Port-o-prens

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Port-o-prensGaiti davlati poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Gaiti orolning gʻarbiy qismida joylashgan. Iqlimi tropik, oʻrtacha temperatura yanvarda 25°, iyulda 28°. Yillik yogʻin 1355 mm. Aholisi 846,2 ming kishi (1995). Mamlakatning Karib dengizi sohilidagi muhim porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Sha-karqand zavodlari, tamaki, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari mavjud. Rom ishlab chikariladi. Universitet, Gaiti xalqlari muzeyi, milliy muzey, konservatoriya vah.k. bor. Port-o-Prensga 1749 yilda asos solingan. 1770 yildan Fransiyaning San-Domingo mustamlakasining maʼmuriy markazi. 1804-yil 1-yanvardan mustaqil Gaiti poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklaridan San-Susi saroyi va Ramyer tarixiy bogʻi saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil