Estonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Estonlar (oʻzlarini eestlased deb atashadi) — xalq. Estoniyaning asosiy aholisi (963 ming kishi); RFda 46,4 ming kishi (1990- yillar oʻrtalari). Shuningdek, AQSH, Kanada, Shvetsiya va Avstraliyada ham yashaydilar. Umumiy soni taxminan 1,1 mln. kishi (1990- yillar oʻrtalari). Eston tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, lyuteranlar, pravoslavlar ham bor. Asosiy mashgʻulotlari — dehqonchilik, chorvachilik, dengiz sohilida yashaydiganlarniki — baliq ovlash. Shuningdek, E.ning salmoqli qismi sanoatda band.