Farruh Zokirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farruh Zokirov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 16-aprel 1946-yil (1946-04-16) (78 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Guruh Yalla
Janr Folk-rock, pop
Amplua Qoʻshiqchi, bastakor, aktyor
Faoliyat yillari 1969-bugun
Mukofotlari Andoza:Dostik ordeni

Farrux Karimovich Zokirov (16-aprel 1946) – Taniqli oʻzbek va sovet estrada qoʻshiqchisi, bastakor va aktyor. 1976-yildan beri „Yalla“ vokal-cholgʻu guruhi rahbari. Farruh Zokirov bir vaqtning oʻzida 7 davlatning Xalq artisti va Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati hisoblanadi. 2002-yilning mayidan to 2004-yilning iyuligacha Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.[1]

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farruh Zokirov 1946-yilning 16-aprelida Toshkent shahrida professional musiqachilar oilasida dunyoga kelgan[2]. Uning otasi Oʻzbekiston SSR xalq artisti Karim Zokirov – opera qoʻshiqchisi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek davlat opera va balet teatri solisti, onasi ham milliy qoʻshiqlarni ijro etuvchi qoʻshiqchi va Muqimiy nomidagi Toshkent drama va komediya musiqali teatri salisti boʻlishgan. Farruhning ota-onasi Moskva konservatoriyasida tahsil olib yurishganlarida turmush qurishgan[2]. Oilada oltita farzand, beshtasi oʻgʻil: Botir, Naufal, Jamshid, Farruh, Ravshan va bir qiz: Luiza Zokirovalar dunyoga kelishgan. ushbu bolalar umumiy olganda mehmondoʻst oilada voyaga yetishgan. U davrlarda Zokirovlar xonadoniga oʻsha vaqtning taniqli saʼnat arboblari tez-tez tashrif buyurib turishgan. Ushbu holat bolalarda yoshliklaridan sanʼatga mehr erta uygʻonishiga katta turtki boʻlgan va bu voqea Toshkentda musiqa va teatr sohasida yetakchi Zokirovlar sulolasi vujudga kelishiga ham sabab boʻlgan.

Oilasi va yaqinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Otasi – Karim Zokirov (1912-1977) opera kuychisi, O'zbekiston SSR Xalq artisti.
  • Turmush oʻrtogʻi – Anna Zokirova. Birinchi turmush oʻrtogʻi – Nargiz Boyxonova.
  • Akasi – Botir Zokirov (1936-1985), oʻzbek va sovet qoʻshiqchisi, yozuvchi, shoir, rassom va aktyor. Mamlakatda estrada sanaʼti asoschisi, Oʻzbekiston SSR Xalq artisti.
  • Ukasi – Jamshid Zokirov (1949-2012) sovet va oʻzbek aktyori, teleboshlovchi, Oʻzbekistonda Xizmat koʻrsatgan artist.
  • Opasi – Luiza Zokirova, qoʻshiqchi.
  • Jiyani – Nargiz Zokirova, Luiza Zokirovaning qizi, qoʻshiqchi.
  • Jiyani – Javohir Zokirov, Gavhar Zokirovaning oʻgli, aktyor, qoʻshiqchi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film
Yil Film Rol Izoh
1978 Toʻylar muborak (film) Oʻzi Kameo
1980 Kakie nashi godi! Oʻzi Kameo
1989 Tangalik bolalar Oʻzi Kameo
2000 Alpomish
2003 Taqdir Davlat Zokirov
Munis onam Oʻzi Kameo
200… Maysara – super yulduz (Maysara – Super Zvezda) myuzikl

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilning yozida SSSR Xalq artisti mukofotiga hujjat topshiradi, lekin shu yilning avgust oyida Moskvadagi qayta qurishga nisbatan uyushtirilgan noroziliklar tufayli bu mukofot Farruh Zokirovga berilishi ohirigacha koʻrib chiqilmagan. Shuningdek:

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kalendar Kazinforma“. 2015-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 Muzikalnoe obozrenie, 2015-12-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-07
  3. http://m.kun.uz/news/2017/11/22/farru-zokirov-kirgiziston-prezidenti-tomondan-takdirlandi