Friedrich Akel
Friedrich Karl Akel | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
5-sentyabr 1871-yil Halliste, Pernau uyezdi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
3-iyul 1941-yil (69 yoshda) Tallin, Estoniya SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Estoniya |
Millati | eston |
Siyosiy partiyasi | Xristian xalq partiyasi |
Taʼlim | Imperator Yuryev universiteti |
Dini | lyuterchilik |
Friedrich Karl Akel (talaffuzi: Fridrix Karl Akel; 5-sentyabr 1871-yil, Halliste, Pernau uyezdi — 3-iyul 1941-yil[1], Tallin) — estoniyalik davlat arbobi, diplomat, shifokor.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Friedrich Akel Imperator Yuryev universitetida tibbiyot fakultetida tahsil olgan (1892—1897), Berlin, Praga va Leipzigda (1899—1901) malaka oshirgan, oftalmolog[2].
Shifokorlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Friedrich Akel Yuryev universitetining klinikasida assistent, Rigadagi oftalmologiya klinikasida va Varshavadagi Ujazdowski kasalxonasida shifokor boʻlgan. 1902—1904-yillar va 1905—1912 yillarda Revalda oftalmolog, 1904—1905-yillarda rus-yapon urushi frontida shifokor boʻlgan. 1907-yilda xususiy klinikaga asos solgan estoniyalik shifokorlardan biri boʻlgan. Friedrich Akel Tallin shahar dumasi raisi, faxriy kelishtiruvchi sudyasi ham boʻlgan.
Siyosatchi va diplomat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Friedrich Akel Shimoliy Boltiqboʻyi shifokorlar ittifoqi va Tallin xalq taʼlimi jamiyati kengashi aʼzosi, „Kalev“ sport jamiyati raisi, Tallin jamgʻarma va kredit uyushmasi aʼzosi va boshqaruvi raisi, keyinroq esa Tallinn Krediitpank (Kreditbank) boshqaruvi rais boʻlib ishlagan. 1920—1922-yillarda Estoniya Yevangelist Lyuteran cherkovi konsistoriyasining dunyoviy vitse-prezidenti boʻlgan[2].
1922—1923-yillarda Estoniyaning Finlyandiyadagi elchisi. 1923—1924, 1926—1927, 1936—1938 yillarda Estoniya tashqi ishlar vaziri[2]. 1924-yil 26-martdan 16-dekabrgacha riigivanem (davlat boshligʻi) boʻlgan, bu lavozimda boʻlganida kommunistlar davlat toʻntarishini amalga oshirishga urinishadi (1924-yil 1- dekabr), ammo toʻntarish muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Akel hukumati aʼzolaridan biri, transport vaziri Karl Kark oʻldirilgan, ammo oʻzi tirik qolgan. 1928—1934-yillarda Shvetsiya va Daniyada elchi, 1934—1936-yillarda Germaniya va Gollandiyada elchi boʻlgan. Rahvuskoguning (Estoniya milliy majlisi) uchinchi chaqiriq Riigikogu aʼzosi va oltinchi chaqiriq Riigikogu deputati boʻlgan. 1924—1931-yillarda Estoniya Olimpiya qoʻmitasi raisi, 1928—1932-yillarda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi aʼzosi[2] .
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1940-yil 17-oktyabrda NKVD tomonidan hibsga olinib, 1941-yil 3-iyulda otib oʻldirilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „FRIEDRICH-KARL AKEL“ (et). Eesti Kommunismiohvrid 1940-1991. 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Akel, Friedrich“ (et). Eesti Entsüklopeedia (2012). 2017-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.