Foydalanuvchi munozarasi:Amir.Temur7

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Xush kelibsiz!

Salom, Amir.Temur7! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga Vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning ismingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, Vikipediya:Forum sahifasiga tashrif buyuring yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Yana bir bor xush kelibsiz! Nataev munozara 10:01, 13-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]

Do not speak Uzbek? Click here.

Ogohlantirish[manbasini tahrirlash]

Hurmatli Amir.Temur7, bor mavzuda mavzu nomiga nuqta qoʻyib yangi maqola yaratishni bas qiling. Ikki marta „Hindiston.“ nomi bilan maqola yaratdingiz. Hindiston maqolasi mavjud. Qaysi ahmoq „Hindiston.“deb izlaydi? Maqola nomida nuqtaning nima keragi bor? Unda Oʻzbekcha Vikipediyadagi 141 149 maqolaning har birining nuqtasi bor versiyasini ham yaratib chiqamizmi? Bunday tahrir qilishda davom etsangiz keskin chora koʻriladi sizga qarshi. Nataev munozara 15:53, 14-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]

Siklanlar[manbasini tahrirlash]

Siz koʻrsatgan manbada siklanlar haqida hech vaqo yoʻq. Ozgina izlanish qilib manba toping. Masalan, mana bu manbada siklanlar haqida yozilgan. Avval manba qoʻshmay andozani olib tashlamang. Yana bir marta manba qoʻshmay turib andozani olsangiz bloklanasiz. Nataev munozara 09:34, 17-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]

  • JAVOB siklanlar bu- naftenlar. Men ko'rsatgan manbada naftenlar(ya'ni siklanlar) haqida yozilgan. Qayta manbaga kirib diqqat bilan o'qing. Amir.Temur7 (munozara) 09:40, 17-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]
    • Ruscha vikida "Циклоалканы, также полиметиленовые углеводороды, нафтены, цикланы, или циклопарафины" deb yozilibdi. Bundan chiqdi naftenlar va siklanlar bir narsa. Maqolada siklanlar va nafternlar bir narsa ekanligi haqida yozish kerak unda. Maqola nomini ruschadagidek „Sikloalkanlar“ deb oʻzgartirish kerak. Kengroq qoʻllaniladigan nomi shu ekan. Agar siklan va naften bir narsa boʻladigan boʻlsa siz koʻrsatgan manba yetarli. Maqolaning kirish qismida siklanlarning boshqa nomlarini ham yozish kerak. Nataev munozara 09:45, 17-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]
      • Siklan va naften bir narsa boʻlsa ikki alohida maqolaning keragi yoʻq. Biridan ikkinchisiga redirect qilib, saqlab qolingan maqolani toʻliqlash kerak. Nataev munozara 09:49, 17-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]
        • Yaxshi. Sizga vikiomborga rasm yuklash haqida murojaat qilganimda, siz ko'rsatgan manbada ruscha yozilgan ekan. Iltimos, shuni oddiy qilib o'zbekchaga tushuntirsangiz, minnatdor bo'lardim. Amir.Temur7 (munozara) 09:57, 17-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]
          • Buni qarang-ki siz koʻrsatgan manbada „This is an excerpt from the article Naftenlar from the Wikipedia free encyclopedia. A list of authors is available at Wikipedia.“ deb yozilibdi! Yaʼni siz manba qilib koʻrsatgan sayt oʻzi Vikipediyani manba qilib koʻrsatayapti! Vikipediyadagi naftenlar maqolasining nusxasi ekan xolos u. Bu en:Citogenesis deb nomlanadi. Vikiomborga yuklashga kelsak, oʻzbekchaga tarjima qilib chiqishimiz kerak qoidalarni. Bu ancha vaqt oladi. Yuklash uchun yoki ruscha, yoki inglizcha bilish kerak baribir ozgina. Men UploadWizarddan foydalanaman. Vikiomborda chapda Upload File degan yerni bossangiz chiqadi. Keyin kerakli joylarini toʻldirib chiqasiz. Fayl nomi, turkum, muallif, litsenziya, va hokazo. Faylga tegishli litsenziya, qisqa izoh, turkum qoʻshish uchun avval qanaqa litsenziyalar borligi bilan tanishib chiqish kerak. Qanaqa surat yuklamoqchisiz? Oʻzingiz olganmisiz suratni? Aks holda adminlar oʻchirishadi. Nataev munozara 10:07, 17-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]

Iltimos[manbasini tahrirlash]

Adminlar iltimos bosh menyudagi bugungi tanlangan maqolalar, yangiliklar boʻlimini hech boʻlmaganda 3-4 kunda bir yangilab turinglar iltimos. Anchadan beri Texas maqolasi joyidan qoʻzgʻalgani yoʻq, nima „mixlab“ qoʻyilganmi? Boshqa tildagi wikilarda yangiliklar va kun maqolalari kunda oʻzgartiriladi. Iltimos bunga chora koʻringlar! Amir.Temur7 (munozara) 11:29, 17-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]

Agar sizga bosh sahifani yangilab turish yoqsa, unda vikipediyani tezda oʻrganib professional darajasiga eting. Undan keyin sizni adminlikka hozirgi adminlar saylashsa, admin boʻlganingizdan keyin bosh sahifadagi „mixlab“ qoʻyilgan maqolalarni yangilayverasiz. —Химик1991 (munozara) 06:52, 21-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]

Skype konferensiya[manbasini tahrirlash]

Salom, Amir.Temur7! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun katta rahmat! Bizda vikipediyachilar uchun yaxshi bir aloqa vositasi bor. Bu Skype konferensiyadir. U yerda har qanaqa savolga tez javob olishingiz mumkin. Istasangiz shu konferensiyaga qoʻshiling. Nataev munozara 07:27, 28-Fevral 2015 (UTC)[javob berish]

Ovoz bering[manbasini tahrirlash]

Mana bu yerda „Administratorlikka soʻrovlar“ andozasi muhokamaga qoʻyilgan. Sizning ovoz berishingiz kelajakda oʻzingizni ham administrator boʻlishingizga taʼsir qilishi mumkin. Shuning uchun aktiv boʻlishingizni soʻraymiz. —Химик1991 (munozara) 09:06, 12-Mart 2015 (UTC)[javob berish]