Sade Adu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sade Adu
Foto
Sade Adu konsertida (Germaniya, 2011-yil)
Tugʻilgan paytidagi ismi: Xelen Foloshade Adu
Tavalludi sanasi: 16-yanvar, 1959 (1959-01-16)(59 yosh)
Tavalludi joyi: Ibadan, Nigeriya
Guruh(lar): Sade
Faoliyat yillari: 1980 – bugun
Janr: Jaz
Sade.com

Shade Adu (ingl. Sade Adu, to'liq ismi - Xelen Foloshade Adu) - asli kelib chiqishi nigeriyalik bo'lib, ingliz qo'shiqchisi, she'rlar, qo'shiqlar, musiqalar muallifi, aranjirovkachi, prodyusser va Sade guruhining yakkaxoni, shuningdek vokalisti.

Biografiyasi[tahrir]

Shade 1959-yilning 16-yanvarida Nigeriyada, Ibadanda tug'ilgan. Uning otasi Bizi Adu nigeriyalik iqtisod o'qituvchisi, onasi esa angliyalik hamshira Enn Xeyz. Ular Londonda tanishib qolishgach, turmush qurishadi va G'arbiy Afrikaga kelishadi. Keyinchalik, turmushdagi ba'zi muammolar tufayli Enn to'rt yoshli Shadeni va o'g'li Banini olib, ota-onasining Buyuk Britaniyadagi uyiga qaytadi.

1970-yillarning boshlarida modaga, raqs sohasiga qiziqadi va Kertis Meyfild, Donni Xetevey va Marvin Gey kabi soul-xonandalarning qo'shiqlarini katta qiziqish bilan tinglaydi.

Shade 1977-yilda Londondagi Avliyo Martin San'at Kolledjiga uch yilga liboslar dizaynini o'qish uchun keladi. Oliy ma'lumotli Shade dugonasi Joey Mellor bilan xamkorlikda erkaklar kiyimlari tikiladigan kichik atelye ochishadi. Shuningdek u fotomodel bo'lib ham ishlaydi.

Shade 1980-yili Arriva latino-soul guruhi menedjeri Li Barret bilan tanishib qoladi. U guruh a'zolaridan biriga aylanadi va o'zining qo'shiqlarini yozishni boshlaydi.

1982-yilda Shade, Pride guruhining bo'lajak ishtirokchilari Styuart Metyumen va Pol Spenser Denman bilan tanishadi. Bu yerda г bir yilgina ijod qiladi.

Shade, Pol Kuk bilan alohida guruh tashkil qilishadi va unga Sade deya nom beradi. Keyinchalik guruhga Endryu Xeyl kelib qo'shiladi. Pol esa guruhni tark etadi.

1983-yilning 18-oktabrida Shade Epic Records ovoz yozish kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi. Sade guruhining Diamond Life (1984), Promise (1985), Stronger Than Pride (1988), Love Deluxe (1992), The Best Of Sade (1994), Lovers Rock (2000), Lovers Live (2002), Soldier Of Love (2010) albomlari Epic Records ovoz yozish leybili bilan hamkorlikdan so'ng yaratiladi.

1985-yilda Shade Julien Templning "Yangilar" filmida xonanda Afina Dunkan rolini talqin etadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir]

1986-yilda Shade Ispaniyaga, Madridga keladi. 1989-yilning 11-oktabrida u Vinuelas qasrida kinorejissyor Karlos Skolaga turmushga chiqadi. Biroq, ularning turmushi uzoqga bormaydi.

1990-yilda Shade Londonga qaytadi. Shu yilning o'rtalarida u Yamaykaga, Ocho-Riosga keladi. Bu yerda u yamaykalik Produser Bob Morgan bilan yaqindan tanishadi. 1996-yilning 21-iyulida Shade qizlik bo'ladi. Unga Ila deb ism qo'yadi.

1997-yilda Montego Beyda (Yamayka) Shadeyga avtomobil boshqarishdagi xatosi, avtohalokatning kelib chiqishiga sababchi va politsiya ofitseriga bo'ysunmaslik kabi ayblovlar qo'yiladi. Keyinchalik, Yamayka sudi Shadeyni sudda ayblovlari uchun javob berishga kelmaganligi sabab, uni xibsga olish uchun order beradi. Biroq, xonandaning qizi kasalxonada ekanligi haqidagi tibbiy xulosa, qamash uchun berilgan orderni to'xtatib qoladi.

Shade 2005-yilda maxsus DVD Voices For Darfur xayriya kontserti uchun Mum kompozitsiyasini yaratadi.

Ovozi[tahrir]

Eng yuqori nota: F#5. Eng past nota: C3

Diskografiya[tahrir]

Studiya albomlari
Boshqa albomlar