Otto fon Bismark

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Otto fon Bismark
Bundesarchiv Bild 146-1990-023-06A, Otto von Bismarck.jpg
Autograph-OttoBismarck.png
German Imperiyasining birinchi reyxskansleri
Hukmronligining boshlanishi: 21-mart 1871
Hukmronligining tugashi: 20-mart 1890
Oʻtmishdosh: Lavozim mavjud boʻlmagan
Voris: Leo fon Kaprivi
Tugʻilgan sanasi: 14-yanvar, 1815-yil(1815-01-14)
Tugʻilgan joyi: Shyonxauzen, Saksoniya, Prussiya
Vafot sanasi: 30-iyul, 1898-yil(1898-07-30)
(83 yoshda)
Vafot joyi: Fridrixsru, Shlezvig-Golshteyn, Germaniya
Turmush oʻrtogʻi: Ioganna fon Puttkamer

Otto Eduard Leopold Karl-Vilgelm-Ferdinand fon Bismark (olm. Otto Eduard Leopold von Bismarck; 1815-yil 1-aprel — 1898-yil 30-iyul) - «temir kansler» deb atalgan knyaz, siyosatchi, davlat arbobi, German Imperiyasining birinchi kansleri.

Prussiya qirolligida Bismark konservatorlar orasida yunkerlar namoyondasi sifatida obroʻ qozongan, diplomat sifatida faoliyat yuritgan (1851-1862-yillar). 1862-yilda Prussiya hukumatining bosh vaziri etib tayinlangan. Konstitutsion inqiroz vaqtida monarxiyani himoya qilib liberallarga qarshi chiqgan. Tashqi ishlar vaziri sifatida Olmon-Daniya urushidan soʻng Prussiyani Germaniyadagi yetakchi kuchga aylantirdi.

U Reyxskansler va Prussiya bosh vaziri sifatida 1890-yilgi isteʼfosiga qadar Reyxning siyosatiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bismark tashqi siyosatda kuchlar balansi prinsipiga amal qilgan.

Ichki siyosatda uning boshqaruv davrini ikki fazaga boʼlsa boʻladi. Boshida u oʻta liberallar bilan ittifoq tuzgan. Bu davrda koʻplab ichki reformatsiyalar roʻy berdi, masalan, Bismark tomonidan katolik cherkovining taʼsirini pasaytirish maqsadida Fuqarolik nikohining kiritilishi. 1870-yillarning oxirlaridan boshlab Bismark liberallardan uzoqlashdi. Bu faza davomida u proteksionizm va iqtisodiyotga hukumatning aralashuvi siyosatidan foydalanadi. 1880-yillarda antisotsialistik qonun kuchga kirdi. Oʻsha vaqtdagi kayzer Vilgelm II bilan kelishmovchiliklar Bismarkning isteʼfo berishiga sabab boʻldi.

BISMARK (Bismarck) Otto Eduard Leopold fon Shyonxauzen (1815.1.4, Shyonxauzen—1898.30.7, Fridrixsru) — Germaniya davlat arbobi, diplomat, knyaz, Germaniya imperiyasining 1reyxskansleri (1871—90). B. Germaniyani prus militarizmi asosida birlashtirdi; mamlakatda yunkerburjua bloki hukmronligini mustahkamladi, diniy oppozitsiya ("Kulturkampf")ga qarshi kurash olib bordi, sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun joriy qildi, ayrim ijtimoiy islohotlar oʻtkazdi. B. Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan Uchlar ittifoqi (1882) tashkilotchilaridan biri.

Poznan va Sileziyadagi polyak aholisini nemislashtirish siyosatini tutgan. Parij kommunasiga qarshi uyushtirilgan qurolli intervensiya tashkilotchilaridan biri boʻlgan.

Biografiyasi[tahrir]

Kelib chiqishi[tahrir]

Otto fon Bismark 1815-yil 1-aprelda Branderburg viloyati(hozirda - Saksoniya-Angalt yeri)dagi kichik dvoryan oilasida tugʻilgan. Bismarklar oilasining barcha avlodlari tinchlik va urush paytlarida hukmdorlarga hizmat qilishgan, lekin oʻzlarini oʻta zarur bir ish bilan koʻrsatishmagan. Qisqa qilib aytganda, Bismarklar yunkerlar boʻlishgan. Bismarklar ulkan yerlari yoki boyliklari bilan maqtana olishmagan, lekin oqsuyak sanalishgan.

Yoshlik yillari[tahrir]

1822-yildan 1827-yilgacha Otto jismoniy kuchning oʻsishiga asosiy eʼtibor beradigan Plaman maktabida oʻqigan. Ammo ota-onasiga yozilgan xatlardan maʼlumki, yosh Otto bundan xursand boʻlmagan. 12 yoshida Otto Plaman maktabini oʻzgartirgan, lekin Berlinni tark etmay, oʻz oʻqishini Fridrixshtrassedagi Fridrix Buyuk nomidagi gimnaziyada davom ettirgan, 15 yoshida esa «Kulrang monastir» gimnaziyasiga oʻtgan. Otto oʻrta darajali, ajralib turmaydigan oʻquvchi sifatida koʻrsatgan. Lekin u chet adabiyotiga qiziqib, fransuz va nemis tillarini yaxshi oʻrgangan. Yosh Otto hammasidanam ham soʻnggi yillar siyosati va turli davlatlarning raqobatlari tarixiga qiziqqan. U onasidan farqli ravishda dindan uzoqda boʻlgan.

Gimnaziyani bitirgandan soʻng onasi Ottoni Gannoverdagi Gettingenda joylashgan Georg Avgust universitetiga kirgizdi. Bismark huquqni oʻrganib diplomatik ishga kirishi rejalashtirilgan edi. Lekin Bismark oʻqish bilan jiddiy shugʻullanishni xohlamagandi va Gettingenda orttirgan koʻplab doʻstlari bilan vaqtini xursandchilikda oʻtkazishni afzal koʻrgan. Otto oʻqish davomida 27 marta duellarda qatnashgan. Umuman, Otto fon Bismark oʻsha vaqtlardagi nemis yoshlaridan farqi boʻlmagan.

Bismark faol hayoti choʻntagiga ogʻirlik qilganligi sababli universitet rasmiylari tomonidan qamoqqa olinishi mumkin edi, shu sababli, u Gettingendagi oʻqishini ohiriga yetkazmadi va shaxarni ark etdi. Butun bir yil davomida u Berlindagi Yangi Poytaxt Universitetida falsafaning siyosiy iqtisodiyot yoʻnalishida doktorlik ishini yoqladi. Shu bilan uning universitetdagi taʼlimi tugadi. Tabiiy ravishda Bismark birdaniga onasi katta umidlar tutgan diplomatiyada ish boshlashni xohladi. Lekin oʻsha paytlardagi Prussiya tashqi ishlar vaziri Bismarkka rad javobini berib, «Yevropa diplomatiyasi doirasidagi ish oʻrniga Germaniya ichidagi biror maʼmuriy boʻlinmada ish topish»ni maslahat berdi.

Faoliyati[tahrir]

Bismark, 1836-yil

Natijada Bismark yaqinda Prussiyaga qoʻshib olingan Axenga ishlashga ketadi. Bu kurort shaxarda hali ham Fransiyaning taʼsiri sezilardi, va Bismark bu chegaraviy hududni Prussiya bosh rol oʻynaydigan bojxona ittifoqiga qoʻshish muammolari bilan shugʻullandi.

Axenda dushmanlar orttirgani sababli, Bismark harbiy xizmatga ooʻtishga majbur boʻldi. 1838-yilning bahorida u egerlarning gvardiya batalyoniga yozildi. Ammo onasining kasalligi sababli uni harbiy xizmatiga chek qoʻyishga majbur qildi. Onasining oʻlimi uning sangʻishlarini toʻxtatib, Pomeraniyadagi mulklarni boshqarishga majbur qildi. Mulklarni boshqarishdagi bilimlari sababli u qoʻshnilarining xurmatini qozondi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. Martin Kitchen . The Cambridge Illustrated History of Germany:-Cambridge University Press 1996 ISBN 0-521-45341-0

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil