ nomini faqat 1871-1918 yillar uchun ishlatishadi (bu nemischa Kaiserreich atamasiga mos tushadi). Baʼzida uni „Ikkinchi reyx“ ham deyishadi.

Koʻpincha, 1918-1933 yillarni "Veymar respublikasi" davri deb yuritishadi, 1933-1945-yillar Germaniyasi esa "Uchinchi reyx" yoki „fashistik Germaniya“ deb nomlanadi.

Koʻpincha, 1918-1933 yillarni "Veymar respublikasi" davri deb yuritishadi, 1933-1945-yillar Germaniyasi esa "Uchinchi reyx" yoki „fashistik Germaniya“ deb nomlanadi.

Germaniya imperiyasining asoschilari sifatida Otto fon Bismark va Vilgelm I Gogentsollern tilga olinadi. Germaniya imperiyasi 1918-yilda Noyabr inqilobi natijasida Veymar respublikasiga aylandi.

Ijtimoiy-siyosiy davrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bismarkning roli
  • Imperiyaning vujudga kelishi. Bunga Olmon ittifoqining parchalanishi (1866), uch urush (Olmon-Daniya urushi (1864), Avstriya-Italiya-Prussiya urushi (1866), Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871)), Avstriyaning Germaniya tarixidan chiqishi, Shimoliy Germaniya ittifoqi 1866-1871 sababchi boʻldi
  • Germaniya va Prussiya oʻrtasidagi ikki davlatchilik, olmon davlatlari orasida Prussiyaning yetakchiligi
  • Imperiya va uni tashkil etuvchi davlatlarning hukumatlari konstitutsion monarxiya boʻlgan.
  • Imperiya umum saylov huquqi (Prussiyadan tashqari!)
  • 5 partiyali tizim (sotsialistlar, chap liberallar, milliy liberallar, katolik „Markaz“, konservatorlar)
  • Jamiyatning fundamental siyosiylashtiriluvi
  • Avtoritar boshqaruv rejimi, saylovlardagi aldovlar
  • Jamiyatning harbiylashtirilishi
  • Faol industrializatsiya, aholi sonining oʻsishi, gʻarbiy hududlarga migratsiya, ayniqsa sharqiy-german polyaklarining migratsiyasi
  • nashriyotning rivojlanishi va taʼsiri
  • Universitetlardagi yangi zamonaviy fanlarning oʻtilishi
  • Antisemitizm
  • Irqchilik gʻoyalarining oʻsishi

Asosiy voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Parlamentda harbiy byudjet uchun toʻxtovsiz kurash
  • Parlamentning tez-tez tarqatilib yuborilishi
  • Vilgelm I va Bismarkga qarshi suiqasdlar
  • Liberal davr (1871-1879)
  • Iqtisodiy tushkunlik (1873-1879) (der Gründerkrach)
  • Proteksionizmga oʻtish
  • Polyaklarning olmonlashtiriluvi
  • Sotsialistlar bilan kurash
  • 1879-yilda ichki siyosatda roʻy bergan „Konservativ toʻntarish“
  • Ijtimoiy sugʻurtaning paydo boʻlishi
  • Faol tashqi siyosat
  • Namibiyadagi koloniyalar va 1904-1907-yilgi genotsid
  • Tsabern voqeasi, 1913

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Versalda German Imperiyasining eʼlon qilinishi. Bismark suratning qoq markazida.

1870-yilda Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) boshlandi. Prussiya kansleri Otto fon Bismark va Vilgelm I urush natijasida Fransiya qudratini yoʻqqa chiqarib Germaniyani bitlashtirishga umid qilishgan edi. Fransiya imperatori Napoleon III esa Germaniyaning birlashuviga toʻsqinlik qilib, Yevropadagi Fransiya hukmronligini saqlab qolmoqchi edi. Shimoliy Germaniya ittifoqi askarlari toʻliq gʻalabaga erishishdi. 1871-yilning 18-yanvarida Versal qasrida Bismark va Vilgelm I German Imperiyasi tuzilganligi toʻgʻrisida eʼlon qilishdi. Imperiyaga Bavariya va janubiy olmon davlatlari kabi Shimoliy Germaniya ittifoqiga aʼzo boʻlmagan davlatlar tezda qoʻshilishdi. Avstriya Germaniyaning bir qismi boʻlishni istamadi. Fransuzlar tomonidan toʻlangan 5 milliard frank miqdoridagi reparatsiyalar olmon iqtisodiyotining mustahkam poydevori boʻldi. Bismark shunchaki, rasmiy tarzda Germaniyaning ikkinchi shaxsiga aylandi.

1888-yilda Vilgelmning oʻlimidan soʻng taxtga qattiq kasal Fridrix III taxtga oʻtirdi. Ikkinchi hukmdor atigi 99 kun hukm surdi. Fridrixning oʻlimidan soʻng taxtga uning oʻgʻli Vilgelm II oʻtirdi. Vilgelm taxtga oʻtirishidan biroz oldin German Imperiyasi Afrika va Osiyoda koloniyalarga ega boʻldi (Togo, Kamerun, Janubi-gʻarbiy Afrika, Tsindao porti), Angliya va Fransiyaga qarshi Avstriya va Rossiya bilan harbiy ittifoq tuzildi, armiya va flot soni koʻpaytirildi. 1918-yil 9-noyabrda German Imperiyasida revolyutsiya boshlandi va uning natijasida monarxiya agʻdarildi va Vilgelm Gollandiya(Niderlandiya)ga qochib ketishga majbur boʻldi.

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya birlashtirilgandan soʻng bir paytlar mustaqil boʻlgan davlatlarning hukmdorlari oʻz qudratlarini saqlab qoldilar va faqatgina imperator, yaʼni, Prussiya qiroliga boʻysunadigan boʻldilar. Shu sababli Germaniyada yagona maʼmuriy-hududiy boʻlinish boʻlmagan.

Birlashgan davlat tarkibiga quyidagilar kirdi:

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Halder, Winfrid: Innenpolitik im Kaiserreich 1871—1914, 22006.
  • Nipperdey, Thomas: Deutsche Geschichte 1866—1918, Bd. 2: Machtstaat vor der Demokratie, 1992.
  • Ullmann, Hans-Peter: Das deutsche Kaiserreich 1871—1918, 1995.

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

7auq7yw8wxuwi1d6hwisushhhh