Lot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lot (gollandcha lood) — dengiz, koʻl, daryolarning chuqurligini kema bortidan turib oʻlchaydigan asbob. Dastlabki (50 m gacha chuqurlikni oʻlchash uchun), mexanik (200 m gacha) va gidroakustik (k,. Exolot) xillari bor. Dastlabki L. metr yoki futlarga boʻlingan poʻlat ar-qonga bogʻlangan toshlardan iborat. Mexanik L. suvga choʻktiriladigan pastki uchi ochiq chuqurlik oʻlchagich turubkadan iborat; gidrostatik bosim oʻlchanadi. Exolotning ishlash tarzi asbobdan tubgacha borgan va undan kaytgan tovush signallarining oʻtish vaqtini oʻlchashga asoslangan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil