Xamsa
Xamsa — Sharq xalqlari mumtoz adabiyotida bir muallifning 5 dostondan iborat yirik asari.
Nizomiy Ganjaviy „Xamsa“si[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Xamsa"yozishni ozarbayjonlik ulug' shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. U 1170-1204-yillar oralig'ida birin-ketin 5 ta doston yaratdi. Bu dostonlar shoirning vafotidan keyin yaxlit bir to'plam holiga keltirilib "Panj ganj"("Besh xazina") deb nomlandi va keyinchalik "Xamsa"nomi bilan mashhur bo'ldi.
Nizomiy beshligidagi birinchi doton "Maxzan ul-asror"("Sirlar xazinasi")1180-yil g'aznaviylar hukmdori Bahromshohga bag'ishlab yozilgan."Maxzan ul-asror"falsafiy-axloqiy masalalarga bag'ishlngan bo'lib,18 bob, muqaddima va xotimadan iborat.
Nizomiy "Xamsa"sining ikkinchi dostoni "Xusrav va Shirin"taxminan 1181-yilda yozib tugallangan.Bu doston saljuqiy hukmdor To'g'rul II topshirig'i bilan yozilgan.
Nizomiy “Xamsa”sidagi uchinchi doston “Layli va Majnun” 1188-89-yillarda Shirvonshoh Axsitan ibn Manuchehr topshirig'iga koʻra yaratiladi.
Nizomiy beshligidagi toʻrtinchi doston “Haft paykar” (“Yettigo'zal”) 1197- yilda yozib tugallanadi. Doston 4600 baytdaniborat boʻlib, hukmdor Alouddin Ko'rpa Arslon (1174-1207)topshirigʻi bilan yaratilgan.
Nizomiy beshligidagi soʻnggi - beshinchi doston “Iskandarnoma” deb atalib, ikki qism: “Sharafnoma” va “Iqbolnoma”dan iborat. Doston hajman 10500 bayt boʻlib, 1197-1204-yillar oraligʻida yozilgan. Doston uchun Sharq adabiyotida keng tarqalgan Iskandar Zulqarnayn timsoli bosh qahramon sifatida olingan.“Sharafnoma”da Iskandarning harbiy yurishlari va jahongirligi tasvirlansa, “Iqbolnoma”da Iskandar donishmandligi bilan namoyon boʻladi.
Xusrav Dehlaviy "Xamsa"si[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nizomiy beshligi yaratilgandan keyin oradan bir asr vaqt oʻtib, Xusrav Dehlaviy (1253-1325) unga javob yozdi va shu bilan xamsanavislik an’anasini boshlab berdi. Uning 1299-1302-yillarda yozilib, [[Alouddin Xiljiyga bag'ishlangan“Xamsa”si quyidagi dostonlardan iborat:1)“Matla’ul-anvor”(“Nurlarning chiqish joyi”);2)’’Shirin va Xusrav”;3)’’Majnun va Layli”;4)“Oyinai Iskandariy”(“Iskandar koʻzgusi”);5)“Hasht behisht”(“Sakkiz jannat”). Xusrav Dehlaviy Nizomiy dostonlarining shakli va syujeti, obrazlar tizimini asosan saqlagan holda, ularni o'ziga xos talqin etdi va yangi mazmun bilan boyitdi.
"Xamsa"yozish shartlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shu tariqa "Xamsanavislik an'anasi paydo bo'ldiva "Xamsa"yozish shartlari belgilandi.Ular quyidagilar:
1)5 ta dostondan tashkil topishi;
2)Birinchi doston pand-nasihat ruhidagi tarbiyaviy-axloqiy masalalarga bag'ishlanishi;
3)Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga atalishi;
4)Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini asos qilib olishi;
5)To'rtinchi doston Bahromshohga bag'ishlanishi;
6)Beshinchi doston Iskandar haqida yozilishi shart.
Abdurahmon Jomiy "Xamsa"si[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dehlaviydan qariyb 200 yil keyin ikki buyuk xamsanavis — Jomiy va Navoiy maydonga chiqdi. Jomiy avval quyidagi besh asarni yozdi: „Tuhfat ul-ahror“ („Erkinlar tuhfasi“), „Sabhat ul-abror“ („Yaxshilar tasbihi“), „Yusuf va Zulayho“, „Layli va Majnun“ „Xiradnomayi Iskandariy“.Bu besh asarni 1485- yili yozib tugalladi. Keyin „Silsilat uz-zahab“, „Salomon va Absol“ asarlarini qoʻshib, „Xamsa“sini yetti dostonga yet�kazdi va „Haft avrang“ („Yetti taxt“) deb atadi. Lekin Jomiy „Xamsa“sini „Xamsa“deb tan olish yoki olmaslik toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Chunki uning bu asari 7 dotondan iborat,Xusrav va Shirin mojarolariga hamda Bahromshohga bagʻishlangan doston yozmagan.
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Alisher Navoiy "Xamsa"sining yuqoridagi dostonlardan birinchi farqli jihati turkiy tilda yozilganidir. Navoiy „Xamsa“si Hayrat ul-abror„(„Yaxshi kishilarnin hayratlanishi“)," Farhod va Shirin“, "Layli va Majnun", „Sabʼai sayyor", „Saddi Iskandariy“dostonlaridan iborat boʻlib,1483-1485-yillarda yozilgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
1 Shuhrat Sirojiddinov,Dilnavoz Yusupova,Olimjon Davlatov.Navoiyshunoslik.-T.: Tamaddun,2018.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
1