Kontent qismiga oʻtish

Feruza Sadikova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Feruza Sadikova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 23-aprel 2002-yil (2002-04-23) (22 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport taekvondo
Murabbiy(lar)i Pahlavonjon Sobirov
Sport mukofotlari
Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati
Oltin Bayrut 2021 62 kg gacha
Bronza Chuncheon 2022 62 kg gacha
Jahon Harbiy oʻyinlari
Bronza Uxan 2019 62 kg gacha

Feruza Sadikova (tugʻ. 2002-yil 23-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbeklik taekvondochi, 62 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. Taekvondo boʻyicha Osiyo chempioni va sovrindori, 2019-yilgi Jahon Harbiy oʻyinlarida bronza medali sovrindori.

2002-yil 18-sentyabrda Feruza Sadikova Toshkent shahrida tugʻilgan. Chirchiq Olimpiya zaxiralari maktab internati tarbiyalanuvchisi[1].

2018-yilda Koreya Respublikasi elchisi sovrinlari uchun Oʻzbekiston kubogi gʻolibi boʻldi[2]. 2019-yilda Uxan shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan Jahon Harbiy oʻyinlarida u 62 kg gacha vazn toifasida bronza medalni qoʻlga kiritdi[3]. Oʻsha yili Manchesterda (Birlashgan Qirollik) Taekvondo boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etdi. U birinchi raundda Kuvaytdan sportchi Natali Hamadi gʻalaba qozongan, ammo keyingi bosqichda magʻlub boʻldi. Keyin esa yoshlar oʻrtasidagi taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritdi[4].

2021-yil 18-iyunda Bayrutda (Livan) boʻlib oʻtgan Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Feruza Sadikova 62 kg gacha vazn toifasida final bahsida Koreya Respublikasi sportchi Jeon Chae-eunni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[5]. Oʻsha yili „Beirut Open“ xalqaro musobaqasi gʻolibi boʻldi.

2022-yilda „Fujairah Open“ xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi[6][7]. Oʻsha yili Rimda (Italiya) boʻlib oʻtgan Grand Prix turnirda 1/8 finalda u braziliyalik Caroline Santosga yutqazdi[4]. Keyin esa Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogida bronza medalni qoʻlga kiritdi.

2022-yil iyunda Chuncheonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Feruza 62 kg gacha vazn toifasida ishtirok etadi[8]. 25-iyunda yarim final bahsida Eron sportchi Nastaran Valizadehni yutqazib, bronza medalni qoʻlga kiritdi[9].