Foydalanuvchi:Sitora Normuxamadova/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ko'zning tomirli pardasi(lot.tunica vasculosa tractus uvealis) - bu ko'ruv a'zosining asosiy qismi hisoblangan ko'z olmasining ikkinchi qavati bo'lib, qon tomirlarga boy bo'lganligi uchun shunday nomlangan. Ko'zning tomirli pardasi bevosita oqsil qavatining ostida yotadi.

Anatomik tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko'zning tomirli pardasi quyidagi 3 qismdan iborat:

  1. Rangdor parda ( iris )
  2. Kipriksimon tana ( corpus ciliaris)
  3. Xususiy tomirli parda ( chorioidea )

Tomirli pardaning birinchi qismi rangdor parda - iris[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rangdor parda tomirli pardaning oldingi qismidir, ko'zga turli havorang, ko'kimtir, to'q jigarrang va qora rang beradi, doira shaklida bo'lib, vertikaliga 12 mm va gorizontal tomonlama 12.5 mm ga teng. Rangdor parda ikki varaqdan iborat bo'lib, oldingisi mezodermal va ikkinchisi ektodermaldir.Rangdor pardaning oldingi sathida bir qancha chuqurcha va kavakchalar hamda devorchalar bor (lacuna, crypta) boʻlib, ular pardaga oʻziga xos ko'rinish va jilo beradi . Bu chuqurchalar pardaning ustki mezodermal varagʻida joylashgan va undagi fibrill tolalar hamda qon tomirlarning yo'nalish izidan tashkil topgan. Ko'z rangining to'q va och koʻkimtir, havorang va boshqachaligi shu pardadagi pigment hujayralaridagi xromatoforlar - melanin miqdoriga bog'liq. Pigment hujayralarida melanin ko'p bo'lsa, ko'z rangi to'q, oz bo'lsa ochroq rangli bo'ladi. Qorachiqni o'rab yotgan muskul tolalari (m. Sphincter pupilla) ham shu mezodermal varaqda joylashgan bo'lib, ular qisqarganda qorachiq torayadi. Rangdor pardaning orqa sathini epiteliy varag'i tashkil etadi. Bu varaq bilan mezoderma varag'i o'rtasida radial ( m. Dilatator pupilla) muskul tolalari joylashgan bo'lib, ular qisqarganga ko'z qorachig'i kengayadi. Rangdor pardaning oldingi mezodermal varag'ida stroma va ko'p pigment hujayralari borki, bular o'zaro chatishib rangdor pardaning tashqi pigment chegara membranasini tashkil etadi. Uning orqa sathida - ekzoderma varag'ida esa qorachiqni kengaytiruvchi radial nozik muskul tolalaridan tashqari, pigment qavati ham bo'lib, u qorachiq qirrasini o'rab olib, uning pigmentli qora jiyagini tashkil etadi. Rangdor pardaning qoq o'rtasida yumaloq kichkina bo'shliqli teshik - qorachiq ( pupilla) Qorachiqning qirra cheti atrofidan 1,5 mm ichkarida bo'rtiqroq, qalinligi 0,4mm ga teng tasmachani eslatadigan doira bor. Qorachiq atrofidagi yuqorida ta'riflangan bo'rtiqroq doira uning oldingi sathini mayda va yirik naqshli ikkita doira qismga ajratadi. Bular qorachiq atrofi va kipriksimon tana zonalari deyiladi. Koʻzga yog'du tekshirganda bu zonalardan biri mayda-mayda chiziqli va ikkinchisi yirik shaklli bo'lib, yaqqol ko'rinib turadi. Ular normal holatining o'zgarishi rangdor pardaning turli kasalliklariga tashxis qo'yishda katta ahamiyatga ega. Hozirgi zamon iridodiagnostika usuli nuqtai nazaridan qaraganda rangdor pardadagi pigment dog'lari mayda-mayda chiziq va shakllarning o'zgarishi va oʻzgacha joylashishi faqatgina koʻz patologik kasalliklarini emas, balki butun tanada paydo bo'ladigan o'zgarishlarni aniqlashga imkon beradi. Qorachiq rangdor kengayganda pardaning kipriksimon tana oldi zonasida bir necha qator gardishga o'xshash burmachalar paydo bo'ladi. Qorachiq torayganda esa burmachalar tekislanib, o'rni aylana tasmaga o'xshab turadi. Rangdor pardaning eng yupqa - 0,2 mm ga teng joyining kipiksimon tanaga oʻtishi chegara qismdir. Ko'zga tushadigan yorug' nurlarni rangdor parda qorachig'i o'zining torayish va kengayish xususiyati bilan nazorat qiladi, shuning uchun rangdor pardani ko'zning tabiiy diafragmasi deb ataladi. Rangdor parda sezuvchi nerv tolalari n. Trigemi dan, vazomotor tolalari tsiliar tugunning simpatik nerv shoxchalaridan va harakatga keltiruvchi n.oculomotoriusdandir.

Tomirli pardaning ikkinchi qismi, kipriksimon tana - corpus ciliaris[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kipriksimon tana - ko'z soqqasi gardishi, oqsil parda qavati ichidagi bir butun halqa kengligi 8 mm (burun tomoni 5,8 mm, chakka tomoni kengligi 6,7 mm) tasmaga o'xshab yotadi . Tomirli qavatning oldi qismi rangdor parda bilan orqa qismi xorioideyalar oralig'ida kipriksimon tana joylashgan. U shu pardaning eng qalin qismi bo'lib, rangdor parda bilan chegaralangan joyining qalinligi 2 mm ga teng, chunki shu yerda uning muskuli m. Ciliaris joylashgan. Uning xorioideyaga o'tish chizig'i (ora serrata) esa kungiralidir. Kipriksimon tana sathi ikki xil tuzilishga ega. Uning rangdor pardaga yaqin - oldingi qismining ichki sathi ko'z ichiga bo'rtibroq chiqqan kiprikka o'xshash tolalardan tuzilgan (processus ciliaris) juda ko'p tolali (70 ga yaqin) tasmani eslatadi. Buni odatda kipriksimon chambarak (corena ciliaris) deyiladi. Tananing orqa, xorioideyaga o'tish qismi bora-bora tekislanib yupqa gardish (orbiculus ciliaris) deb ataladi. Kipriksimon tanani meridian yo'nalishida kesib qaraganda uchburchakli kesma paydo bo'ladi. Uchburchakning birinchi - ustki sathi oldingi - rangdor parda o'zagi tomonga, ikkinchisi - orqa sathi xorioideyaga va uchinchi - to'mtoq sathi esa ko'z gavhari tomonga qaragan bo'ladi. Kipriksimon tananing chambaragi ko'z gavharini o'rab olgan. Ular orasida kengligi o'zgarib turadigan gavhar atrofi bo'shlig'i (sratium circum lental) bor. Kipriksimon tananing oldingi sathidan boshlanadigan boylamchalar - Sinn boylamchalari (ligamentum Zinni) ko'z gavhari ekvatorining orqa sathiga, uning orqa qismidan boshlanadigan boylamchalar gavhar ekvatorining oldingi sathiga borib birikadi. Natijada gavhar atrofida bir-biri bilan kesishgan Tsinn boylamchalari orasida Kloket kanali (spatium Cloketi) paydo bo'ladiki, bunda kipriksimon tanadan chiqqan suyuqlik-ko'z ichi suyuqligi girdoblanib oqadi. Kipriksimon tanada ham birinchi- mezodermal varag'i bo'lib, u «adashgan» to'qima, muskul tolalari va juda ko'p qon tomirlarga ega. Uning ikkinchi (pigmentli) ektodermal varag'i va to'r pardaning o'rta - optik qismidan rangdor pardaga qarab yo'nalgan va ularning orqa sathini yopgan ikkinchi ektodermal epitelial qismlari bor. Demak, kipriksimon tanada ham, rangdor pardada ham ektodermal varaq bir juftdan. Rangdor pardada esa ikkita ektodermal va epitelial pigmentli varaqlar juda ko'p pigmentli hamda qop-qora bo'lgani uchun nur o'tkazmaydi va ko'z ichki pardalariga haddan tashqari koʻp yorug' nurlar o'tishidan saqlaydi. Kipriksimon tanadagi mayin silliq muskullar uch xil meridianal, radial va tsirkulyar yo'nalishlidir. Meridianal tolalar qisqarganda xorioideyani oldinga tortadi va bu m.chorioidea deyiladi. Radial tolalar esa oqsil parda o'siqchasidan kipriksimon tana kiprikli va kipriksiz gardishlariga borib birikadi. Tsirkulyar tolalar esa ayrim-ayrim bog'ichlar shaklida kiprikli qismda joylashgan. Kipriksimon tanada uch xil yo'nalgan muskullar to'plami ayrim-ayrim qisqarib akkomodativ vazifani bajaradi. Kipriksimon tomirli qatlam o'rin olgan. Bunda qon tomirlardan tashqari siyrak biriktiruvchi to'qima, elastik tolalar va pigment hujayralari ko'p. Ko'zning orqa qutbidan tomirli parda bilan oqsil parda orasidagi nozik bo'shlig'i - spatium suprachoriodeadan kipriksimon tananing uzun arteriyasi o'tib kelib, kipriksimon tananing oldingi limbga yaqin yotgan arteriyasi bilan anastomozlab, rangdor pardaning kipriksimon tanaga o'tish joyida ularning katta qon aylanish doirasini tashkil qiladi. Doiraning tolalari kipriksimon tana kiprikli qismini qon tomirlar bilan boyitadi. Bu esa kipriksimon tananing ko'z ichi suyuqligi ishlab chiqarishiga katta imkoniyat beradi. Kipriksimon tanadagi muskullar akkomodatsiya jarayonini ta'minlasa, uning kiprik epiteliysi ko'z ichi suyuqligi ishlanishini ta'minlaydi. Kipriksimon tanadagi qon tomirli qatlam ostida juda yupqa shaklsiz, asosiy qatlam joylashgan, uning ostida esa pigmentli epiteliy va undan keyin pigmentsiz epiteliy qavatlari qatma-qat bo'lib yotadi.Keyingi ikki-pigmentli va pigmentsiz qavatlardan biri- pigmentsiz to'r pardaning ko'rmaydigan (optik emas) qismidir. Kipriksimon tanada nerv tolalari chigali yotadi. Uning sezuv nervi tolachalari uch tarmoqli nervning birinchi tolasidan, qon tomirlarni kengaytirib-toraytirib turuvchi va radial muskullarni harakatlantiruvchi tolalar esa simpatik nerv tolasidagi va aylana muskullarni harakatlantiruvchi tolalar ko'zni harakatlantiruvchi nerv (n.oculomotorius) tolalaridandir.

Tomirli pardaning uchinchi qismi - chorioidea[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur qism tomirli pardaning eng orqa qismi bo'lib, u oqsil pardaning ichki sathiga suyanib yotadi. Qalinligi 0,2-0,4 mm ga teng. Uning sathi kungirali chiziqdan to ko'ruv nervi diski qirrasigacha bo'lgan masofaga teng va faqat shu ikki o'rinda oqsil pardaga yopishgan bo'ladi.

Xorioideyaning gistologik qavatlari

  • Supraxorioideya - qon tomirlarning ustki qatlami juda yupqa endoteliy bilan qoplangan ko'p tolali pigment hujayralari bilan ta'minlangan biriktiruvchi toʻqimadan iborat.
  • Yirik diametrli arteriya va vena qon tomirlar qatlami.
  • O'rta diametrli arteriya va vena qon tomirlar qatlami.
  • Mayda xoriokapillyar qon tomirlar qatlami.
  • Brux membranasi - shishasimon tiniq, silliq va nafis parda, xoriokapillyar varag'i bilan to'r parda pigment epiteliysi orasida yotgan membrana. Xorioideya to'r pardaning optik qismi bilan jipslashib yotadi. Xorioideyada sezuv nerv tolalari yo'q. Ko'zning orqa qutbidagi siliar arteriyasi qon tomirlarning 6-8 ta orqa qisqa tolalari xorioideya qatlamlariga kirib, bir-biri bilan anastomozlangan holda uni arteriya qoni bilan ta'minlaydi. Xorioideya bilan to'r pardaning hamkorligi ko'zning ko'rish jarayonini yaxshilaydi, chunki xorioideyaning eng ichki xoriokapillyar qatlami to'r pardani qon bilan ta'minlab, unda moddalar almashinuvini tartibga solib turadi.

Fiziologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorioideyaning tomirli sistemasi kalta orqa kiprikli arteriyalar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ular 6-8 ta bo'lib, skleraning orqa polyusidan chiqib, quyuq tomirli tutamni hosil qiladi. Xorioideya ko'rish uchun zarur to'xtovsiz tushib ketadigan ko'ruv purpuralarning qayta tiklanishini ta’minlovchi energetik manba bo'lib hisoblanadi.  

Gavhar. Gavhar ximik tarkibining uziga xos xususiyati undagi ko'p miqdordagi (35 dan yuqori) oqsil moddalarining borligidadir. Gavhar qon tomirlarga ega emas. Moddalar almashinuvi uchun zarur bo'lgan tarkibiy qismlar va almashinuv jarayoni mahsulotlarining ajralishi diffuziya va osmos yo'li bilan boradi va juda sekin kechadi. Gavharning oldingi kapsulasi yarim o'tkazgich parda vazifasini bajaradi.  Gavhar oziqlanishining regulyasiyasida gavhar oldingi yuzasining sub-kapsulyar epiteliysi va uning ekvatorial qismi ishtirok etadi.  Gavhar oziqlanishining manbasi ko'z ichi suyukligi va kamera suyuqligi hisoblanadi. Gavhar oziqlanishi uchun zarur bo'lgan moddalarning yetishmasligi yoki unga keraksiz, yot moddalarning kirishi normal moddalar almashinuvini buzadi va bu oqsilning parchalanishiga, tolalarning ajralib ketishiga,  gavharning xiralashishi – kataraktaga olib keladi.

Kasalliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iridotsiklitlar. Ko'z tomirli qavatning rangli pardasi (lot.iris) yallig'langanda iritis, kipriksimon tana (corpus ciliaris) yallig'langanda ciclitis va uning xususiy yallig'langanda chorioiditis deyiladi.

Toksoplazmoz iridotsiklitlari ko'pincha toksoplazmozning hayotda yuqtirilgan turi bilan kasallangan odamlarda ham uchraydi. Toksoplazmalar qonga yoki ko'zga tushganda shox parda, rangdor parda va kipriksimon tananing o'tkir yallig'lanishi, ko'zda yoshlanish, og'riq berish va perikorneal in'ektsiya bilan boshlanib, rangdor pardadagi tugunchalar yoki diffuz yopishqoq yallig'lanish tezlik bilan kipriksimon tanaga o'tadi va proliferativ jarayon boshlanadi va juda og'ir davom etadi. Cho'kma donachalar yuzaga kelib, ko'kimtir sarg'ish ekssudat qorachiqni bekitib qoʻyadi va ikkilamchi glaukoma kelib chiqadi.

Zaxm- sifilisdan paydo bo'ladigan iridotsiklitlar zaxmning ikkinchi davrida rangdor parda qorachig'i poyasidan kengaygan qon tomirlarning chegaralangan qizg'ish manbai (ochag) paydo bo'lib, 4-5 kundan so'ng ular so'rilib ko'rinmay ketadi. Shuningdek bir oz qizarib shishgan rangdor pardaning shu joyida papula paydo bo'lishi mumkin. Bu kichkina sarg'ish-qizil shish shaklida bo'ladi.

Virusli iridotsiklitlar - uchuqli yoki gripp virusidan paydo bo'lib, asta-sekin boshlanib, seroz yallig'lanish sifatida surunkali davom etadi. O'zi kam uchraydi, vaqtida davolansa asoratsiz kechadi.

Xorioiditlar. Xorioiditlarning klinik ko'rinishi ko'pincha tugunchali va kamdan-kam diffuz yallig'lanish sifatida bo'ladi. Ko'proq uchraydigan surunkali tugunchali xorioiditlar xorioideyadagi yirik-yirik qon tomirlarida oqib turgan qon dinamikasining juda sekin va sust harakati sababli bemorning boshqa a'zolarida paydo bo'lgan kasalliklarning mikroblari (sil tayoqchalari, toksoplazmalar, spiroxetalar) ularda cho'kib qolib, yallig'lanish boshlanadi. Shu tartibda ko'zda tugunchali yoki ko'zga tushgan strepto-, stafilo- va boshqa kokklar esa diffuz yiringli yallig'lanishni qoʻzgʻatadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydanilgan adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ko‘z kasalliklari, M. H. Hamidova, Z. Q. Boltayeva, Toshkent-2006. „Zarqalam“ nashriyoti
  2. Oftalmalogiya, R. O. Muxammadiyev, Toshkent-2020. „Photo Excpress“ nashriyoti,
  3. Офтальмология карманний справочник-атлас Герхард К.Ланг 2009
  4. Ko‘z kasalliklari, F. S. Yuldasheva, M. S. Yusupova, S. M. Aripova,Toshkent-2017
  5. Ерошевский Т.И., Бочкарева А.И., «Глазные болезни», 1989 г.