Foydalanuvchi munozarasi:Nataev/Arxiv 5

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Andozalar

Salom. Andoza:Businessperson-stub andozasini yaratib bera olasizmi va yana {{royal-stub}} andozasi talabga javob bermaydi. oldindan rahmat. Umarxon III (munozara) 18:48, 6-Yanvar 2015 (UTC)

Salom, Umarxon III! Munozaralarda avval muhokama qilinmagan mavzuda savol berayotib yangi boʻlim yarating, iltimos. Birinchi andozani enwikidagi kabi {{Andoza:Business-bio-stub}} deb nomlab yaratdim. {{royal-stub}} andozasini boʻlsa oʻnglab qoʻydim. Oʻzingiz yana oʻzgartirishingiz mumkin. „Royalty“ soʻzini tarjima qilishda qiynaldim. Nataev munozara 08:10, 7-Yanvar 2015 (UTC)
Katta rahmat! Umarxon III (munozara) 06:16, 9-Yanvar 2015 (UTC)
Salom. Iltimos, tarixiy davlatlar haqidagi {{History-stub}} andozasini yaratib bering. Oldindan rahmat. Umarxon III (munozara) 14:31, 5-Fevral 2015 (UTC)
Yaratdim. Oʻzbekiston tarixi haqidagi chala maqolalarda mana bu andozadan foydalanishingiz mumkin. Nataev munozara 14:52, 5-Fevral 2015 (UTC)
Xayrli kun! Iltimos Ruanda tili (Kinyarwanda) haqidagi {{lang-rw|}} andozasini yaratib bering. Umarxon III (munozara) 12:04, 2-Aprel 2015 (UTC)
Salom! Yaratdim. OʻzMEda „kinyaruanda tili“ deb yozilgan ekan. Nataev munozara 12:55, 2-Aprel 2015 (UTC)
Salom! Prezidentlar haqidagi {{president-stub}} andozasini yaratib bersangiz. Oldindan rahmat. Umarxon III (munozara) 22:22, 16-Sentabr 2015 (UTC)
OK. Bugun yarataman yaratdim. P.S. Yana takrorlayman, eskirgan mavzuda xabar qodirayotib yangi boʻlim yarating. Nataev munozara 03:19, 17-Sentabr 2015 (UTC)

(!) haqida!

Salom, bu maqolada men biroz adashdim! Men mobil qurilmam yordamida bu maqolani yaratgan edim! Negadir mobil qurilma orqali Vikifikatorni topa olmayapman! Malol kelmasa Ushbu maqolani biroz tartibga keltirib va iloji bo'lsa interviki o'rnatib bersangiz! Mobil qurilmada qiynalayapman! Va so'ramoqchi bo'lganim bu yil ham Wikimania konferensiyasi bo'ladimi? Potter Uz (munozara) 12:10, 20-Yanvar 2015 (UTC)

Salom! VP:Vikifikator ayrim mobil moslamalardi chiqmaydi. Shuning uchun iloji boʻlsa kompyuterda tahrir qilgan maʼqul. Thomas Jefferson maqolasi boshqa vikilarga ulangan. Bu yil ham Vikimania boʻladi, ha. Konferensiyaning rasmiy saytida kerakli maʼlumotni olishingiz mumkin. Nataev munozara 12:29, 20-Yanvar 2015 (UTC)

Salom

Salom, siz bir ispan milliy qahramon tomonidan bu maqolani yaxshilashga yordam berishingiz mumkin. Amaro Pargo.--83.42.35.128 10:48, 21-Yanvar 2015 (UTC)

Google Translate? Nataev munozara 10:57, 21-Yanvar 2015 (UTC)
The article was very small and enlarge them. You can correct what I've done, thanks.--81.44.181.158 10:01, 22-Yanvar 2015 (UTC)
Please do not add anything that was translated using Google Translate. It makes no sense. Nataev munozara 10:08, 22-Yanvar 2015 (UTC)
Can you add more information to your life correctly translated into Uzbek.--81.44.181.158 12:39, 22-Yanvar 2015 (UTC)
Well, it looks your English isn't any better. I have no idea what you're trying to say. Nataev munozara 13:14, 22-Yanvar 2015 (UTC)
I say if you can expand the article.--81.44.181.158 15:38, 22-Yanvar 2015 (UTC)
I say no. Don't find the topic interesting. Not at all. Nataev munozara 15:50, 22-Yanvar 2015 (UTC)
A national hero is not interesting ?. Wikipedia should be informed, whether or not interesting articles. — Bu xabarni 81.44.181.158 (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
Well, let me just say that an average Uzbek doesn't give a flying f#&% about some obscure pirate. And nobody has to to contribute to Wikipedia. It's all voluntary. I write about whatever I want to write about. Nataev munozara 06:10, 23-Yanvar 2015 (UTC)

Masjid andozasi

Salom! Iltimos, masjidlar haqidagi {{mosque-stub}} andozasini yaratib bersangiz. Oldindan rahmat. Umarxon III (munozara) 13:01, 28-Yanvar 2015 (UTC)

Yaratdim. Nataev munozara 17:49, 28-Yanvar 2015 (UTC)

Avtomatik yordamchi

Iltimos menga Bot yaratishda yordam bering. U menga juda ham kerak. Hurmat bilan--Bir soddadil Uzbek (munozara) 14:50, 4-Fevral 2015 (UTC)

Salom! Bot yaratishni men ham bilmayman. Bot yaratish uchun programmalashdan xabardor boʻlish kerak adashmasam. Nataev munozara 15:00, 4-Fevral 2015 (UTC)

File:Idioma_uzbeko.png

Eski boʻlsa ham bitta manba bor: Этнический атлас Узбекистана, Т., 2000. --Xusinboy Bekchanov (munozara) 18:32, 7-Fevral 2015 (UTC).

Ajoyib! Nataev munozara 04:35, 8-Fevral 2015 (UTC)

Parviz Yakhyayev

Assalom aleykum nega bu maqolani nega o'chirish tavsiya etilyabdi qaysi qoidalar buzilgan men hali wikipaediada yangiman iltimos yordam bervoring? — Bu xabarni Бахадур Мустафа (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Salom! Javobni maqola munozarasida yozdim. Iltimos, munozara sahifalarida imzo cheking. Nataev munozara 15:24, 8-Fevral 2015 (UTC)

Administratorlikka nomzodimni qo'ymoqchiman

Assalomu aleykum sayt administratorlari. Men ham sizlarning safingizga qo'shilishni xohlardim. To'g'ri, maqolalarim ko'p emas, ammo kelajakda ularning safi anchagina kengayadi. Administratorlikka nomzodimni qo'yishdan maqsad saytni turli bezorilar , noensiklopedik maqolalardan tozalash, sifatli maqolalarni himoyalash kabi imkoniyatlarga ega bo'lishdir va bu maqsadlarda erishishimga ko'mak berasizlar degan umiddaman. Amir.Temur7

Salom! Administrator boʻlish uchun Vikipediya qoidalarini yaxshi bilish, faol tahrir qilish, munozaralarda faol qatnashish kerak. Siz bir dona chala roʻyxat yaratibsiz endi. Keyin hozirgacha bor-yoʻgʻi 10 dona tahrir qilibsiz! Bu oz. Juda oz. Shundan kelib chiqib administrator boʻlishingizga hali erta. Avval Vikipediyaga salomqli hissa qoʻshing. Nataev munozara 14:46, 13-Fevral 2015 (UTC)

Administratorlarni bekor qilmoqchiman

Nima uchun adminlar uzvikining bosh sahifani har kuni yangilab turmaydilar? Necha yil oldingi ma'lumotlar turibdi. Masalan: yangiliklarda arabiston qirolining vafoti haqidagi ma'lumot hech bir yangilikka to'g'ri kelmaydi. Химик1991 (munozara) 05:15, 14-Fevral 2015 (UTC)

„Administratorlarni bekor qilmoqchiman“? Misli koʻrilmagan gap boʻldi-ku. Vikipediyaga hissa qoʻshishga hech kim majbur emas. Adminlar ham qolgan barcha foydalanuvchilar kabi qachon xohlasa, qachon vaqti boʻlsa tahrir qiladi. Nataev munozara 05:33, 14-Fevral 2015 (UTC)
Janob Nataev, "Adminlar ham qolgan barcha foydalanuvchilar kabi qachon xohlasa, qachon vaqti boʻlsa tahrir qiladi" bo'lsa, ha bosh sahifani ochib qo'yinglar bo'lmasa.
"Misli koʻrilmagan gap boʻldi-ku" agar shunday bo'lsa yo'qoridagi iboramni genneslar kitobiga kiritish kerak ekan-da! :)))) Химик1991 (munozara) 07:20, 14-Fevral 2015 (UTC)
„Bosh sahifani ochib qoʻyinglar“ — bosh sahifa shundoq ham „ochiq“. „Genneslar kitobi“ emas „Ginness rekordlar kitobi“ boʻladi. Nataev munozara 07:28, 14-Fevral 2015 (UTC)
Men ochib qo'yinglar deb tahrirlashni imkonli qilib qo'yinglar demoqchi bo'lgandim. Iya bu yozishingizdan (Ginness rekordlar kitobi) mendan ancha ilmli ekansizmi? :))))) Химик1991 (munozara) 10:16, 14-Fevral 2015 (UTC)
Bosh sahifadagi himoyani olsak sizga oʻxshagan chalasavodlar oʻzboshimchalik qilib yangilik kirita boshlaydi. Sizga qaraganda ilmliroq boʻlmagan odam yoʻq oʻzi aftidan. Nataev munozara 10:23, 14-Fevral 2015 (UTC)
"Sizga qaraganda ilmliroq boʻlmagan odam yoʻq oʻzi aftidan" mana shu iborangizni umuman tushunmay turibman. Sal yoritish kiritib yo'boring ( endi tushunasiz, savodsizlik nima qilardik). Химик1991 (munozara) 10:36, 14-Fevral 2015 (UTC)
Avval ibora nima ekanligini tushunib oling. Keyin savol bering. Nataev munozara 10:41, 14-Fevral 2015 (UTC)
Men aytgandim-ku borlaringga shukr deb. Bildim ibora nimaligini. Yana savolni takrorlayman "Sizga qaraganda ilmliroq boʻlmagan odam yoʻq oʻzi aftidan" mana shu so'zlaringizni umuman tushunmay turibman (tinish belgilari bo'lsa qo'yib yo'boring). Sal yoritish kiritib yo'boring ( endi tushunasiz, savodsizlik nima qilardik).
Ozgina bosh qotirsangiz yetib boradi. Nataev munozara 11:53, 14-Fevral 2015 (UTC)
Ha endi tushundim. Siz aytmoqchisiz ki mendan boshqa biror ilmsiz bo'lmasa kerak.Химик1991 (munozara) 12:20, 14-Fevral 2015 (UTC)
Shunga yaqin. Nataev munozara 12:21, 14-Fevral 2015 (UTC)
iya yaqini shu bo'lsa anig'i qanday bo'lsa...Химик1991 (munozara) 12:24, 14-Fevral 2015 (UTC)
Mayli, qoʻyavering. Poyezd ketti. Nataev munozara 12:26, 14-Fevral 2015 (UTC)
Siz nima ish bilan band bo'lasiz har kuni? Bugun faqat vikida bo'ldingiz shunga so'rayapman. Yana bir gap: kettida 2 ta t bo'lishi til qoidalaridanmi (ketdi emasmi)? Химик1991 (munozara) 12:34, 14-Fevral 2015 (UTC)
Nima ish qilishim haqida hisobot berib oʻtirmayman. „Ketti“ shevada. Adabiy tilda „ketdi“ boʻladi. Nataev munozara 12:37, 14-Fevral 2015 (UTC)
sizni sahifangizga hujum bo'libdimi? Nima gap? Jahlingiz chiqmadimi bu ishdan? Химик1991 (munozara) 12:57, 14-Fevral 2015 (UTC)
Tez-tez boʻlib turadi. Ogohlantirdim. Yana buzgʻunchilik qilsa bloklanadi. Nataev munozara 12:59, 14-Fevral 2015 (UTC)
Ha o'zingizni asrang. Har xil gaplarga berilmang. Sizga o'xshaganlar hali ko'p kerak bo'lasizlar o'zvikiga. Men bir yo'lchi xolos. Bir yo'llab o'tdimda. Bu yog'i sizlarga. Yana administratorlarni bekor qilmang :). Men o'qishim kerak. Yaxshi doktor bo'lishim kerak. Xayr, yana yozishguncha....Химик1991 (munozara) 13:55, 14-Fevral 2015 (UTC)
Muruvvatingiz uchun rahmat. Oʻzingizni qiziqtirgan mavzularda foydali tahrirlar qilib siz ham oʻzbekcha Vikipediyaga hissa qoʻshishingiz mumkin. Nataev munozara 13:58, 14-Fevral 2015 (UTC)

Islom Karimov

Nataev, nima uchun siz Islom Karimov sahifasidagi mening tahririmni - yil so'zini bekor qildingiz? Qaeri xato bo'lgandi? Химик1991 (munozara) 07:25, 14-Fevral 2015 (UTC)

„dan beri“ beri bold, „yil“ boʻlsa plain boʻlib qolgani uchun. Nataev munozara 07:32, 14-Fevral 2015 (UTC)
iya mendan yana ilmli ekansiz-ku! (Qanday qilib odamlarni o'zimdan past ilmsiz qilsam ekan a? :)))))) hazil mumkindir...)
Endi, ilmli aka, menga aytingchi bold nimayu plain nima? E borlaringga shukr! Химик1991 (munozara) 10:24, 14-Fevral 2015 (UTC)
Bold – жирный. Shriftni nazarda tutgandim. Nataev munozara 10:30, 14-Fevral 2015 (UTC)
yil so'zini turgani ham yaxshi deb o'ylayapman. Mansabda 1991 dan beri. Bu erda 1991 nima ekanligi noma'lum. Shunga yilni qo'shish kerak. Agar spain bo'lib qolsa bold qilish uchun boshqa biror ilojini toparsiz. Химик1991 (munozara) 11:10, 14-Fevral 2015 (UTC)
Tuzatib qoʻydim. Nataev munozara 12:06, 14-Fevral 2015 (UTC)
E gap yo'q. Mendan ham durust fikr chiqar ekanmi deyman... xafa bo'lmang men shunchaki kam - kam hazillashsam. Chuqur hurmat bilan Химик1991 (munozara) 12:12, 14-Fevral 2015 (UTC)
Xafa boʻlishimga arzimaydi. P.S. Munozaralarda javob yozayotib ikki nuqtadan foydalansangiz yaxshi boʻlardi. Shunda har bir javob ajralib turadi. Nataev munozara 12:15, 14-Fevral 2015 (UTC)

Qarshiman

Salom janob Nataev! Nega siz Ahad Qayum sahifasini yo'qotish niyatidasiz? Agar xato(lar) bo'lsa ayting, tuzataman. Umuman olganda men Ahad Qayum sahifasini yo'qotilishiga qarshiman. Hurmat bilan Amir.Temur7 (munozara) 10:21, 14-Fevral 2015 (UTC)

Alik! Vikipediyada ensiklopedik ahamiyatga ega mavzularda maqola yozish mumkin. Ahad Qayum haqida nufuzli manba boʻlsa topib maqolaga qoʻshing. Aks holda maqola oʻchiriladi. YouTube, muloqot.uz kabi ijtimoiy tarmoqlar, bloglar nufuzli manba boʻla olmaydi. Nataev munozara 10:26, 14-Fevral 2015 (UTC)
Youtube va muloqot.uz ni o'chirdim. Ahad Qayum sahifasini tezda yo'qotish turkumidan chiqarishingizni so'rayman.
Siz havola bilan manbani adashtirayapsiz. Havolalar safida YouTube boʻlishi mumkin. Ahad Qayum haqidagi maqolada hali bir dona ham manba yoʻq. Nufuzli manbalar haqida mana bu yerda oʻqing. Keyin mana bu munozara bilan ham tanishsangiz nima demoqchi ekanligimni yaxshiroq tushunasiz. Nataev munozara 11:57, 14-Fevral 2015 (UTC)

NEGA?

Admin nega Aleksandr Genrix sahifasini o'chirmoqchisiz? Amir.Temur7 (munozara) 11:06, 14-Fevral 2015 (UTC)

Bu maqolada ham manba yoʻq. Gazeta-jurnallarda, nufuzli saytlarda, kitoblarda u haqida yozilgan boʻlsa oʻshalarni manba sifatida keltiring. Nataev munozara 12:00, 14-Fevral 2015 (UTC)

Foydalanuvchi sahifam

Salom! Nataev. Mening sahifamga qarab yo'boring, iltimos. Ko'p joylarini to'g'rilab bersangiz. Qaerdan o'rgansam bo'ladi sizdek vikini tushunadigon darajada? Химик1991 (munozara) 04:38, 15-Fevral 2015 (UTC)

Salom! Munozaralarda avval muhokama qilinmagan mavzuda yozish uchun yangi ostboʻlim yaratsangiz yaxshi boʻlardi. Aynan nimasini toʻgʻrilash kerak? Siz ishlatmoqchi andoza yoʻq boʻlsa uni yaratish kerak. Boshqa tilda shunga oʻxshash andoza boʻlsa koʻchirib oʻtib kerakli yerlarini tarjima qilsa boʻladi. Masalan, geografiyaga qiziqish haqida Inglizcha Vikipediyada mana bu andoza bor ekan. Shu andozani Oʻzbekcha Vikipediyaga koʻchirib oʻtib kerakli joylarini tarjima qildim. Tayyor andozani mana bu yerda koʻrishingiz mumkin. Endi istalgan foydalanuvchi oʻz sahifasida {{User interest geography}} deb yozsa mazkur andoza koʻrinadi. Nataev munozara 06:22, 15-Fevral 2015 (UTC)
Rahmat va tashakkurlar bilan yangi vikichi Химик1991 (munozara) 07:03, 15-Fevral 2015 (UTC)
Bemalol! Nataev munozara 07:15, 15-Fevral 2015 (UTC)
Iya Nataev siz ham hazil odam emas ekansiz-ku! Men siz haqingizda saytingizda o'qidim. Agar islomda mumkin bo'lganida sizga byust qo'yish kerak bo'lardi... buncha kitodlarni,oliy o'quv yurtlarini qachon o'qishga ulgurgansiz. Shuncha ishlar qatorida musulmonchilikka ham amal qilib yuring afsus qilmaysiz. Sizni erishgan yutuqlaringiz bilan tanishib "essiz umrim bekor o'tibdi" deb, chuqur afsus chekayotgan --Химик1991 (munozara) 10:24, 15-Fevral 2015 (UTC)
Ha endi qoʻldan kelganicha. Taqvodor boʻlish yoki boʻlmaslik har kimning shaxsiy ishi. Soʻramagan kishiga maslahat berish nooʻrin. Nataev munozara 10:48, 15-Fevral 2015 (UTC)

Tojik tili andozasi

{{user tg-0}}, {{user tg-1}}, {{user tg-2}}, {{user tg-3}}, {{user tg-4}}, {{user tg-5}} bu andozalarni yaxshilash kerak deb o'ylayman. Andozalar tojikvikida boshqacha. Shunga sizning yordamingiz kerak. --Химик1991 (munozara) 10:37, 15-Fevral 2015 (UTC)

Andozalarni tuzatdim. Yoʻqlarini yaratdim. Tojikcha Vikipediyada ham {{user tg-5}} yoʻq ekan. Nataev munozara 11:14, 15-Fevral 2015 (UTC)

Oʻzbek tili andozasi

{{user uz-4}} bu erdagi aʼlo daraja kamgina xatoga oʻxshaydi. Aʼlo darajani oʻrniga ona tilidek biladi deb yozish kerak. hozir {{user uz-5}} ishlamaydi. keyin uz-5ni aʼlo qilsa boʻlsa kerak. Shu andozalarni toʻgʻrilab qoʻying, iltimos bilan --Ximik1991 (munozara) 10:52, 15-Fevral 2015 (UTC)

Yaxshi taklif. Tuzatib chiqdim. Xullas bu andozalar Oʻzbekcha Vikipediayda ham, translatewikida ham bor. Ular ikkala joyda ham bir xil boʻlishi kerka. Shunday qildim. Nataev munozara 11:41, 15-Fevral 2015 (UTC)
Toʻgʻrilaganingiz uchun rahmat. Lekin {{user uz-3}} da mukammal biladi deyilgan. Mukammal bilish bilan ona tilidek bilishni nima farqi bor? Ruscha vikida 3- til kategoriyasida ozod biladi (svobodno vladeet) deyilgan. Mukammalni ham ozod qilsakmi? Yana aytmang tirnoqni ostidan kir qidiradiganlardan ekansanku deb. Men faqat har ishni mukammal boʻlishini xohlayman xolos. Hurmat bilan --Ximik1991 (munozara) 12:57, 15-Fevral 2015 (UTC)
Juda lanjilladingizda. „Svobodno vladeet“ jumlasi „ozod biladi“ deb tarjima qilinmaydi. „Ozod“ soʻzining maʼnosi bilan tanishib oling. Ishni mukammal qilishni xohlaydigan boʻlsangiz (1) oʻ/gʻ harflarini hamda tutuq belgisini toʻgʻri yozishni (VP:Vikifikatordan foydalanishni), (2) munozarada javob yozayotganda yuqoridagi javobdagidan bitta koʻp ikki nuqta qoʻyishni, (3) keraksiz joylarda andoza aks etmasligi uchun uni <nowiki></nowiki> ichiga olib yozish kerakligini, (4) lotin yozuvida toʻgʻri yozishni („bu erdagi“ emas „bu yerdagi“ deb yozishni) oʻrganib oling. Nataev munozara 13:22, 15-Fevral 2015 (UTC)
„Juda lanjilladingizda“ (lanjlandingiz boʻlsa agar) shu soʻzlaringiz mix qoqgandek menga taʼsir qildi. Bu soʻzlaringizni baqirib aytgandek qaboʻl qildim. Qolgan maslahatlaringizni ham koʻrib chiqdim.--Химик1991 (munozara) 14:31, 15-Fevral 2015 (UTC)
Ha, yaxshi. Nataev munozara 16:15, 15-Fevral 2015 (UTC)

Yordam

Salom Nataev. Vikiomborga qanday qilib rasm yuklash (boshqa saytlardan) haqida maʼlumot bersangiz. Men yaratmoqchi boʻlgan sahifalarimga oid bir qancha tasvirlar yetishmayapti. Iltimos bilan "Amir.Temur7 (munozara) 04:51, 17-Fevral 2015 (UTC)"

Vikiomborga faqat oʻzingiz yaratgan tasvirlarni yuklash mumkin. Mualliflik huquqlari buzilmasligi kerak. --Sociologist--munozara-- 04:55, 17-Fevral 2015 (UTC)
Qanday qilib yuklashni o'rgating Amir.Temur7 (munozara) 05:44, 17-Fevral 2015 (UTC)
Mana bu yerda Vikiomborga fayl yuklash boʻyicha kerakli maʼlumotlarni topasiz. Avval Vikipediyada tahrir qilish bilan yaqindan tanishib chiqsangiz yaxshi boʻlardi. Manbalarni toʻgʻri qoʻsha olmayapsiz. Yaxshi maqolalarda manbalar qanday ishlatilgani bilan tanishib chiqing. Nataev munozara 08:17, 17-Fevral 2015 (UTC)

Nuqta

Salom Nataev. Ruscha andozadagi til bilishlik haqidagi maʼlumotlar oxirida (user ru: Dlya etogo uchastnika russkiy yazik yavlyaetsya rodnim) nuqta qoʻyiladimi?--Химик1991 (munozara) 10:59, 18-Fevral 2015 (UTC)

Ruscha vikida nuqta yoʻq ekan. Qoʻymasa ham boʻladi. Qoʻyilsa ham boʻlaveradi. Nataev munozara 12:09, 18-Fevral 2015 (UTC)
Nima uchun men yoʻqorida qoʻygan ikki nuqtadan keyingi yulduzchani (*) oʻchirdingiz? Boʻlmasa yulduzcha qaerda ishlatiladi? --Химик1991 (munozara) 13:43, 18-Fevral 2015 (UTC)
Nuqta indentation uchun. Yulduzcha roʻyxat tuzganda ishlatiladi asosan. Nataev munozara 15:14, 18-Fevral 2015 (UTC)

Administratorman deb...

Hurmatli Nataev bu qilgan ishingiz meni yaxshigina ranjitdi. Men yaratgan Ahad Qayum sahifasini manbani bahona qilib o'chiribsiz. Nima endi administratorman deb o'ziga yoqqan maqolani himoyalab, yoqmaganini chiqitga chiqaraverasizmi? Bu maqolada manba nufuzli bo'lmasa ham yo'qdan ko'ra bor-ku! O'zbekcha wikida hatto umuman manbasi bo'lmagan maqolalar tiqilib yotibdi.

Manbasiz maqolalar: Ospitaletto Azzano Mella Adro Yashiq kabi. Bularning safi mingdan ziyod. Nega ularni o'chirmaysiz? Sababini ayta olasizmi? Amir.Temur7 (munozara) 18:24, 18-Fevral 2015 (UTC)
Ahad Qayum haqidagi maqolada boʻlmagʻur saytni manba qilib koʻrsatgansiz. U haqida nufuzli manbalarda maʼlumot topilishi amri mahol. Topilsa maqolani bemalol boshidan yaratsangiz boʻladi. Ammo bir haftada ham topa olmadingiz manba. Topishingizga ishonmaymanam. Boshqa manbasi yoʻq maqolalar koʻpligi uchungina har bir manbasiz maqola saqlanib qolinmaydi. Baʼzi hollarda manba boʻlmasa-da, mavzu muhim. Ospitaletto va Adro shaharlar, Azzano Mella — kommuna. Ular haqida Vikipediyaning boshqa tillardagi boʻlimlarida yetarlicha manba bor. Yashiq boʻlsa butun boshli oʻzbek qabilasi. Bundan tashaqari, maqolada katta qilib „Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan“, deb yozib qoʻyilgan. Yaʼni, maqola manbasi OʻzME. Ahad Qayum boʻlsa ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan shaxs. Nolimasdan Vikipediya qoidalari bilan tanishib chiqing. Maqolalaringiz qoldirilishini istasangiz, avval izlanib manba toping. Nataev munozara 18:44, 18-Fevral 2015 (UTC)
Ahad Qayum kimligini bilasizmi o'zi? Bilmasangiz bilib qo'ying: u kelajagi buyuk o'zbek shoiridir. Uni ensiklopedik ahamiyatga ega bo'lmagan shaxs deb aytibsiz. Xo'sh, bo'lmasa allaqanday amerika pop qo'shiqchilari o'zbekcha wikiga munosib shaxslarmi? Ahad Qayum sahifasini o'chirishdan oldin o'ylamadingizmi? Balki u haqida qiziqib, malumot qidiruvchilar ham bordir deb. Sizdan wikipedia qonun qoidalariga muvofiq talab qilaman, Ahad Qayum sahifasini o'chirishdan oldin (uni qaytaqgandan keyin)munozara sahidasida "U o'chirilsinmi?" deb foydalanuvchilar fikrini bilishimiz lozim! A.Q sahifasini qaytaring va uni o'chirilishi haqida ovozga qo'ying! Agar ovoz berganlarning 50% idan ko'pi o'chirishga rozi bo'lsa, mayli qayta o'chirasiz. Amir.Temur7 (munozara) 01:32, 19-Fevral 2015 (UTC)
„Kelajagi buyuk oʻzbek shoiridir“? Oʻsha kunlarga yetkanida maqola yaratasiz. Yoki u haqida nufuzli manbalarda yozishganidan keyin. Siz aytgan „allaqanday pop qoʻshiqchilar“ haqida yetarlicha manba boʻlgani, ular haqida boshqa tildagi Vikipediyalarda maqolalar bor boʻlgani uchun bizdagi maqolalar saqlab qolingan. Nufuzli manba keltirilmagan maqolani oʻchirish-oʻchirmaslik haqida muhokama qilinmaydi. Qoidalar bilan yaxshi tanishib chiqing. Ayniqsa mana bu qoida bilan. Nataev munozara 03:16, 19-Fevral 2015 (UTC)
Menga bo'lsa wikidagi hamma maqolani o'chirib tashlamaysizmi. Sizdan shaxsiy manfaati uchun ishlayotgam odamni isi kelyapti. Amir.Temur7 (munozara) 06:02, 19-Fevral 2015 (UTC)
Yoʻgʻ-e? Qanaqa manfaat uchun ekin? Ad hominem argument boʻldi bu. Nataev munozara 06:15, 19-Fevral 2015 (UTC)
E Nataev, sizga gap yoʻq degandim-ku. Bu argumentni (Ad hominem) bilganingizni qarang. Men bilmayman ikki kishini oʻrtasiga qoʻshilish qanday argument boʻladiyu lekin Amir.Temur7ning gaplariga qaraganda kimdir (Ahad Qayumning dushmani) sizga biror bir mablagʻ berib A.Q. haqidagi sahifani oʻchirishni taklif qilgan va siz rozi boʻlgansiz. Lekin bir narsa sir emas. Siz A.Q. sahifasiga nufuzli manba kiritishni soʻradingiz xolos. Manba topilmagach vikipediya qoidasiga binoan u sahifani oʻchirdingiz. Sizdagi bir qarshilik nufuzli manbaning yoʻqligi xolos. Demak manba topish kerak. Boʻlsa topish, boʻlmasa paydo qilish. Paydo qilish sizning vazifangiz emas shuning uchun kimga A.Q. sahifasi kerak boʻlsa oʻsha odam manba paydo qilsin. Manba paydo qilish: 1. A.Q. yoki uning tarafdorlari Oʻzbekiston shoirlari haqida yangi ensiklopediya tuzib chopdan chiqarishsin (albatta bu ensiklopediyada A.Q. haqida maʼlumot boʻlishi shart); 2.Manba boʻlishga yaroqli gazeta va jurnallarga maqola chiqarishni buyurtma bersinlar; 3.Ozodlik va BBC (shularga oʻxshash OAV)ga A.Q. haqida eshittirish berishni iltimos qilishsin. --Химик1991 (munozara) 10:26, 19-Fevral 2015 (UTC)
Ha-ha, maqola oʻchirib qanday foyda topsa boʻladi, deb oʻylayotgandim. Yaxshi gaplarni yozibsiz. Aslida adminisratorlar yoki umuman hech qaysi foydalanuvchi unga qiziq boʻlmagan mavzuda izlanib manba topishga majbur emas. Siz aytgandek, mavzuga qiziqqan odam oʻzi jon kuydirishi kerak. Nataev munozara 11:16, 19-Fevral 2015 (UTC)

Tekshirish

Men sizdan Feruzjon.M (munozara)ning tahrirlarini bir koʻrib chiqishingizni iltimos qilardim. Bu foydalanuvchi sahifalarni tozalab yuribdi shekilli. Sizni sahifangizni ham shu faydalanuvchi tozalagan edi. Yana bir dalel bugun Nisbiy atom massa nomli sahifa shu foydalanuvchi tomonidan tozalanilgan ekan. --Ximik1991 (munozara) 16:57, 19-Fevral 2015 (UTC)

Ha, koʻzim tushdi. Bir oy muddatga blok qildim uni. Bir qarasangiz maqolalarni tanlangan maqola darajasiga olib chiqish haqida soʻraydi, bir qarasangiz vandallik qiladi. Nataev munozara 17:12, 19-Fevral 2015 (UTC)

Statistika

Hurmatli Nataev, vikipediyaga qancha foydalanuvchi kirganini, ulardan qanchasi qancha tahrir qilganini, bir kunda qilingan tahrirlarni qanday bilsa boʻladi? --Ximik1991 (munozara) 07:04, 21-Fevral 2015 (UTC)

Mana bu yerda Oʻzbekcha Vikipediya haqida umumiy statistika berilgan. U yerda barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar sonini va oxirgi 30 kun ichida kamida bitta amal qilgan foydalanuvchilar sonini koʻrishingiz mumkin. Biror-bir foydalanuvchining viki faoliyati bilan bilan mana bu andozani ishlatib tanishishingiz mumkin. Bir kunda qilingan barcha tahrirlarni yangi oʻzgarishlar sahifasida koʻrishingiz mumkin. Mana bu yerda boʻlsa Oʻzbekcha Vikipediya haqida qoʻshimcha statistika berilgan. Nataev munozara 09:14, 21-Fevral 2015 (UTC)

Andoza nomi

Nataev, andozalarning nomini oʻzgartirib boʻladimi masalan Andoza:Mirzo dinini Andoza:Foydalanuvchi musulmonga? --Химик1991 (munozara) 10:16, 21-Fevral 2015 (UTC)

Ha, bu oson. Deraza yuqorisida, „tarix“ yonidagi „yana“ degan joyda sahifani koʻchirish varianti bor. Nataev munozara 10:26, 21-Fevral 2015 (UTC)

Vikiombor

Nima uchun bosh sahifadan vikiomborga kirsa ruscha variantiga oʻtadi yoki oʻzi shunday toʻgʻrimi? --Ximik1991 (munozara) 16:21, 21-Fevral 2015 (UTC)

Avtomatik yoki inglizcha, yoki ruscha ochiladi. Biror til tanlansa keyingi safar oʻsha tilda ochadi. Men oʻzbek tilini tanlaganim uchun menda oʻzbek tilida ochiladi. Nataev munozara 17:08, 21-Fevral 2015 (UTC)
Nataev, vikiombor hamma boʻlimlar (uz-,tg-, ru-,... envikilar) uchun birmi yoki alohidami? --Химик1991 (munozara) 15:52, 22-Fevral 2015 (UTC)
Vikiomborga yuklangan fayllardan barcha tildagi Vikipediyalarda foydalanish mumkin. Nafaqat Vikipediyalarda — Vikimedia Fondining barcha loyihalarida. --Sociologist--munozara-- 17:40, 22-Fevral 2015 (UTC)

Andoza

Hozirgina bir andoza tuzgan edim siz oʻchirdingizmi? --Химик1991 (munozara) 17:22, 21-Fevral 2015 (UTC)

Ha shunday andoza bor ekan ishlatib turmaysizmi bizlar borligini koʻrib qayta yaratmasdik. Men xursand boʻlayotgan edim andoza yaratdim deb. Qarasam birdan yoʻq boʻlib qoldi. Men bu andozani tojikcha vikida koʻrgandim, oʻsha yerdan oldim-da. --Химик1991 (munozara) 17:37, 21-Fevral 2015 (UTC)
Kerakli yerlarda ishlatilgan. Nataev munozara 17:44, 21-Fevral 2015 (UTC)

Yangi sahifa yaratish

Nataev, qanday qilib yangi nom bilan yangi sahifa yaratish mumkin. --Химик1991 (munozara) 15:47, 22-Fevral 2015 (UTC)

  • 3 yoʻli bor:
    • Qizil havola yaratib, u orqali maqolani yaratishga oʻtish. Masalan, [[Maqola nomi]] deb yozsangiz Maqola nomi degan qizil havola paydo boʻladi, unga bossangiz «Maqola nomi» degan sahifa ochiladi.
    • Qidiruv orqali maqolani yaratishga oʻtish. Qidiruv oynasiga Maqola nomi deb yozasiz, qidiruvni ishga tushirasiz. Bunday nomli maqola boʻlsa koʻrsatiladi, aks holda yuqorida aytilgandek qizil havola beriladi.
    • Internet-adres yozish orqali maqolani yaratishga oʻtish. Brauzerning internet-adreslar yoziladigan qatoriga, masalan, https://uz.wikipedia.org/wiki/Maqola_nomi deb yozib, Enterni bossangiz «Maqola nomi» degan sahifa ochiladi, Yaratish tugmasini bosib yarataverasiz. --Sociologist--munozara-- 17:40, 22-Fevral 2015 (UTC)

Tarjima

Nataev, iltimos, shuni tarjima qilib bersangiz: User Tajikistantan bu tojikistonlik foydalanuvchi deganimi yoki oxirgi tan ortiqchami? --Химик1991 (munozara) 14:04, 23-Fevral 2015 (UTC)

Tuzatdim. Nataev munozara 14:22, 23-Fevral 2015 (UTC)
Andozani tuzatib oʻzingiz xato qilibsiz-ku (tazatdim)! --Химик1991 (munozara) 14:36, 23-Fevral 2015 (UTC)
Uni ham tuzatdim. Nataev munozara 14:38, 23-Fevral 2015 (UTC)

Adminlikga nomzod

Men admin boʻlish uchun nomzodimni qoʻydim. Iltimos ovoz bering. Hurmat bilan--Bir soddadil Uzbek (munozara) 14:24, 23-Fevral 2015 (UTC)

Ovoz berdim. Xafa boʻlmaysiz deb umid qilaman. Nataev munozara 14:53, 23-Fevral 2015 (UTC)
Biz ham ovoz bersak boʻladimi yoki faqat adminlarmi? --Ximik1991 (munozara) 15:57, 23-Fevral 2015 (UTC)
Har qanday ishtirokchi ovoz bera oladi. Ammo avval nomzodning qoʻshgan hissasiga bir nazar tashlang. Nataev munozara 16:03, 23-Fevral 2015 (UTC)

Visual Editor

Nataev, Visual Editor nima yoki u haqida qayerdan maʼlumot olsa boʻladi? --Химик1991 (munozara) 14:13, 25-Fevral 2015 (UTC)

Mana bu yerda. Nataev munozara 15:19, 25-Fevral 2015 (UTC)

Adabiyot personajlari

Salom Nataev!!! Menga iltimos ruschadagidek (Literaturniy personaj) andozasini yaratib bering. Menga ohirgi paytda juda asqotyapti. Tezroq yaratib bersangiz yaratgan maqolalarimda bidaniga oʻzgarishlarni amalga oshirardim. Iltimosimni yerda qoldirmasligingiz uchun ham, sizga murojat qildim. Hurmat bilan Bir soddadil Uzbek (munozara) 19:17, 25-Fevral 2015 (UTC)

Salom! Andoza yaratishga uncha xushim yoʻq. Qarab koʻraman. Nataev munozara 05:00, 26-Fevral 2015 (UTC)
Nataev, iltimos qarabyoʻboring Andoza:Adabiy qahramon xato boʻlsa urishmassiz --Ximik1991 (munozara) 10:50, 26-Fevral 2015 (UTC)
Yaxshi-yu, andozaning hujjat sahifasidagi ruscha soʻzlarni ham andozadagidek qilib tarjima qilib chiqsangiz undan ham yaxshi boʻlardi. Mana bunday qilib. Nataev munozara 11:56, 26-Fevral 2015 (UTC)
Siz aytgandek qildimu nimagadir andoza:Olimdek boʻlmadi. Nima qilish kerak deysiz? Shuncha tahrir bekormi deyman…--Ximik1991 (munozara) 12:49, 26-Fevral 2015 (UTC)
Yaxshigina ishlayapti. Ammo mana bunga oʻxshash xatolar sabab baʼzi bir qatorlar ishlamasligi mumkin. Asta-asta oʻnglab boramiz. Nataev munozara 13:47, 26-Fevral 2015 (UTC)

Savol

Adminlikka nomzod qanday qo'yiladi va qanday ovoz beriladi? Amir.Temur7 (munozara) 09:22, 26-Fevral 2015 (UTC)

Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar. Nataev munozara 10:25, 26-Fevral 2015 (UTC)

Link

Nataev, men oʻylayman-ki agar oʻzbeklardan boshqalar ham maqolalarni oʻqib qolsa, tushunmay qoladilarmi deb linklarni qoʻygandim. Linklarni koʻp boʻlgani yaxshi emasmi? --Ximik1991 (munozara) 14:41, 26-Fevral 2015 (UTC)

Oʻzbek boʻlmagan odam oʻzi bilgan tildagi Vikipediya sahifalarini oʻqiyveradi. Linklarni keragidan oshiqcha ishlatish kerak emas. Unda har bir soʻzni koʻkartirish kerak boʻladimi? Eng sifatli maqolalarni Inglizcha Vikipediyada topasiz. Masalan, mana bu maqolani olaylik. U yerda qaysi soʻzlar linklanganiga eʼtibor bering. Oʻquvchiga qiziq boʻlishi mumkin boʻlgan mavzulargina koʻkartirilgan. „Tasvir“, „video“, „aʼzo“ kabi hamma biladigan soʻzlar linklanmagan. Aytgancha, mana bu yerda aytib oʻtilganidek, linklarning uch turi bor: ichki ([[...]]), interviki (masalan, [[:wikt:salt]]) va tashqi ([www.example.com Misol sayt]). Nataev munozara 15:03, 26-Fevral 2015 (UTC)
Boʻldi, men tushundim. Men {{user en-0}} deb yozib qoʻyishim kerak shekilli, boʻlmasa siz koʻrsatgan linklarni oʻqiyverib ingliz boʻlib ketaman :)! --Химик1991 (munozara) 15:23, 26-Fevral 2015 (UTC)
Bizdagi eng katta muammolardan biri qoidalarni toʻliq tarjima qilib chiqmaganimiz. Har bir yangi foydalanuvchiga tushuntirish oʻrniga qoidalarni yaxshilab yozib chiqsak osonroq boʻlardi. Nataev munozara 04:20, 27-Fevral 2015 (UTC)

Metalllar?

Nima uchun bu sahifa nomi Metallar yozilgan? Metall + lar = metalllar emasmi yoki biron qoida bormi? Yana agar bilsangiz Perexodnie metalli (Perexodnie metalli), postperexodnie metalli (Postperexodnie metalli) tarjimasini aytvoring.--Ximik1991 (munozara) 17:11, 27-Fevral 2015 (UTC)

Oʻzbek tilida ketma-ket uchta „l“ harfi keladigan soʻz yoʻq boʻlsa kerak. Nataev munozara 04:59, 28-Fevral 2015 (UTC)
Demak ikkita „l“ qilib yozish kerakmi? Xato boʻlmaydimi? --Ximik1991 (munozara) 05:50, 28-Fevral 2015 (UTC)
Ha, ikkita „l“ yoziladi xolos. Nataev munozara 05:53, 28-Fevral 2015 (UTC)
Tarjima nima boʻldi? --Ximik1991 (munozara) 06:18, 28-Fevral 2015 (UTC)
Birinchisini „oʻtish metallari“ desak boʻladi. Mana bu yerda „oʻtkinchi metallar“ (64-bet) deyilibdi, ammo bu variant mening nazarimda xato. Постпереходные металлы maqolasida bu metallarning yana bir nomi „легкие металлы“ deb yozilibdi. Qozoqlar bu metallarni „Жеңіл металдар“, turklar „Zayıf metaller“ deb atashar ekan. Biz ham „yengil metallar“ desak toʻgʻri boʻlsa kerak. Google qidiruv natijalari. Nataev munozara 07:04, 28-Fevral 2015 (UTC)
Ha, rahmat. Men ham kitoblarni koʻrdimu lekin uchratmadim. Agar oʻzgartirish kerak boʻlsa, keyin ham oʻzgartirsak boʻladi-ku. --Ximik1991 (munozara) 07:23, 28-Fevral 2015 (UTC)
Bemalol! Siz aytgandek, Vikipediyada har qanday xatoni tuzatish juda oson. Nataev munozara 07:28, 28-Fevral 2015 (UTC)

Taklif uchun raxmat!

Assalomu alaykum Natayev, meni Skayp orqali maslahatlashishga chaqirganingizdan mamnunman. Ammo, mening internet tezligim barqaror emasligi va internet trafigim hajmi cheklanganligi sababli hozircha buning iloji yoʻq deb oʻylayman, va bu taklifingizni qabul qila olmayotganligim uchun Sizdan uzr soʻrayman. Lekin Sizga baʼzi bir savollar va iltimoslar bilan murojaat qilish uchun boshqa fursatni kutmoqlikni iroda qilmadim, savollarni hoziroq beraman:
1. „Abdullaxon II“ maqolasining kirillcha talqinida maqola nomi „Абдуллахон ИИ“ tarzida yozilib qoldi, buni qanday toʻgʻrilash mumkin?
2. uz.wikipedia.org portaliga qanday mavzudagi/yoʻnalishdagi savollar yetishmayapti? (Qoʻlimdan kelganicha yordam berishga tayyorman)
Keyingi tahrirlarda ham yordamingizni ayamaysiz degan umiddaman…
— Bu xabarni Jamshid Nurkulov (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Salom, Jamshid Nurkulov! Sizning munozarangizda men adashib VP:Konverter deb yozibman. Aslida VP:Vikifikator deb yozmoqchi edim. Konverter shunchaki maqolalarni kirill yozuvida oʻqish imkonini yaratadi. Uning tuzatib boʻlmaydigan kamchiliklari bor. Masalan, siz aytgandek rim raqamlarini kirill yozuviga oʻgirishda xato qiladi. Buni tuzatishning iloji yoʻq, sababi dastur qachon II son, qachon ikkita katta „i“ harfi ekanligini tushunmaydi. Vikifikator boʻlsa tahrir paytida kerak boʻladi. Uni ishlatsangiz inglizcha apostrof (') kerakli joylarda oʻzbekcha , harflariga va tutuq belgisiga oʻgiriladi. Boshqa har qanday savol boʻlsa bemalol beravering. Yana bir narsa. Munozara sahifalarida yozganingizdan keyin VP:Imzo chekishni unutmang! Nataev munozara 11:23, 28-Fevral 2015 (UTC)
uzr, adashibman, :) ikkinchi soʻrovdagi "savol" soʻzini "maqola" deb oʻqishingizni iltimos qilardim... jamshidnurkulov 12:29, 28-Fevral 2015 (UTC)
Tushundim. Bizda deyarli hech qaysi mavzu yaxshi yoritilmagan. Shunday ekan oʻzingizga qiziq boʻlgan har qanday maqolani tahrir qilishingiz mumkin. Nataev munozara 14:30, 28-Fevral 2015 (UTC)

Andoza 2

Nataev, iltimos, qarab yuboring Andoza:Kimyoviy unsur 2 kamchiligi koʻpu lekin toʻgʻirlashga harakat qilyapman. Faqat inglizcha bir nima yozuv chiqqan shuni tushinmayapman. --Ximik1991 (munozara) 11:42, 28-Fevral 2015 (UTC)

Skype konferensiyada boshqa foydalanuvchilardan soʻradim. ru:Модуль:Spectrum kerak ekan. Men oʻzim hech modul yaratmaganman. Nataev munozara 12:13, 28-Fevral 2015 (UTC)
Shunisiga ham rahmat! Bir urinib koʻrarman.--Ximik1991 (munozara) 13:07, 28-Fevral 2015 (UTC)
Modulni yaratibsiz, koʻrdim. Menimha ajoyib chiqayapti andoza. Nataev munozara 16:12, 28-Fevral 2015 (UTC)
Endi yordam bervormasangiz boʻlmaydi, Nataev. Andoza:Kimyoviy unsur 2 ruschasidagidek boʻlishi uchun menimcha Andoza:Bilgiquti bilan Andoza:Kimyoviy unsur 2ni toʻgʻrilash kerak. Shularni bir koʻrib chiqing, iltimos. --Ximik1991 (munozara) 20:04, 28-Fevral 2015 (UTC)
Nataev, envikidagi mana shu andozani Infobox zinc topib bering, yoki andoza nima deyiladi, qanday qidirish kerak? Inglizlar juda toʻldirishgan ekan. Biz ham toʻldiraylik kimyoviy unsurlarni, nima deysiz? --Ximik1991 (munozara) 14:03, 1-Mart 2015 (UTC)
Ovora boʻlmang topdim. --Ximik1991 (munozara) 16:02, 1-Mart 2015 (UTC)
Andoza:Kimyoviy unsur 2da xato qolmadimi? Koʻrinishi ajoyib. Inglizcha andoza „template“ deyiladi. Hozir rux maqolasi yaxshi maqola boʻlish uchun nomzod. Kimyoga qiziqasiz adashmasam. Maqoladagi formulalarni bir koʻrib bersangiz yaxshi boʻlardi. Nataev munozara 05:26, 2-Mart 2015 (UTC)
Hali kamchiliklari bor. Ruschasidan oldindayu inglizchasidan orqada-da. YO hammasi yo hech narsa deganlaridek, yo biz ham inglizchasidek qilamiz yo Andoza:Kimyoviy unsur 3 ni kiritamiz. Andoza:Kimyoviy unsur 2 ham shu rux maqolasi nomzodligini quvvatlash uchun yaralyapti. Yaxshi maqola boʻlish uchun nomzodlik necha kun davom etadi? Hali kamchiligi bor (inglizchasiga nisbatan). Yo bizga shundayligi ham boʻlaveradimi? Formulalarini koʻrarman. Lekin formulalarini yozilishidan hech koʻnglim toʻlmayapti-da. Agar vaqt boʻlsa hammasini toʻgʻrilaymiz. --Ximik1991 (munozara) 05:54, 2-Mart 2015 (UTC)
Ha, yaxshi chiqpyati lekin. YM nomzodi uchun vaqt cheklanmagan. Yetarlicha ovoz berilsa natija chiqaramiz. Bizdagi YMlar enwikidagidek emas albatta. Bizga boʻlaveradi. Ammo siz aytgandek maqolada jiddiy kamchiliklar boʻlmasligi kerak. Bir hashar qilsak maqola ancha oʻnglanadi. Men imlosini koʻrib chiqaman. Nataev munozara 06:06, 2-Mart 2015 (UTC)
Shu Andoza:Kimyoviy unsur 2ning eng yuqorisiga, davriy jadvalning ustiga qanday qilib „Unsurning davriy jadvaldagi oʻrni“ deb sarlavha qoʻysak boʻladi? Yana unsur nomini kiritganda, masalan:rux, „Ruxning davriy jadvaldagi oʻrni“ „deydigan“ boʻladi? --Химик1991 (munozara) 09:15, 2-Mart 2015 (UTC)
Enwikidagi andozada header20 = {{ucfirst:{{{name}}}}} in the [[periodic table]] yozuvi chiqarar ekan siz aytgan narsani. Menimcha usiz ham boʻlaveradi. Ancha test qilib chiqarsa boʻlsa kerak. Xusinboy Bekchanovdan yordam soʻrash kerak. Nataev munozara 09:41, 2-Mart 2015 (UTC)

Skype konferensiya

Bu konferensiyaga qanday qoʻshilsa boʻladi? --Ximik1991 (munozara) 05:01, 3-Mart 2015 (UTC)

Skypeda roʻyxatdan oʻtganmisiz? Oʻtgan boʻlsangiz Skypeni ochib qoʻying. Keyin skype:?chat&blob=0zidaV4odHRck1BEbOGkHy-lOlPr6lFz5fCOe8OMuuJc78Rr3zxuLQiuBGdqc_d8ba9VA3wobOJF-wsWqtY_WpxJ1vaj1r6Le3E-2J5BpYR2Sao adresini brauzeringizga koʻchirib olib oʻtib enterni bosing. Skype derazacha ochiladi. Siz qoʻshilishni tanlaysiz. Tamom. Nataev munozara 05:40, 3-Mart 2015 (UTC)
Ha, boʻldi tushundim. Men beSkype qanday qilsa boʻlar ekan deb oʻylayotgan edim. --Химик1991 (munozara) 07:09, 3-Mart 2015 (UTC)
OK. Nataev munozara 07:22, 3-Mart 2015 (UTC)
Siz aytgan narsani koʻchirib oʻtdim? «Результаты не найдены: skype:?chat&blob=0zidaV4odHRck1BEbOGkHy-lOlPr6lFz5fCOe8OMuuJc78Rr3zxuLQiuBGdqc_d8ba9VA3wobOJF-wsWqtY_WpxJ1vaj1r6Le3E-2J5BpYR2Sao.» mana rezultat. Nima qilish kerak? --Химик1991 (munozara) 09:46, 7-Mart 2015 (UTC)
Javob yozgunimcha muammoni yechibsiz. Nataev munozara 10:50, 7-Mart 2015 (UTC)
Ha endi shunaqa boʻlib qoldi. --Химик1991 (munozara) 11:24, 7-Mart 2015 (UTC)
Taqdir ekanda! :D Nataev munozara 12:00, 7-Mart 2015 (UTC)

Xush kelibsiz!

Qanday qilib bir qancha odamlarga „Xush kelibsiz!“ joʻnatyapsiz yoki bizlardan yashirib qoʻygandingizmi? --Ximik1991 (munozara) 11:18, 3-Mart 2015 (UTC)

Haha, qoʻlim tez ishlaydi! Yangi oʻzgarishlar sahifasida koʻrinmay qolgan yangi foydalanuvchilarni mana bu yerdan topasiz. Ular ichida asosan avtomatik ravishda yaratilgan hisob yozuvlari bor. Bunaqa yozuvlar boshqa tildagi vikida hisobi bor odam bizning viki sahifalarini ochsa avtomatik yaratiladi. Bu foydalanuvchilarni ham „kutib olish“ kerak. Nataev munozara 12:05, 3-Mart 2015 (UTC)
Baribir admindasiz! Men tushundim. Rahmat. Yana bir gap. Qanday qilsa nuqtadan keyingi harf probelni bosgandan keyin bosh farfga aylanadigan boʻladi? --Химик1991 (munozara) 12:23, 3-Mart 2015 (UTC)
 :) Siz aytgan narsa uchun maxsus dastur kerak menimcha. Microsoft Word aniq shunday qilishini bilaman. Biror bir dasturni aytay desam bilmas ekanman. Nataev munozara 12:30, 3-Mart 2015 (UTC)
Hisob yaratkan barcha foydalanuvchilarni ham kutib olich axmoqlik emasmi? Kutib olgan foydalanuvchilarning oqirgi 2 oyda birortasi tahrir qildimi? Vikipediyani o'zingiz axlatga to'ldirmayapsizmi? Vikipediyani munozara sahifalariga to'ldirichdan ko'ra, faqat tahrir qilgan foldalanuvchilarni „kutib olich!“ kerak va shuning tarafdoriman! boshqa vikilarda shunday qilishadi. Tahrir soniga quvichdan foyda yo'q! (188.113.198.36 17:16, 29-Oktabr 2015 (UTC))

yuqoridan pastga

Qanday qilib yuqoridan pastga yozsa boʻladi? Mana shu andozadagi „Davrlar“ soʻzini yuqoridan pastga yozish kerak. --Ximik1991 (munozara) 07:35, 5-Mart 2015 (UTC)

Oʻzim bilmas edim. Online chatda soʻrasam „Itʼs possible through CSS (sort of), but not recommended. Thereʼs no easy way to do it“, deb javob berishdi. Yaʼni, aftidan buning oson yoʻli yoʻq. Qiyin yoʻlini qilgandan qilmagan yaxshi. Nataev munozara 09:44, 5-Mart 2015 (UTC)
Rahmat! Nima balo, sizni adminlikdan olib tashlash kerakmi, deyman. 2 — 3 marta bilmayman deyapsiz (:) hazil, hazil). --Ximik1991 (munozara) 11:19, 5-Mart 2015 (UTC)
Bilmagan narsani bilmayman deb tan ola bilish kerak. Nataev munozara 12:20, 5-Mart 2015 (UTC)
OK. --Ximik1991 (munozara) 12:44, 5-Mart 2015 (UTC)
Uchta variantini qoʻydim, xohlaganingizni ishlatishingiz mumkin --Xusinboy Bekchanov (munozara) 14:45, 5-Mart 2015 (UTC).
Ajoyib! Nataev munozara 14:53, 5-Mart 2015 (UTC)
EEEEEE gap yoʻq! Men ruslarni soʻrab yuribman. Oʻzimiznikilar bilar ekanlaru. Men endi ha deb soʻrayversam boʻlmaydimi deb oʻyladim-da. Xusinboy Bekchanov nima siz vikipediyani oʻzingiz tuzganmi hammasini bilasiz? Rahmat. --Ximik1991 (munozara) 15:56, 5-Mart 2015 (UTC)
Veb-dasturlashni bilsangiz boʻldi, chunki wiki ham veb-sahifa --Xusinboy Bekchanov (munozara) 16:32, 5-Mart 2015 (UTC).

Avtomatik hisoblash

Nataev, kalkulyatorga oʻxshab hisoblaydigan biror bir andoza (funksiya …) bormi? masalan a/b boʻlsa, a va b qiymatini kiritgandan keyin javobini avtomatik yozib qoʻysa? —Химик1991 (munozara) 06:30, 7-Mart 2015 (UTC)

Bor: {{#expr: 5 / 2 }} = 2.5 --Xusinboy Bekchanov (munozara) 06:38, 7-Mart 2015 (UTC).

Бурджар и Бозсу

На самом деле, Бурджар — это не строго часть Бозсу. Просто есть взгляд, когда Бозсу проводят через верхнее течение Анхора, верхнее течение Бурджара и Актепу, соединяя таким образом верхнее и нижнее течение. Видимо, он удобен гидроэнергетикам, тогда получается единый энергетический тракт, когда Шейхантаурская ГЭС на Анхоре, Бурджарская ГЭС на Бурджаре и Актепинская ГЭС на Актепе считаются построенными на том же канале, что остальные ГЭС (которые уже точно на Бозсу или на Нижнем Бозсу). По другому взгляду, Бурджар - это самостоятельный канал (а Бозсу через него вообще не проходит). См. подробное изложение запутанного вопроса в русскоязычной статье про Бозсу. Просто по-узбекски я столь сложные мысли выразить не смогу. Carpodacus (munozara) 05:45, 9-Mart 2015 (UTC)

Хорошо, разберемся! Nataev munozara 05:50, 9-Mart 2015 (UTC)

Administratorlikka nomzod

Hurmatli Nodir aka adminlikka nomzodimni qo'ydim.Iltimos ovoz bering. Amir.Temur7 (munozara) 17:17, 9-Mart 2015 (UTC)

Odamda bet boʻlishi kerak. Administrator boʻlish uchun Vikipediya qoidalarini yaxshi bilish, ensiklopediyaga salmoqli hissa qoʻshgan boʻlish kerak. Nataev munozara 19:27, 9-Mart 2015 (UTC)

Ovoz bering

Mana bu yerda „Administratorlikka soʻrovlar“ andozasi muhokamaga qoʻyilgan. Sizning ovoz berishingiz kelajakda oʻzingizning ham administratorlik vazifalaringizga taʼsir qilishi mumkin. Shuning uchun aktiv boʻlishingizni soʻraymiz. --Ximik1991 (munozara) 09:19, 12-Mart 2015 (UTC)

Yoʻgʻ-e? Endi sizdan soʻrab ish qilamizda. Nataev munozara 09:58, 12-Mart 2015 (UTC)
Mumkin, men notoʻgʻri tushintirgan boʻlsam. Lekin „muhokama qilamizmi“ — deganingizga bir yozgandim-da. Bu gapni boshqa foydalanuvchilarga ham yetkazgandim (baʼzi bir joylarini oʻzgartirib) oʻsha gaplar adminlarga ham kelib qolgan-da. Toʻgʻri tushinasizlar deb umid qilaman. --Ximik1991 (munozara) 10:11, 12-Mart 2015 (UTC)
Yangi qoida qabul qilinsa u retroactively avval administrator boʻlganlarga taʼsir qilmaydi. Mahmadanalik qilmang. Nataev munozara 10:29, 12-Mart 2015 (UTC)

Birlashtirish

Salom! Birinchi Liga 2015 maqolasi boshqa mavzu. Oliy liga bilan Birinchi liga boshqa boshqa musobaqa. Farhod Shaymanov munozara 12:12, 16-Mart 2015 (UTC)

Shunday deng? OK, rahmat! Nataev munozara 04:14, 16-Mart 2015 (UTC)
Birlashtirish bilan redirectni farqi bormi? --Химик1991 (munozara) 17:18, 19-Mart 2015 (UTC)
Birlashtirish — ikki yoki undan oshiq sahifani birlashtirish. Redirect qilish — bir sahifadan ikkinchisiga yoʻnaltirish qoldirish. Nataev munozara 07:45, 20-Mart 2015 (UTC)
Agar birlashtirilsa, ikkala sahifadagi matnlar birbiriga qoʻshiladimi? Mana buni koʻringchi. --Химик1991 (munozara) 08:41, 20-Mart 2015 (UTC)
Qoʻlda birlashtirib chiqish kerak. Kerakli joylarini qoldirib, keraksizlarini oʻchirish kerak. Mehnat talab qilgani uchun birlashtirishni yoqtirmaydi koʻpchilik. Siz aytgan misolda ikki bir-biriga yaqin, lekin birlashtirmasa ham boʻladigan maqolalar ekan. Andozani olib tashlab, Shunigdek qarang boʻlimida biridan ikkinchisiga link qoldirsa boʻladi. Nataev munozara 08:45, 20-Mart 2015 (UTC)

Mualliflik huquqlarini buzmaslik!

Salom ! Munozara sahifamda qoldirgan xabarinigz uchun rahmat boʻldi, boshqa bunday xatolar qilmaslikga harakat qilaman. Ammo bir narsani takidlab oʻtmoxchi edim, koʻpgina web saytlarda moderatorlik qilganman va u yerdagi manbalar menga tegishli ekanligini qanday isbotlay olaman ? ITPRO.UZ (munozara)

Alik, ITPRO.UZ! Oʻz qalamingizga mansub materiallardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Ammo ularning muallifi aynan siz ekanligingizni koʻrsata olsangiz yaxshi boʻladi. Oʻz blogingiz, oʻzingiz yozgan referatlar bunga misol boʻla oladi. Buni koʻrsatishning iloji yoʻq boʻlsa, ezgu niyatni koʻzlab (en:Assume good faith) ulardan ham foydalanavering. Asosiysi tahrir davomida Vikipediya qoidalariga amal qilish kerak. Boshqa tildagi Vikipediyalarda sizni qiziqtirgan mavzu qanday yoritilganiga eʼtibor bering. Eng yaxshi yoʻli boshqa tildagi viki maqolalarni oʻzbekchaga oʻgirishdir. Sababi shunday qilsangiz mualliflik huquqlari haqida oʻylab ham oʻtirmaysiz. Nataev munozara 10:41, 29-Mart 2015 (UTC)
Hammasi tushunarli ! Katta rahmat ! ITPRO.UZ (munozara)
Bemalol! Har qanday savol tugʻilsa bemalol berishingiz mumkin. Nataev munozara 11:19, 29-Mart 2015 (UTC)

Birlashtirish

Hurmatli Nataev! Men madhiyalar haqida maqolalar yaratayotib qiziq holatga koʻzim tushdi. Madhiyaga oid ikkita turkum mavjud, bu „Madhiyalar“ va „Davlat madhiyalari“ nomli turkumlardir. Shu ikkita turkumdan bittasini oʻchirsangiz degandim. Hurmat bilan --StatisksExpert (munozara) 09:20, 31-Mart 2015 (UTC)

Tuzatdim. Madhiyalarni katta turkum qildim. Davlat madhiyalari bu katta turkumga kiradi. Madhiya andozasi avtomatik ravishda qoʻshadigan turkumniyam mos ravishda oʻzgartirdim. Nataev munozara 09:33, 31-Mart 2015 (UTC)
Ajoyib. Rahmat. ---StatisksExpert (munozara) 09:58, 31-Mart 2015 (UTC)
Bemalol! Nataev munozara 13:20, 31-Mart 2015 (UTC)

Axlat

Huramatli Nataev ! Siz koʻp maqolalarni oʻchirilish sababini Axlat deb koʻrsatib oʻchiryabsiz, bu nima-ni bildiradi ? Masalan Prodyusser maqolasini olaylik: (Maqola nomi xato; axlat) deb oʻchiribsiz. Maqola nomi qaysi maʼnoda xato ? Prodyusser soʻzini olsak Nazarov Baxtiyor Muhammadjonovich, Sade Adu va bir qancha maqolalarda bu soʻz prodyusser deb yozilgan. Sade Adu maqolasini adashmasam siz ham tahrir qilgansiz. Xullas ! Maqolalarni oʻchiryotganda oʻchrish sababini aniq koʻrsating axlat soʻzi juda qoʻpol, va uni qayta tiklash uchun munozara yoki xatolarni toʻgʻirlang deb andoza qoʻyagningiz maʼqul boʻlar edi. Hamma ham darrov yaxshi, aniq, toʻgʻri tahrir qilib ketmaydi-ku ! ITPRO.UZ (munozara) 09:39, 6-Aprel 2015 (UTC)

Salom! „Prodyusser“ degan soʻz yoʻq. Agar biror maqolada shu soʻz ishlatilgan boʻlsa, demak bu xato. Sade Adu maqolasida qilgan tahrirlarimni yaxshilab koʻrib chiqing. Maqola imlosi boʻyicha tahrir qilganim yoʻq umuman. Axlatni axlat deydi. Manbasiz, ensiklopedik va betaraf ohangda yozilmagan maqola axlat hisoblanadi. Bemalol maqolani boshidan yaratishingiz mumkin. Faqal maqola nomini toʻgʻri yozing, manba toping. Keyin maqolangizni boshqa tildagi maqolalarga ulashni ham ununtmang. Nataev munozara 10:50, 6-Aprel 2015 (UTC)
Salom! Men yozgan maqolada manbalar yetarli edi. Bundan tashqari, axlat-axlat deyilishi bilaman umuman olganda axlat soʻzi keraksiz chiqit degani „kasb va mutaxassislik“ haqida yozilgan maqola chiqit boʻlsa unda bilmadim. Bu maqolada faqat shu siz aytgandek nomi notoʻgʻri xalos. Men shunchaki axlat soʻzi haqida gapirmoqchi edim. Yangi tahrir qilayotgan foydalanuvchilarga bu yomon taʼsir qiladi deb oʻylayman. Motivatsiyani yoʻqotib shashtni soʻndiruvchi soʻz ekan-da. Darvoqe ! „Prodyusser“ soʻzini qanday toʻgʻri yozsa boʻladi ? ITPRO.UZ (munozara) 11:50, 6-Aprel 2015 (UTC)
Siz yaratgan maqolada bir dona ham manba yoʻq edi. Manba deb aslida havola keltirgansiz. Manba bilan havola oʻrtasida katta farq bor. Bundan tashqari, linkni notoʻgʻri yozgansiz: html oʻrniga htm deb yozgan edingiz. „Axlat“ soʻziga kelsak, bu soʻz kuchli va tushunarli. Inglizcha „crap“ deb yozishadi. Shu soʻzning yaxshi tarjimasi. „Produser“ deb yoziladi. Lotin yozuvida oʻzlashtirilgan soʻzlarda undoshdan keyin yu, yo emas, mos ravishda u, o yozish kerak. Masalan, „komputer“, „rejissor“. Nataev munozara 12:30, 6-Aprel 2015 (UTC)
Men hali sizdan havola bilan manbani farqini soʻramadim. Men koʻrsatgan havolada deyarli barcha maʼlumotlar koʻrsatilgandi. Avvali siz htm bilan html farqini bilib oling. Internetda htm adnozalar ham koʻp. Siz bilan baxslashgim yoʻq. Agar shunchalik yomon tahrir qilib, axlat maqolalar tahrir qilayotgan boʻlsam meni bloklay qoling. Hech qanday qarshiligim yoʻq. ITPRO.UZ (munozara) 13:31, 6-Aprel 2015 (UTC)
Farqini bilsangiz nima uchun manbalar boʻlimida havola keltirdingiz? Manba maqola ichidagi biror iddaoni toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllashi kerak. Havola koʻrsatishning oʻzi yetarli emas. Htm bilan html farqini yaxshi bilaman. Siz yozgan link ochilmadi. „l“ qoʻshsam ochildi. Pala-partish tahrir qilgansiz. Sababsiz bloklab boʻlmaydi hech kimni. Nataev munozara 13:39, 6-Aprel 2015 (UTC)
Qoʻshilaman Axlat soʻzi Juda Qoʻpol. Yangi foydolonuvchilarga taʼsir qiladi. Menham boshida maqola qisqa yozsam oʻchirib tachlaydimi dep oyladim. Koʻpchilik vikilarda Ensiklopedik maqola emas, dep oʻchiriladi, yoki boshqa tilda bolsa Osha tilda ekanligini sabab qilib koʻrsatishadi. (Javokhir Sobirkhodjaev (munozara) 14:08, 6-Aprel 2015 (UTC))
Maqolalar turli sabablarga koʻra oʻchiriladi. Boʻlmagʻur maqolani „axlat“ deb atab oʻchirish katta muammo emas. Nataev munozara 14:18, 6-Aprel 2015 (UTC)
Qarang-a ? Juda qiziq-ku ! Pala-partish tahrir qilingan boʻlsa xato joylarini koʻrsating va toʻgʻirlash uchun imkon yarating. Men maʼlumot olgan joyimni manba qilib koʻrsataman. Axlat deb atayotgan maqolalaringizda ham oz boʻlsada mehnat yotadi. Axlat deb chiqitga chiqarganingizdan keyin kim uni qayta tahrir qilgisi keladi. Hurmatli Nataev men bir oddiy foydalanuvchi sifatida oʻzi fikrlarimni bildiryabman, baxs olib borish ortiqcha. Bunday qattiq qoʻllik bilan ish olib bormang, hamma ham xato qiladi. Xullas bu mening xolis fikrlarim, nima qilish u sizning ishingiz. Agar axlat maqolalar yaratyotgan boʻlsam, umuman tahrir qilmaganim maʼqul. Siz koʻproq hatto andozalari toʻgʻri qoʻyilmagan boshqa tillardan tarjima qilinmay shundoq koʻchirib qoʻyilgan maqolalarga eʼtibor qaratsangiz yaxshiroq boʻlardi. ITPRO.UZ (munozara) 14:29, 6-Aprel 2015 (UTC)
Bahs qilish niyatingiz yoʻqligini aytib, ketidan yana yozyapsiz. Rostdan shuni istasangiz foydali tahrirlarni qiling. Imkonlaringniz cheksiz. Yetarlicha manba topib, bemalol maqolani qayta yaratishingiz mumkin. Tahrir qilish yoki qilmaslik sizning ishingiz. Menga boʻlsa nima qilishni maslahat bermang. Uncha zor emasman maslahatga. Nataev munozara 14:38, 6-Aprel 2015 (UTC)
Men shunchaki baʼzi bir foydalanuvchilar boshida tahrir qilishib keyin nega nofaol boʻlib qolishganiga qiziqb qaradim. Menimcha haqoratdek botuvchi AXLAT soʻzingiz degan fikrga keldim. Xullas! Shunchaki axlat soʻzi oʻrniga boshqa soʻz topsangiz ayni mudao boʻlar edi. Men yana bir bor qayerda xato qilganimni tushundim. Ming bor uzr. ITPRO.UZ (munozara) 14:50, 6-Aprel 2015 (UTC)
Buyuk analitik ekansiz-ku! Yaxshiroq eʼtibor bering. Roʻyxatdan oʻtganlarning 90 foizidan koʻpi bir dona ham tahrir qilmaydi. Yaʼni ular axlat maqola yaratishgacha yetib bormaydi. Nataev munozara 14:56, 6-Aprel 2015 (UTC)
Men ham bu soʻzga qarshiman. Yangi foydalanuvchilarga koʻproq tushuntirish kerak --Xusinboy Bekchanov (munozara) 14:59, 6-Aprel 2015 (UTC).
Mana bunaqa sahifalar axlatdan boshqa narsa emas. Shunday ekan bu soʻzning yaxshi-yomonligi haqida tortishishdan foyda yoʻq. Nataev munozara 15:02, 6-Aprel 2015 (UTC)
Birinchidan — Men roʻyxatdan oʻtganlarni umumiy qilib emas, tahrir qilayotganlarni aytdim. Ikkinchidan — Rus vikipediyasidagi O1 bandini tushunaman. Sizning axlat soʻzingizni. Uchinchidan — Sizga hech qanday eʼtiroz yoʻq. Murosayi madora qilaylik ! ITPRO.UZ (munozara) 15:22, 6-Aprel 2015 (UTC)
Men tezda oʻchirishga qoʻyish talablari ustida ishlayapman. Xudo xohlasa bir ikki kun ichida ishlab chiqamiz --Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:25, 6-Aprel 2015 (UTC).
Qolaversa, bu yerda ham bor: https://uz.wikipedia.org/wiki/Vikipediya:Tezda_yo%CA%BBqotish_mezonlari --Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:28, 6-Aprel 2015 (UTC).
ITPRO.UZ, faqat tahrir qilayotganlarni analiz qilsak ham „axlat“ soʻzidan koʻngli aynib tahrir qilmay qoʻyganlar soni yuqori emas. Aslida buni aniqlash oson emas. Bundan tashqari, yangi foydalanuvchilar har doim ham maqola yozishdan boshlamaydi. O1 = axlat, ha. Xusinboy Bekchanov, juda yaxshi! Ishimiz ancha yengillaydi shunday qilsangiz. Nataev munozara 15:34, 6-Aprel 2015 (UTC)
Xusinboy Bekchanov Axlat degan sabab ham koʻrsating ! ITPRO.UZ (munozara) 15:57, 6-Aprel 2015 (UTC)
Qoidalar birgalashib ishlab chiqiladi. Bahs qilishni toʻxtatgan edingiz-ku? Nataev munozara 16:09, 6-Aprel 2015 (UTC)
Bahs tamom boʻlib boʻlgan. Shunchaki yumor qildim. Hammasi joyida. Hech qanday eʼtirozlarsiz ITPRO.UZ (munozara) 16:19, 6-Aprel 2015 (UTC)
Yumor „qilinmaydi“. Hazil qilinadi. Qaytaraman, foydali tahrir qiling. Safsatabozlikdan naf yoʻq. Nataev munozara 16:26, 6-Aprel 2015 (UTC)
Xop ! Men tahrirlashni boshladim boʻlmasa ITPRO.UZ (munozara) 16:34, 6-Aprel 2015 (UTC)
Xayriyat. Nataev munozara 16:44, 6-Aprel 2015 (UTC)
  • Oʻchirish sahifasida „Sababi“ degan punkt bor. Oʻsha yerdagi oʻchirish sabablari roʻyxatidan foydalanish juda qulay [1]. Atayin tarjima qilib qoʻyganman :-). „Boshqa/qoʻshimcha sabab“ degan joyga esa hech narsa yozmasa ham boʻlaveradi. --Sociologist--munozara-- 18:08, 7-Aprel 2015 (UTC)
Ikki yarim yildan beri administratorman. Shu punk borligini bilmaydi deb oʻylaysizmi? Qoʻy emasman. Axlatni axlat deydi. Yoqadimi, yoqmaydimi, farqi yoʻq. Nataev munozara 18:12, 7-Aprel 2015 (UTC)
Ha, uzr-uzr. Sizni 2,5 yil emas, 4 yildan beri bilaman. Fikringizni hurmat qilaman. Qiziqqonlik qilmang endi, rostdan ham „axlat“ qoʻpol eshitilyapti. --Sociologist--munozara-- 18:39, 7-Aprel 2015 (UTC)
Mana bunaqa sahifalar ham uchrab turadi. Bularni taʼriflash uchun „axlat“ emas, undan ham qoʻpolroq soʻz ishlatsa boʻladi. Shunday ekan, bu soʻzdan kerakli yerlarda foydalanish mumkin, deb oʻylayman. Nataev munozara 18:47, 7-Aprel 2015 (UTC)
Boshqalarni ham fikrini inobatga olsangiz boʻlardi, hatto-ki hamkasblaringiz qarshi bu soʻzingizga ! ITPRO.UZ (munozara) 08:36, 8-Aprel 2015 (UTC)
Yetarlicha foydali tahrir qilib boʻldingizmi deyman? Soʻzimni ishaltishda davom etaman. Nataev munozara 08:50, 8-Aprel 2015 (UTC)

Foydalanuvchi:Nataev Siz oʻzingiz wikipdia qoidalariga boʻysinmayapsiz, yangilarni siqib maʼqola yozishini xato kamchiliklarini koʻrsatmay, sahifalarni oʻchirib Axlat-Axlat deb yozib ketgansiz. Siz nima wiki qirolimisiz? Adminman deb paxmoqkallangizga kelgan gapni yozayverasizmi? Xohlasangiz meni umuman oʻzbekcha wikidan bloklab tashlang. Oʻzbekcha wikini sizga oʻxshagan ahmoq maqtonchoqlar boshqarsa menga umuman oʻzbekcha wiki kerak emas.Бахадур Мустафа (munozara) 07:50, 19-Aprel 2015 (UTC)

Facebookda pul evaziga oʻzi xohlagan mavzuda maqola yaratishimni soʻragan ahmoq-ku! Facebookda yozganlaring uchun ham cheksiz muddatga blok qilsam boʻladi. Axlatni axlat deydi. Oʻzbekcha Vikipediya senga oʻxshaganlarga zor ham emas. Nataev munozara 07:59, 19-Aprel 2015 (UTC)
Garchi bu «Axlat» soʻzini munozarasini oʻzim ochgan boʻlsamda, bu soʻzni beixtiyor oʻzim ham ishlatib yubordim. Garchi bu soʻz qoʻpol boʻlsada, ammo baʼzi maqolalarni koʻzdan kechirar ekanman ularga hatto-ki axlat soʻzi ham kam. Nataev aytgandek axlatni axlat der ekan. ITPRO.UZ (munozara) 16:40, 19-Aprel 2015 (UTC)
Fikringizga qoʻshilaman. Yaxshi niyat bilan, boshqalarni hurmat qilib, qoidalarga amal qilib tahrir qila olmaydigan foydalanuvchining boridan yoʻgʻi yaxshi. Nataev munozara 16:50, 19-Aprel 2015 (UTC)
Nataev koʻp gapirma sen bilan gaplashganimda xurmatingni joyigga qoʻyib gapirgan edim, shunda oʻzing понятканг yoʻqligini koʻrsatgan eding. Senga men pul taklif qilamagn edim. Yordam berishingni so'ragandim sen esa qanchiq ayollarga oʻxshab sassiq gapirgan eding. Kim senga muomala qilsayu sen unga qoʻpol javob bersang u senga yana yaxshi gapiradi? Бахадур Мустафа (munozara) 17:45, 19-Aprel 2015 (UTC)
ITPRO.UZ sen aralashma o'rtadagi кунлес senga xali gap tekkan yo'q Бахадур Мустафа (munozara) 17:51, 19-Aprel 2015 (UTC)
Ey ! Bahodir Mustafoev Zokirovich koʻp gapirmaslikni maslahat beraman! Mahhaliy tilingda soʻkinma seni bir zumda topib olaman. Oʻzigni kim deb oʻylayabsan ? Seni kimligin nima ish qilayotganing menga maʼlum IP manzil orqali qayerdaligini va kim ekanligini bilib oldim, xohlasang jiddiy muammo yasab beraman. Xohlaysan-mi ? ITPRO.UZ (munozara) 17:59, 19-Aprel 2015 (UTC)
„Ponyatka“? Oliygoh oʻqituvchisining fikrlashini qarang! Sen ham, oʻsha fotografbashara ham pul taklif qildinglar. „Qanchiq ayollarga oʻxshab“ — bundan keyin blok keladi. P.S. Munozarada xohlagan odam fikr bildira oladi. Ayniqsa mavzuni boshlagan odam. ITPRO.UZ, eʼtibor bermang. Bunaqalar uzoqqa bormaydi. Nataev munozara 18:06, 19-Aprel 2015 (UTC)

Gullagan

Ha o'zbek maktabida oqimadimda. ! Savot gulaydigan, Gullaganskiy deb Russkiy qilovordingizmi. o'chirishga kelsak siz faqat bitta sabab ko'rsatiyapsiz, sabab topa olmasangiz, Vandalizm degani ham bor. Aytgancha Registratsiyadan o'tganlar soni hayron qoldirdi. Bu oddiy saytlar bilan solishtirganda ham kamroq meningcha, (Javokhir Sobirkhodjaev (munozara) 14:44, 6-Aprel 2015 (UTC))

Mamlakatlar nomini toʻgʻri yoza bilish uchun oʻzbek maktabida oʻqigan boʻlish shart emas. „Savod“ yoziladi, „savot“ emas. #savodgullaganskiy heshtegi Facebookdagi „Professional va havaskor tarjimonlar“ guruhida mashhur. Men oʻchirgan maqolalarning yuzdan birini ham koʻrganingiz yoʻq. Shunday ekan, xulosa qilmang. Roʻyxatdan oʻtganlar soni sizni hayron qoldirgan boʻlsa nima qilay? Oʻzbeklar paxta terish, muhojirlik qilish va boshqa olamshumul ishlar bilan band axir. Nataev munozara 14:55, 6-Aprel 2015 (UTC)

VOZ KECHDIM

Men o'zbekcha wikipediayadan voz kechaman. O'zbekcha wikipedia maqtanchoq adminlar yangilarni hurmat qilmaydi. Mani akkauntimni bloklarng xohlasangiz deaktivaciya qilib tashlang!Бахадур Мустафа (munozara) 07:56, 19-Aprel 2015 (UTC)

Kaaatta koʻcha! Nataev munozara 08:02, 19-Aprel 2015 (UTC)
Bopladingiz Nataev !Бахадур Мустафа Oʻzingizcha har xil gaplarnri valdiramasdan avval yaxshilab tahrir qilishni oʻrganing. Osmondan tarasha tushgan-dek, valdarayvermaydi odam. Huddi birov oʻlib turibti qolsin deb.ITPRO.UZ (munozara) 16:32, 19-Aprel 2015 (UTC)
Eʼtibor bermang, ITPRO.UZ. Ahmoq ham koʻp. Bu bola Parvez Yaxyoyev degan fotograf haqida maqola yaratishimni soʻradi. Evaziga pul taklif qildi! Men albatta uning oʻrniga oʻsha buyuk suratchi haqida nufuzli manba topish kerakligini aytdim. Keyin boʻlsa bu shovvoz soʻkinishga oʻtdi. Yana Samarqanddagi qaysidir oliygohda dars berarmish. Bunaqalar dars beradigan boʻlsa ahvol chatoq. Nataev munozara 16:44, 19-Aprel 2015 (UTC)
Oʻzbekistonda bunday fotograf borligini eshitmagan ekanman. Ammo Ru vikipediyada bu maqola uch martda oʻchiriligan chamasi. Qayta qayta tahrir qilgan edi.ITPRO.UZ (munozara) 17:29, 19-Aprel 2015 (UTC)
Oddiy suratchi. Uning oʻzi ham menga Facebookda yozgandi yordam soʻrab. Shon-shuhrat orzusida yonyapti chamasi. Delusion of grandeurga chalingan bular. Nataev munozara 17:40, 19-Aprel 2015 (UTC)
Nataev, ITPRO.UZ ikkalang ham eshitib ol ayolmijoz ko'chadagi g'iybatchi kampirlardan farqing yo'q ekan ikkalangni ham. Erkak erkakday bo'lish kerak mayda gap bo'lsihi kerak emas, agar ikkalang ham qo'limga tushsang edi jarrohlik stolidan boshqa joy senlarni qabul qilmardi ezma kampirlar! Бахадур Мустафа (munozara) 17:56, 19-Aprel 2015 (UTC)
Nataev ko'raman qachongacha adminitrator bo'lar ekansan! Wiki arbitrajiga ko'taraman sen o'zboshimchani adminlikdan oldiramasam qo'ymayman. Бахадур Мустафа (munozara) 17:59, 19-Aprel 2015 (UTC)
Ey karoche, normal'niy gapirvur xop ? Toshkenli bola bilan gaplashvossan ! Chundimi ? Aqlin yetadi-mi ? Gaplashvolishga ? Voobsh'e chegaradan chiqdin-ku! Gapinga javob beromisan ! Uspokoysa qvovur chundimi ? ITPRO.UZ (munozara) 18:05, 19-Aprel 2015 (UTC)
„Qoʻlimga tushsang“? Qoʻrqib ketdik! Meni „adminitrator“lar safidan chiqarish uchun qoʻlingdan kelganini qilishing mumkin. Mana bu tahrir ketidan boʻlsa cheksiz blok keladi. Nataev munozara 18:12, 19-Aprel 2015 (UTC)
Karilashing olamni buzadi-ku, telefon va shaxsiy komputeringni oʻchrib qoʻyibsan! Umrimda bunaqa qoʻrqoq odamni koʻrmaganmanITPRO.UZ (munozara) 18:13, 19-Aprel 2015 (UTC)
ITPRO.UZ, bunaqalar bilan tenglashmang. Ahmoq bilan gap talashguncha, moxov bilan uloq talash. Hozir endi u bechora fikr bildira olmaydi baribir boshqa. Bloklandi. Nataev munozara 18:19, 19-Aprel 2015 (UTC)

Xolis fikr

Vikipediyada yangi kelgan foydalanuvchilarga yordam berishni yoʻlga qoʻyish kerak. Ularni kamchiliklarini shartda yuziga aytmasdan sekin tuzatishni oʻrgatish kerak. Oʻchirilgan maqolalarni qayta tiklash uchun muhokama sahifasini yaratish kerak. Vikipediya haqida negativ fikrlar yuzaga kelmasligi uchun, faqat neytral mavzulardagi maqolalar koʻp boʻlishi kerak. Omalashtirish uchun ziyonet, ref.uz, kutubxona.com kabi saytlarda link boʻlishi kerak. ITPRO.UZ (munozara) 11:01, 20-Aprel 2015 (UTC)

Kerak, kerak, koʻp narsa qilish kerak! Siz ham oʻz hissangizni qoʻshsangiz boʻladi. Nataev munozara 11:05, 20-Aprel 2015 (UTC)
Qoʻlimdan kelganch hissa qoʻshaman. Va yangi foydalanuvchilarga yordam berishni oʻz zimamga olaman ! ITPRO.UZ (munozara) 11:09, 20-Aprel 2015 (UTC)
Ajoyib! Birgalashib Oʻzbekcha Vikipediyani rivojlantiramiz! Yashasin biz! Nataev munozara 11:12, 20-Aprel 2015 (UTC)
Gap yoʻq !!! ITPRO.UZ (munozara) 11:14, 20-Aprel 2015 (UTC)
Ura! :D Nataev munozara 11:20, 20-Aprel 2015 (UTC)

Yashang!

Tireless Contributor Barnstar Hires.gif The Tireless Contributor Barnstar
Hurmatli Nataev! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan salmoqli hissangiz uchun, eng faol tahrirchilardan biri ekanligingiz uchun, yangi foydalanuvchilarni qoldirmay kutib olishingiz uchun sizni shu yulduz bilan taqdirlashga ijozat bergaysiz. Hurmat bilan --Химик1991 (munozara) 11:55, 29-Aprel 2015 (UTC)
Katta rahmat! Nataev munozara 12:02, 29-Aprel 2015 (UTC)

Birlashtirish lozim

Hurmatli Nataev, Ali Xomanaiy maqolasini Xamanayi Sayd Ali Husayniy bilan birlashtirish kerak yoki bittasini oʻchirish kerak. Men nima qilishni tushunmadim. Hurmat bilan --StatisksExpert (munozara) 06:25, 8-May 2015 (UTC)

Salom! Biridan ikkinchisiga redirect qoldirish kerak. Ammo oyatullohning ismi juda muammoli ekan. OʻzMEda boshqacha yozilgan. Matbuotda boshqacha yozishadi. OʻzSEni ham qarab koʻray, bitta variantni tanlaymiz. Keyin bir maqoladan ikkinchisiga yoʻnaltirish qoldiramiz. Nataev munozara 11:28, 8-May 2015 (UTC)
Yaxshi. Oʻzi oʻzbek leksikasi va fonetikasiga koʻra "Ali Homanoiy" boʻlishi kerak. OʻzMEda juda koʻp atamalar va nomlar notoʻgʻri yozilgan. OʻzSEda ham menimcha shunday. Matbuotni esa gapirmasa ham boʻladi, u yerda hamma narsa notoʻgʻri yozilib asosan ruscha nomlarni qoʻllashadi. Masalan samolyot, Gruziya va h.k. ---StatisksExpert (munozara) 10:14, 9-May 2015 (UTC)
OʻzSEda bu kishi haqda hech nima topa olmadim. Maqolaning hozirgi nomi toʻgʻriroq boʻlsa kerak. Matbuotda shu nom koʻproq ishlatilar ekan. Shuning uchun Xamanayi Sayd Ali Husayniydan Ali Xomanaiyga yoʻnaltirish qoldirdim. Nataev munozara 16:19, 19-May 2015 (UTC)

Yordamingiz kerak !

Salom ! Masjid andozasini tuzatib bering, iltimos. Oldindan rahmat ! --ITPRO.UZ (munozara) 15:21, 12-May 2015 (UTC)

Salom! Shu kunlarda juda bandman. Oʻzingiz tajriba qilib koʻrsangiz boʻladi. Nataev munozara 03:19, 13-May 2015 (UTC)

Yordam

Salom men Kaawiki da Administratorlikdan voz keshmoqchiman. Chetlatilichim ushun qayerga muroajat qilichim kerak. Maslahat bering. (Рахман3 (munozara) 08:58, 14-May 2015 (UTC))

Salom! Nega bu qarorni qabul qilganingizni soʻrasam boʻladimi? Administratorlik huquqidan voz kechish uchun mana bu yerda yozib qoldirishingiz kerak. Ammo bunday qilmasangiz yaxshi boʻlardi. Kaawikida faol juda oz. Nataev munozara 09:08, 14-May 2015 (UTC)
Vikiga vaqt ajratishim juda qiyin bo'lyapti. Administratorlik Menga ortiqcha yuk. Bizda wikiga etibor deyarli yo'q. faol ko'payishiga ishonich qiyin. Tahrir qilgan 95% i boshqa vikidan. Kuniga 3ta tahrir qilinsa ham qursand bo'lasiz. (Рахман3 (munozara) 12:20, 14-May 2015 (UTC))
Administrator sifatida albatta tahrir qilishingiz shart emas. Onda-sonda yangi maqolalarni tekshirib tursangiz ham yetadi. Bizda bir necha yildan beri bir dona ham tahrir qilmagan administratorlar bor. Faol qachondir koʻpayadi. Bizning mamlakatlar qashshoq, odamlar qornini oʻylaydi. Har doim shunday boʻlib qolmaydi. Kuniga bir dona tahrir boʻlsa ham yetadi. Shunday ekan, oʻylab koʻring. Nataev munozara 14:41, 14-May 2015 (UTC)

Sa'lem [bul jerde] natuwri jazdim shekili juwap shiqpay atir. (Рахман3 (munozara) 06:22, 18-May 2015 (UTC))

Nima demoqchiligingizni umuman tushunmadim. Nataev munozara 14:25, 18-May 2015 (UTC)
Salom, bu yerda yozdim shekili ammo javob chiqmayabti: Demoqchilar ! --ITPRO.UZ (munozara) 14:40, 18-May 2015 (UTC)
Koʻrsatilgan link xato. Men aytgan joyda ingliz tilida yozib qoldirish kerak. Nataev munozara 14:42, 18-May 2015 (UTC)
Toʻgʻri yozgan: https://meta.wikimedia.org/wiki/Steward_requests/Permissions/2015-05#.D0.A0.D0.B0.D1.85.D0.BC.D0.B0.D0.BD3.40k.D0.B0.D0.B0.wikipedia . Faqat munozara sahifasi notoʻgʻri koʻrsatilgan --Xusinboy Bekchanov (munozara) 14:46, 18-May 2015 (UTC).
Tushunmadim. Raxman3 adminlikdan voz kechishni istaydimi? Unda nega oʻz iltimosini administratorlik huquqi soʻralgan boʻlimda yozdi? Nataev munozara 14:54, 18-May 2015 (UTC)
Uzr, yaxshi oʻqimabman. Yana xatolari 2015-yil 5-may sanasiga qoldiribdilar --Xusinboy Bekchanov (munozara) 16:13, 18-May 2015 (UTC).
Shuni aytaman-da. Menimcha shoshmasdan, boshidan yozib qoldirish kerak. Aslida adminlikdan voz kechmasalar yaxshi boʻlardi. Nataev munozara 16:16, 18-May 2015 (UTC)

Siz aytgan [mana bu yerga] yozdim ! endi to'grimi ? (Рахман3 (munozara) 03:53, 19-May 2015 (UTC))

Aha, endi toʻgʻri. Men u yerda mazkur munozaraga ham link qoldirdim. Nataev munozara 04:14, 19-May 2015 (UTC)
Yordamingiz uchun rahmat ! (Рахман3 (munozara) 09:21, 19-May 2015 (UTC))

"Tarixiy shaxs" andozasi

Salom! Fayzulla Xo'jayev haqidagi maqolani baʼzi joylarini toʻgʻriladim, lekin uni xuddi mana bu: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A5%D0%BE%D0%B4%D0%B6%D0%B0%D0%B5%D0%B2,_%D0%A4%D0%B0%D0%B9%D0%B7%D1%83%D0%BB%D0%BB%D0%B0_%D0%93%D1%83%D0%B1%D0%B0%D0%B9%D0%B4%D1%83%D0%BB%D0%BB%D0%B0%D0%B5%D0%B2%D0%B8%D1%87 yerdagidek qilib boyitishning iloji bormi, buning uchun „Tarixiy shaxs“ andozasi boʻyicha yordamingiz kerak, „Fayzulla Xoʻjayev“ sahifasi hozircha „Adib“ andozasi asosida yozildi.--jamshidnurkulov 19:20, 14-May 2015 (UTC)

Salom! „Tarixiy shaxs“ degan andoza yoʻq hech bir vikida. Ruschadagi andozaning nomi „Gosudarstvenniy deyatel“. Bizda ham bu andoza bor. Nataev munozara 03:13, 15-May 2015 (UTC)
Salom! Yordamingiz uchun raxmat! Barcha oʻzbek tilidagi shablonlarni nomlari keltirilgan sahifa mavjudmi. Fayzulla Xo'jayev sahifasiga bir baho berib, xato va kamchiliklarimni aytsangiz degandim…Minorai Kalon sahifasiga ham bir, ikkita tasvirlar qoʻshdim…—jamshidnurkulov 19:10, 15-May 2015 (UTC)
Yoʻq, barcha andozalar toʻplangan sahifa yoʻq. Turkumlar bor, lekin ular toʻliq emas. Maqolalarni vaqtim boʻlsa koʻrib chiqaman. Imzo chekish uchun toʻrtta tilda belgisidan (~~~~) foydalaning. Nataev munozara 15:27, 16-May 2015 (UTC)
Andozalar: https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Maxsus%3AAllPages&from=&to=&namespace=10 — Bu xabarni Xusinboy Bekchanov (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
Ajoyib! Rahmat! Nataev munozara 04:24, 17-May 2015 (UTC)

Fikr bildiring

Salom hurmatli Nataev! Ushbu sahifada yaxshi maqolaga yangi nomzod paydo boʻldi. Iltimos, ushbu sahifada oʻz fikringizni bildirsangiz. Oldindan rahmat! Hurmat bilan --Farsizabon (munozara) 11:49, 29-May 2015 (UTC)

Salom! Xoʻp! Ammo avval maqola bilan tanishib chiqmoqchiman. Nataev munozara 04:19, 31-May 2015 (UTC)

Qurultoy

Salom ! ko`pchilik vikilarda viki maomolarini muhokama qilich uchun qurultoy sahifasi mavjud ekan. masalan boshqird vikisida O'zbekcha vikida ham shunaqa sahifa yarata olasizmi ? (16:59, 30-May 2015 (UTC)) — Bu xabarni 188.113.201.0 (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Bizda bunaqa muhokamalar olib boriladigan sahifa mavjud. Nataev munozara 04:25, 31-May 2015 (UTC)

Andoza:Qaraqalpaq ruwları

Можете проверить и исправить ошибки?--Kaiyr (munozara) 12:56, 1-Iyun 2015 (UTC)

Я исправил название шаблона. А так не знаю как правильно перевести названия всех этих племен. Nataev munozara 14:36, 1-Iyun 2015 (UTC)
Рахмат.--Kaiyr (munozara) 14:55, 1-Iyun 2015 (UTC)
Не за что. Nataev munozara 17:27, 1-Iyun 2015 (UTC)

Fikr bildiring

Hurmatli Nataev mana bu yerda bot statusiga soʻrov ketyapti. Shunga Fikringizni bildirsangiz. --Ximik1991Bot (munozara) 23:58, 19-Iyul 2015 (UTC)

Bu bot aynan qanday tahrirlarni qiladi? Tajriba qilib koʻrdingizmi? Nataev munozara 03:21, 20-Iyul 2015 (UTC)
Bu Ximik1991Bot shablonga oʻxshagan soʻzlarni andozaga almashtirishga oʻxshagan oddiy tahrirlarni qiladi. Bu yerda tajribalar ketma - ketligi. --Химик1991 (munozara) 04:14, 20-Iyul 2015 (UTC)
Ajoyib! Nataev munozara 13:27, 20-Iyul 2015 (UTC)

Aholi

Salom 204,013 (2015) Kazakhstan Provinces, Major Cities & Settlements - Population Statistics in Maps and Charts mana bu aholi haqidagi malumotni va manbani, inglizcha vikidagi Atyrau sahifasiga qo'chib bera olasizmi? Mobil telefonda tahrirlachning imkoni bo'lmadi! (188.113.198.24 11:12, 21-Iyul 2015 (UTC))

Maʼqul. Nataev munozara 11:39, 21-Iyul 2015 (UTC)
Tushunmadim! nima ma`qul. Total population degan joyini o'zgartib berichingizni so'rayabman. Ma'qulmi deganim yo'q. (188.113.197.144 14:16, 21-Iyul 2015 (UTC))
Maʼqul=OK=xoʻp. Boʻshasam tuzatib qoʻyaman. Hozir ancha bandman. Nataev munozara 02:30, 22-Iyul 2015 (UTC)

Film

Salom. Film haqidagi maqolada surat chiqarolmadim. Yordam kerak. Umarxon III (munozara) 19:13, 12-Avgust 2015 (UTC)

Oʻzbekchaga tushunasizmi? Avval muhokama qilinmagan mavzuda xabar qoldirayotib yangi mavzu yarating, deb bir necha marta aytdim. Xabarlar xronologik tartibda yuqoridan pastga yozib boriladi, oʻng kelgan joyda emas. Savolingizniga keladigan boʻlsak, qaysi film haqidagi maqolada? Qanday surat? Nataev munozara 12:27, 14-Avgust 2015 (UTC)

Help

Salom oka yordam bervorsez iltimos belgi qutida ishlashi òrgatseyiz iltimos [andoza:belgiquti] ga korib nima qilisha tuwunib olomadim agar iloji bisa facebookda ham tushunagan boshqa narsalarimiyam gaplashsek digandim https://m.facebook.com/profile.php?_e_pi_=7%2CPAGE_ID10%2C9261189111 (15:41, 16-Avgust 2015 (UTC)) — Bu xabarni Ixtiyor (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Salom, Ixtiyor! Xabaringiz uchun rahmat! Bilgiqutilardan foydalanish uncha murakkab emas. Ularni yaratish lekin qiyinroq. Siz biror maqolada bilgiquti ishlatmoqchi boʻlsangiz, shunga oʻxshash mavzuda mavjud maqolani izlab koʻring. Masalan, biror shaxsiyat haqida yozmoqchi boʻlsangiz, bilgiquti ishlatilgan har qanday shaxsiyat haqidagi maqolani topsangiz boʻladi. Soʻngra oʻsha maqoladagi bilgiqutini koʻchirib oʻtib, tegishli joylarini oʻzgartiring. Sizni qiziqtirgan mavzuda bilgiquti boʻlmasa, boshqa tillardagi Vikipediyalarda shu mavzudagi maqolani topib, unda ishlatilgan bilgiqutiga eʼtibor bering. Sizga kerak andozani yaratishda tajribali foydalanuvchilar koʻmaklashishi mumkin. Vikipediyada tahrirlashni yetarlicha oʻrganganingizdan keyin oʻzingiz ham boshqa tillardagi andozalarni oʻzbekchaga oʻgirsangiz boʻladi. Mana bu yerda bilgiqutilar haqida maʼlumot berilgan, faqat ingliz tilida. Shu kabi sahifalarni afsuski hali hech kim oʻzbekchaga oʻgirgani yoʻq. Yana bir narsa, munozara sahifalarida xabar qoldirayotganingizda imzo chekishni unutmang. Buning uchun xabaringiz oxirida toʻrt tilde belgisini (~~~~) yozsangiz, tahriringizni saqlaganingizdan keyin imzongiz avtomatik ravishda qoʻyiladi. Nataev munozara 18:16, 16-Avgust 2015 (UTC)

Raxmat oka. Siz etkandey boshqa maqolalardagi belgi qutisini kapiravat qib bir xil joylarini òzgartirib qib kòrgandim lekin òzwamadi yana andoza:shaxsiyat andozasidan foydalanib qòrudib bundayam bòmadi manga kereli joylari yòg'akan masalan JANR DEBYUT yana wunga òxwawi man wularni qòwib kòrdim baribir chiqmadi man Garri Potter mualifi haqidagi maqolani boshida turadigan belgiquti yasamoxchidim ruscha vikipediyadan wundoq kapiravat qib qumloqda sinab kórudim bòmadi oka qumloqimni qarab korin :-( shuni bizaga òqshagan yengi Wikimenlar oson òrganishiga tarjima qiselar yaxwi bolarkan :-( birxilla ingiliz tilini biliwmidi. (Ixtiyor (munozara) 19:24, 16-Avgust 2015 (UTC))

Kimda vaqt va istak boʻlsa tarjima qiladi. Vikipediyada hamma koʻngilli ravishda tahrir qiladi. Nataev munozara 03:54, 17-Avgust 2015 (UTC)

Blok

Nataev, shu anonimni 216.104.36.237 blok qiling, iltimos. Birgina bu yerda vandallari bir qancha. --Химик1991 (munozara) 17:12, 30-Avgust 2015 (UTC)

Bajarildi. Tahrirlarini qaytarib chiqish kerak ekan. Nataev munozara 03:15, 31-Avgust 2015 (UTC)

YM uchun yangi nomzod

shu maqola YM boʻlishga loyiqmi, nima deysiz? -- Umarxon III (munozara) 05:47, 22-Sentabr 2015 (UTC)

Yomon emas. Boshqalar ham ovoz bersin, xulosa chiqaramiz. Nataev munozara 16:45, 25-Sentabr 2015 (UTC)

Andoza

Salom! Palov haqida tanlangan maqola yozmoqchiman. Ammo uzwikida taom haqida andoza yoʻq ekan. Iltimos, bir-ikki kun ichida shunday andoza yarata olasizmi? Juda xursand boʻlar edim. Misol tariqasida bu yerdagi andozadan koʻchirish mumkin. Oʻzim qila olmadim. Oldindan rahmat! Farsizabon (munozara) 07:34, 12-Oktabr 2015 (UTC)

Salom! Shu kunlarda juda bandman. Uzr. Nataev munozara 10:16, 12-Oktabr 2015 (UTC)
Hechqisi yoʻq. Boʻshaganingizdan soʻng ham yaratishingiz mumkin. Farsizabon (munozara) 05:41, 13-Oktabr 2015 (UTC)
Maʼqul. Nataev munozara 05:53, 13-Oktabr 2015 (UTC)

Nega haqiqiy ma'lumot.Spam yoki Reklama sifatida ban qilindi?

Infotech.uz sayti haqidagi ma'lumotlarni kiritib wikipage ochganimdan keyin, qanchadir vaqtdan keyin kirsam, bu sahifa mavjud emas deb, Nataev o'chirganini ko'rdim.Janob Nataev, bu sayt kommersial maqsadda ishlamagan joyida qaysi sabab bilan reklama maqsadini ko'rdingiz va qayerda spam funksiyasini bajardi bu sahifa?Siz Adminstrator sifatida o'z qaroringizni asoslab berishingizni so'raymiz.Shu holatdan kelib chiqib tahrirlash jarayonidagi kamchiliklarni to'g'irlaymiz.Oldindan raxmat. P.S : biz hali endi yo'lga qo'yilayotgan loyihamiz, bizga wikipediadagi sahifamiz yordam berishiga ishonamiz va sizdan amaliy yordam berishingizni so'rab qolamiz. — Bu xabarni Infotech.uz (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Salom! Vikipediya ensiklopediya, blog emas. Vikipediya maqolalari ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi, ularda betaraf, ishonchli manbalar keltirilishi kerak. Ishonchli manbalarda (nufuzli gazeta-jurnallarda, kitoblarda, saytlarda) Infotech.uz haqida yozilgan boʻlsa, bemalol yangidan maqola yaratishingiz mumkin. Ammo menimcha bunday manba topa olmaymiz. Katta ahamiyatga ega boʻlmagan, blogsifat sayt ekan. Vikipediya раскрутка uchun xizmat qilmaydi. Qolaversa, mavzuga bevosita aloqangiz boʻlgani uchun manfaatlar ziddiyati muammosi kelib chiqadi. P.S. Munozara sahifalarida xabar qoldirayotib imzo chekishni unutmang. Yana lotin yozuvida toʻgʻri yozish uchun konverterimizdan foydalaning. Nataev munozara 04:18, 21-Oktabr 2015 (UTC)

Javobingiz uchun raxmat.Demak tashqi manbalar bo'lmasa, Vikipedia sahifa ochishning iloji yo'q.Afsuski yaqinda ochilgan sayt bo'lganligi sababli, tashqi manbalar yo'q.Betaraf nuqtai nazar bilan, sayt haqida hech kim vikipedia sahifasini ochmasligi tayinku.O'ta ahamiyatli bo'lmagan saytlar, Vikipedia sahifasiga ega bo'lishi uchun qanday ko'rsatmalar berishingiz mumkin.Infotech.uz (munozara)

Sayt oʻquvchisi koʻpaysa balkim matbuot nazariga tushadi. Ungacha afsuski maqola yarata olmaysiz. Manfaatlar ziddiyati sizni qiziqtirgan/sizning aloqangiz boʻlgan mavzuda maqola yoza olmaysiz degani emas. Shunchaki bunday maqolalar betarafligi qattiq tekshiriladi. Sayt mashhur boʻlsa u bilan umuman aloqasi yoʻq odamlar maqola yaratadi. Masalan, men sayyod.com haqida maqola yaratganman. Bu ahmoqona sayt bilan hech qanaqa aloqam yoʻq. Sayt muallifidan maʼlumot olganman lekin. U ham sayyod.com haqidagi maqola uchun sayyod.comning oʻzini manba qilib koʻrsatishimni istagan edi. Bu qoidalarga zid. Hech qaysi ahmoq oʻzi/oʻz ishi haqida betaraf maʼlumot bermaydi. Sayyod.com asoschisi ham oʻzi va Gulnoraxon Karimova oʻrtasidan ola mushuk oʻtgani haqida betaraf ohangda yozmaydi. Lekin Bi-Bi-Si kabi nufuzli manbalarda sayyod.com haqida yozilgan boʻlgani uchun bemalol maqola yaratdim. Nataev munozara 15:04, 21-Oktabr 2015 (UTC)

Tushunarli, demak Vikipediada paydo bo'lish uchun ishlaymiz!)Vaqt ajratganingiz va javob qaytarganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.Infotech.uz (munozara)

Bemalol. Har qanday savol tugʻilsa tortinmay soʻrayvering. Nataev munozara 05:07, 22-Oktabr 2015 (UTC)

„kutib olich!“

Salom, hisob yaratkan barcha foydalanuvchilarni ham kutib olich axmoqlik emasmi? Kutib olgan foydalanuvchilarning oqirgi 2 oyda birortasi tahrir qildimi? Vikipediyani o'zingiz axlatga to'ldirmayapsizmi? Vikipediyani munozara sahifalariga to'ldirichdan ko'ra, faqat tahrir qilgan foldalanuvchilarni „kutib olich!“ kerak va shuning tarafdoriman! boshqa vikilarda shunday qilishadi. Tahrir soniga quvichdan foyda yo'q! (188.113.199.248 17:24, 29-Oktabr 2015 (UTC))

Olaaa! «Tahrir soniga quvichdan foyda yo'q!» birinchidan, hech kim tahrir soniga quvgan yoʻq. Ikkinchidan, qoʻlingizdan kelsa siz ham quving.--Химик1991 (munozara) 18:36, 29-Oktabr 2015 (UTC)
Kutib „olich“ ahmoqlik emas. Welcome xabarda yangi foydalanuvchilar uchun foydali linklar bor. Oʻzbekcha Vikipediyada sentabr oyida 89 kishi roʻyxatdan oʻtdi. Ulardan 8 nafari kamida bitta tahrir qildi. Yangi foydalanuvchilarni kutib olishdan maqsad tahrir sonini oshirish emas, balki ularga yordam berish, yoʻl-yoʻriq koʻrsatishdir. Nataev munozara 03:42, 30-Oktabr 2015 (UTC)

Inglizcha-oʻzbekcha elektron lugʻat

Assalomy alaykum! Sizda inglizcha-oʻzbekcha elektron lugʻat yoʻqmi? Toʻliq, misollar bilan yoritilgan, xuddi ruscha-oʻzbekcha lugʻatga oʻxshagan --Xusinboy Bekchanov (munozara) 14:55, 9-Noyabr 2015 (UTC).

Salom! Afsuski yoʻq. Hali ishlatishga arziydigan bunaqa lugʻat uchratmadim. Nataev munozara 15:58, 9-Noyabr 2015 (UTC)

Andozalar

Salom. 2ta iltimos bor. 1. Andoza:Adabiy qahramon andozasida maqola yaratgan edim, lekin portret chiqmayapti. VikiOmborda bu surat bor. Shunga qarab yuborsangiz.

2. Hukumat rahbarlari haqidagi {{prime-minister-stub}} andozasini yaratib bersangiz. Umarxon III (munozara) 06:17, 2-Dekabr 2015 (UTC).

1 - X mark.svg Bajarilmadi. Umarxon, maqolangizdagi siz qoʻygan tasvir ruvikiga yuklangan ekan. Bizda bu fayl ishlamaydi. Ruvikiga „vijdonli foydalanish“ uchun yuklangan ekan yaʼni ozod fayl emas. Vikiomborda topa olmadim.
2 - Yes check.svg Bajarildi {{bosh-vazir-stub}} deb yaratildi. Stub andozalarni oʻzbekcha nom bilan ham yaratsa boʻladi, aniqrogʻi shunday qilishga harakat qilish kerak. Topish uchun oson boʻladi. Boshqa stub andozalar bu yerda. --Химик1991 (munozara) 11:08, 2-Dekabr 2015 (UTC)
Rahmat. Umarxon III (munozara) 14:38, 2-Dekabr 2015 (UTC)
Oʻqishga imkonim boʻlgunicha hal qilibsizlar. Barakalla! Nataev munozara 15:22, 2-Dekabr 2015 (UTC)

Zokidin

Nima sababdan ZOKIDIN accauntimdagi ma'lumotlarim o'chib ketgan? — Bu xabarni 213.230.76.57 (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Siz ruscha Участник: nomfazosi bilan roʻyxatdan oʻtibsiz. Shuning uchun Abdulla aka oʻchirgan u sahifani. Bemalol yangidan roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. Nataev munozara 15:54, 22-Dekabr 2015 (UTC)
Mana bor-ku: Foydalanuvchi:ZOKIDIN. Ruscha nomfazo bilan roʻyxatdan oʻtmagan, balki shunaqa sahifa yaratgan. Oʻchirib toʻgʻri qilingan --Xusinboy Bekchanov (munozara) 16:47, 22-Dekabr 2015 (UTC).
Keyinroq yangidan roʻyxatdan oʻtibdi. Nataev munozara 11:49, 23-Dekabr 2015 (UTC)