Fozil odamlar shahri
![]() 1993-yilgi nashridagi muqova | |
Muallif(lar) | Abu Nasr Forobiy |
---|---|
Muharrir(lar) |
Muzaffar Xayrullayev Tohir Ibrohim Amir Fayzulla |
Tarjimon(lar) |
Abdusodiq Irisov Mahkam Mahmud Urfon Otajon |
Muqova artist(lar)i | Abdurahmon Nurqobul |
Mamlakat |
![]() |
Til | Oʻzbekcha |
Janr(lar)i | Tarix, falsafa |
Nashriyot | “Abdulla Qodiriy” nomidagi xalq merosi nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1993-yil |
ISBN | 5-86484-075-0 |
OCLC | 32663116 |
Fozil odamlar shahri (ruscha: „Город мудрецов“) — Abu Nasr Forobiyning oʻrta asrlar sharoitida birinchi boʻlib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida yozgan asari[1].
Mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu asar ijtimoiy hayotning koʻp masalalari — davlatni boshqarish, taʼlim-tarbiya, axloq, maʼrifat, diniy eʼtiqod, urush va yarash, mehnat va boshqa mavzularni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari jamiyatning (insonlar jamoasi) kelib chiqishi, adolatli jamiyatga erishish yoʻllari, fozil shahar hokimi va aholisining fazilatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qoʻyish kabi masalalar bayon etiladi. Forobiy jamiyat (inson jamoasi)ning kelib chiqishi haqida quyidagicha yozadi:
Forobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat kamolatga erishishining zaruriy vositasi, deb hisoblaydi. Butun insonlarni oʻzaro hamkorlikka, xalqlarni tinchlikka chaqiradi, dunyoda yagona inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. Mutafakkir inson qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatga qarshi chiqadi. Doimiy urushlar va bosqinchilikka asoslanuvchi jamiyatni adolatsiz, johil jamiyat sifatida qoralaydi[2][3].
Nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlab asar 1993-yilda “Abdulla Qodiriy” nomidagi xalq merosi nashriyotida[1], 2004-yilda “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotida Abdusodiq Irisov, Mahkam Mahmud va Urfon Otajon tarjimasida asosida nashr etilgan[2]. 2016-yilda esa “Yangi asr avlodi” nashriyotida qayta nashr etilgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent: "Abdulla Qodiriy" nomidagi xalq meʼrosi nashriyoti, 1993 — 320-bet. ISBN 5-86484-075-0. OCLC 32663116.
- ↑ 2,0 2,1 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri Muhiddin Omon: . Toshkent: "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2004 — 160-bet.
- ↑ 3,0 3,1 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri Muzaffar Xayrullayev, Muhammadjon Jakbarov: . Toshkent: "Yangi asr avlodi" nashriyoti, 2016 — 320-bet. ISBN 978-9943-27-613-0.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiiqtibosda Fozil odamlar shahriga tegishli iqtiboslar mavjud. |