Kontent qismiga oʻtish

Fotimiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fotimiya
Fotimiya
Fotimiya Tehronda
Rasmiy nomi فاطمیه
Nishonlovchilar Shia
Turi Muslim, Shia
Ahamiyati Fotimaning shahidligi uchun motam
Sana Birinchi Fotimiyya 13–14 Jumodulavval

Ikkinchi Fotimiyya 3–5 Jumodissoni

Bogʻliqligi Fotimaning uyiga hujum

Fotimiya (arabcha: فاطمیة) – shia musulmonlari islom paygʻambari Muhammadning qizi Fotimaning shahidligi uchun motam tutadigan kunlar[1][2]. Fotimaning vafot etgan boʻlishi mumkin boʻlgan ikki sana, yaʼni 13-Jumodilvvaldan 3-Jumodissonigacha boʻlgan sanalar Fotimiya kunlari hisoblanadi. Fotimiya davri jami olti kundan iborat boʻlib, Jumodilaval oyidan uch kun va Jumodissoni oyidan uch kunni oʻz ichiga oladi. Birinchi Fotimiya 13–15-Jumodilavval, ikkinchi Fotimiya esa 3–5-Jumodissoni kunlariga toʻgʻri keladi[3][4]. Baʼzi shia musulmonlari esa uch kun emas, oʻn kun davomida ham motam tutadilar[5].

Motam vaqti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotimiyani kunlarini aynan qaysi sanada oʻtkazish borasida aniq konvensiya mavjud boʻlmasa-da, birinchi oʻn kunlik (10–20-Jumodilavval) yoki ikkinchi oʻn kunlik (1–10-Jumodissoni) soʻnggi yillarda tobora koʻproq nishonlanib kelinayotgan sanalar hisoblanadi. Shia musulmonlari Muharram oyining birinchi oʻn kunini juda yaxshi koʻradilar, bu esa anʼanaga koʻra Husayn ibn Alining shahidligi bilan bogʻliq hisoblanadi. Fotimaning islom paygʻambari Muhammadning qizi sifatida islomdagi muhim oʻrni, qisqa umr kechirganiga qaramay, boshidan kechirgan qiyinchiliklari va birinchi shia imomi Alini himoya qilish uchun oʻz jonini fido qilgani shia musulmonlarining uning xotirasi uchun haligacha motam tutib kelishlariga sabab boʻlgan[6][7].

Fotimiya boshqa mamlakatlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotimiya kunlarida Eron va Iroqdan tashqari boshqa mamlakatlarda, jumladan, Hindiston, Pokiston[8], Avstraliya[9], Ozarbayjon va Tojikistonda ham motam tutiladi[10]. Germaniyadagi Gamburg Islom markazi[11], Angliya Islom markazi, shuningdek, Shvetsiya va Yevropaning boshqa bir qator davlatlarida ham ushbu kun munosabati bilan qator tadbirlar tashkil qilinadi.

Sanadagi farqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotima qachon vafot etgani haqida aniq maʼlumotlarning mavjud emasligi bir nechta omillar bilan bogʻliq:

  • Ilk islom davrida tarixiy voqealar yozma ravishda emas, balki ogʻzaki tarzda saqlab qolingan, bu esa maʼlumotlarning aniq va toʻliq holda yetib kelmasligiga sabab boʻlgan.
  • Musulmonlar urushlar haqidagi tarixiy yozuvlarni saqlab qolishga kamroq eʼtibor qaratishgan boʻlishi mumkin[12][13].
  • Arab yozuvida dastlab tinish belgilari va diakritik belgilar mavjud boʻlmagan[14] va shuning uchun ham yetmish (arabcha: سبعون) va toʻqson (arabcha: تسعون) raqamlari bir xilda yozilgan. Natijada voqealarning aynan qaysi sanada sodir boʻlganligini aniqlashda qiyinchilikka duch kelgan olimlar uning oʻn sakkiz yosh-u yosh-u yetmish besh kunligida vafot etgan, degan xulosaga kelishgan[15].
  • Tarixiy maʼlumotlar qisman shaxslar tomonidan notoʻgʻri ravishda yetkazilgan[16].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fāṭimiyyah is ʿĀshūrāʾ“ islamicblessings.com Retrieved 10 May 2018
  2. The beginning and end date of Fatemiye in this year namnak.com Retrieved 10 May 2018
  3. „در مورد ایام فاطمیه در ویکی تابناک بیشتر بخوانید“. www.tabnak.ir. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
  4. „شروع و پایان ایام فاطمیه چه زمانی است؟“ (fa). YJC (2020-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
  5. Tabrizi, Sire (Manner) of Mirza Javvad Atbrizi, P. 88-92
  6. Mazaheri, Andishehay Naab (pure thoughts), P. 103
  7. Tabrizi, Sire (Manner) of Mirza Javvad Atbrizi, P. 88-92
  8. The days of the martyrdom of Hadhrat Fatimah al-Zahra (peace be upon her) in Pakistan irna.ir Retrieved 10 May 2018
  9. The mourning ceremony of the second Fatimiyya in Australia fa.abna24.com Retrieved 10 May 2018
  10. The martyrdom of Hazrat Fatimah Zahra (a.s.) tajik.irib.ir Retrieved 10 May 2018
  11. Fatimiyyah days www.shia-news.com Retrieved 10 May 2018
  12. The reason of being differences in the date of Hazrat Zahraʼs (a.s.) martyrdom kayhan.ir Retrieved 26 May 2018
  13. Fatimah al-Zahra (a.s.) tasnimnews.com Retrieved 26 May 2018
  14. „تاریخچه رسم الخط قرآن و سیر و تحول آن“ (fa). quran.isca.ac.ir. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
  15. „چرا دو دهه ایام فاطمیه داریم؟“ (fa). YJC (2017-yil 22-fevral). Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
  16. Shahidi, Seyyed jafar, The life of Fatima-Zahra (a.s.), Tehran, Publishing office of Islamic culture, P. 155