Kokklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kokklar (yun. kokkos — don) — harakatsiz sharsimon bakteriyalar. Diametri 0,5—4,0 mkm. Sporalar hosil qilmaydi. Hujayralarning boʻlinish soni va ularning bir-biriga nisbatan joylashish tartibiga qarab quyidagi shaqllari farq qilinadi: mikrokokklar, diplokokklar, streptokokklar, tetrakokklar, sarsinalar, stafilokokklar. Koʻpchilik K. grammusbat, ayrimlari grammanfiy. Tabiatda keng tarqalgan. Yashash sharoitiga koʻra, aerob yoki anaerob boʻladi. Tuprokda, suvda, havoda yashaydigan aksari K. (saprofitlar) odatdagi sharoitda zararsiz. Patogen turlari yalligʻlanish va yiringli kasalliklarni qoʻzgʻatadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil