Sent-jons

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sent-jonsAntigua va Barbuda davlati poytaxti. Antigua orolning shimoli-gʻarbiy sohilida. Aholisi 36 ming kishi (1990-yillar boshlari). Iqlimi tropik, passatli iqlim, oʻrtacha oylik tempaturalar 15° dan 33° gacha. Yillik yogʻin 1300 mm. Karib dengizi buxtasidagi yirik dengiz porti. Chetga shakarqand, rom chikariladi. Neftni qayta ishlash, shakarqand, rom va paxta tozalash zavodlari, botanika stansiyasi bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 1632 yilda asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil