James Bond

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
James Bond
Portret
Aktyor Sean Connery James Bond timsolida, 1964-yil
Ijodkor: Ian Fleming
Asarlari: Bondianalar
Jinsi: erkak
Millati: ingliz
Unvoni: Britaniya harbiy dengiz floti kommanderi, maxsus xizmat zobiti
Rolni ijro etadi: Daniel Craig (2006-yildan)
Vikiombori Vikiombordagi fayllar

James Bond (talaffuzi: Jeyms Bond) yoki agent 007 (Yozuvchi ushbu 007 raqamini  har kuni o‘zi minadigan 007 raqamli yo‘nalish avtobusidan  olgan.)buyuk britaniyalik taniqli jurnalist va yozuvchi Ian Fleming qalamiga mansub romanlarning bosh qahramoni. Britaniya harbiy dengiz floti kommanderi, Qirolichaga boʻysunuvchi MI6 maxfiy josuslik xizmati zobiti, Muqaddas Mixail va Muqaddas Georgiy ordeni sohibi. Bond haqidagi filmlar (Bondianalar) tarixdagi eng davomiy filmlardan biridir. 1962-yildan boshlab hozirgi kunga qadar 24 ta film ekranga chiqdi (oʻrtacha har ikki yilda bitta film) va ular oʻz ijodkorlariga 6 milliard AQSh dollaridan ortiq daromad keltirdi[1].

Bosh qahramon — James Bondning paydo boʻlishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniyalik sobiq jurnalist, yozuvchi Ian Fleming ikkinchi jahon urushi davrida Britaniya harbiy-dengiz razvedka xizmati boshligʻining yordamchisi boʻlib xizmat qilgan. Xizmat davrida u razvedka arxividan mashhur josus Seadney Raily haqidagi hikoyalarni topib oladi va ishtiyoq bilan oʻqib chiqadi. Hikoyalardan ilhomlangan Fleming „Casino Royale“ nomli roman yozadi. Ushbu roman unga mashhurlik olib keladi. Asarning bosh qahramoni sifatida professional josus ’’James Bondʼ’ tasvirlangan.

James Bond haqidagi tasavvurlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

007 — „Faqat Britaniya qirolichasi koʻrishi uchun“

James Bond — nihoyatda tavakkalchi, choʻrtkesar va oʻziga ishongan, shu bilan birga, ayollar, qimor va spirtli ichimliklarga ishtiyoqi baland inson. Ian Fleming Seadney Railydan boshqa tarixda nom qoldirgan yana bir nechta josusning tabiati, tashqi koʻrinishi va boshqa jihatlarini oʻrganib chiqadi va ularni birlashtirib, James Bond timsolida tasvirlaydi. Ular quyidagilar:

Ian Fleming havas bilan qaragan kishilar orasida James Bond ismli professor ornitolog ham bor edi. Agent James Bond haqidagi filmlar ommaga tanilib ketgani ornitologning kayfiyatini tushirib yuborgan va u shaxsan Fleming bilan uchrashib, oʻzining noroziligini aytgan. Bunga javoban Fleming janob Bonddan uzr soʻragan va unga qushlar sovgʻa qilgan. 007 — Agent James Bondning MI6 xizmatidagi tartib raqami. Nima uchun shu raqam tanlangani haqida turli taxminlar bor. Ulardan biri — Britaniyalik josus John Dee tomonidan Qirolicha Yelizaveta Iga yuborilgan hisobotlarida agent Dee 007 raqamlarini eslatuvchi ikki doira va oʻtkir burchak tasvirlangan imzo qoʻygan. Buning maʼnosi — „Faqat Qirolichaning koʻzlari uchun“ deganidir[3]. Hazrati Oliyalarining maxfiy xizmatida filmida James Bondning otasi shotlandiyalik Andrew Bond, onasi esa fransuz Monic Delacroix ekanligi eslatilgan. Shuningdek, 007:Skyfall filmidan uning Shotlandiyaning Skayfoll qishlogʻida tugʻilganligi maʼlum. Uning tugʻilgan sanasi haqida turli taxminlar bor.

James Bondning narsalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

James Bond har bir vazifani bajarish oldidan MI6 idorasining texnik boʻlimi muhandisi, mayor Boothroyd (Q) tomonidan ishlov berilgan toʻpponcha, avtomobil, qoʻl soati va boshqa qurilmalarni oladi.

Toʻpponchasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ian Fleming toʻpponchalar haqida kamroq maʼlumotga ega edi. Asarlarining bosh qahramoniga u 6.35 millimetrli „Beretta 418“ qurolini „tutqazadi“. Asarni oʻqib koʻrgan britaniyalik qurolsoz Geoffrey Boothroyd Flemingga oʻziga xos eslatma bergan va Walther PPK toʻpponchasini maslahat bergan. Shu tariqa, filmlar orqali Walther PPK toʻpponchasi dunyoga tanildi. Qurolni ishlab chiqarayotgan Walther zavodi, koʻproq foyda olish uchun James Bondning qoʻliga toʻpponchaning yangidan-yangi modellarini „bergan“. Ertangi kun doim bor, Dunyo ham kam, Boshqa kun filmlaridan tashqari hamma filmlarda shu toʻpponchadan Bond foydalangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Movie Franchises — Box Office History
  2. Lenta novostey Euronews: Obщestvo: Britaniya-Bond-Prototip[sayt ishlamaydi]
  3. Philip Gardiner. The Bond Code: The Dark World of Ian Fleming and James Bond