Gvatemala (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

GvatemalaGvatemala Respublikasi poytaxti. Gvatemala togʻligining jan.-sharqiy qismidagi vodiylardan birida (1S02 m balandlikda) joylashadi. Aholisi qariyb 2,4 mln. kishi (1999), asosan indeys va kreollar. Iklimi subekvatorial, passatli musson iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 15—20°. Yillik yogʻin 500—1000 mm.

G. 1524 y.da Santyago nomi bilan qurila boshlagan. 1541 y. Agau vulkani otilganda va 1917 y. dek. hamda 1918 y. yanvardagi zilzilada butunlay vayron boʻlib, keyinchalik qayta tiklangan. Temir yo'l orqali Tinch okean sohili va Karib dengizining portlari bilan bogʻlangan. Xalqaro aeroport bor. G. — mamlakatning muhim sanoat markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, mebel korxonalari, temir yo'l ustaxonalari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan katolik sobori (1782—1815) saklangan. G.da bir necha universitet, Oliy politexnika maktabi, Harbiy akademiya, Iqgisod maktabi, Milliy konservatoriya, FA (1930), Milliy institut (1945), Antropologiya va tarix instituti (1946), Meteorologiya va seysmologiya instituti, rasadxona, Milliy kutubxona va b. bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil