Farhod va Shirin (nasriy bayoni)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Farhod va Shirin (nasriy bayoni)
Muallif Gʻafur Gʻulom (nasriy bayon muallifi)
Abduqodir Hayitmetov (nashrga tayyorlovchi; 1975)
Janr doston
Til oʻzbekcha
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (1975)
Nashr etilgan sanasi 1940
1956
1975
Sahifalar soni 248 (1975)

„Farhod va Shirin (nasriy bayoni)“ — turkiy shoir Alisher Navoiy qalamiga mansub „Farhod va Shirin“ dostonining Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub nasriy bayoni. Ilk bor 1940-yil Toshkent shahrida chop etilgan. 1956-yil qayta nashr qilingan. 1975-yil Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida Abduqodir Hayitmetov tomonidan tahrir qilingan yangi versiyasi chop etilgan.

1940-yil Navoiy „Xamsa“sidagi dostonlar („Hayrat ul-abror“dan tashqari) xalqqa tushunarli boʻlishi uchun nasriy mazmuni bilan chop etilgan. „Farhod va Shirin“ dostonining nasriy mazmunini Gʻulom tayyorlagan. Gʻulom tayyorlagan nasriy mazmun 1940- va 1956-yillarda Hamid Olimjon yozgan kirishsoʻz bilan nashr qilingan. Gʻulom nasriy bayonda dostonning toʻliq mazmunini qamrashga harakat qilgan.[1]

1975-yil Hayitmetov „Farhod va Shirin“ning qisman oʻzgartirilgan versiyasini nashrga tayyorladi. Ushbu versiyani nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: N. Norqulov – muharrir, F. Gambarova - rassom, I. Kiriakidi – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, Sh. Sobirova – musahhih. Kitob adadi – 75 000 nusxa.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]